Mavzu: ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muamollari
Iqtisodiyotda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolarini hal qilishning istiqbolli yo‘llari
Download 193.91 Kb.
|
imonqulovf
4. Iqtisodiyotda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolarini hal qilishning istiqbolli yo‘llari
Har qanday mamlakatda iqtisod birinchi o‘rinda turadi va davaltning asosiy poydevori hisoblanadi.Yurtimizda ham iqtisodiyotga alohida ahamiyat berilmoqda.2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham alohida bo‘lim sifatida kiritilgan. Prezidentimiz taqdim etgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yeti yo‘nalishdan iborat bo‘lib, u 5 yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli islohotlarning uzviy davomi ekanligi bilan ahamiyatlidir. O‘z o‘rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat debochasiga garovdir. 2022–2026-yillardagi ustuvor vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish orqali aholi jon boshiga YaIM hajmini oshirish ko‘zda tutilganligida ham o‘ziga xos ma'no bor. Yurtimizda yosh tadbirkorlikni qo‘llab quvatlash maqsadida ularga imtiyozlar taqdim etilmoqda4.Bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “09.06.2022 yildagi PF-150-sonli qarori. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, va tadbirkorlikni rivojlantirish”5 bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga ko‘maklashish;tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;mamlakatda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, jumladan hududlarda iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim drayver sohalarni rivojlantirish borasida moliyaviy ko‘maklashish;tijorat banklarining kreditlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalishlar, jumladan axborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.Shu jumladan: 2023-yil 1-yanvardan quyidagi talablar bekor qilinmoqda:tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish;yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish.Bu kabi ko‘plab qonunlarni misol tariqasida kiritishimiz mumkin.Ma’lumki iqtisodiy resurslar yerni ham o‘z ichiga qamrab oladi.Bu borada ham hozirgi kunlarda yurtimizda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda masalan xususiylashtirish.Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:yakka tartibdagi tadbirkorlar;ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;quyidagi tarmoqlardagi:yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi ko‘p tarmoqli yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi”. Kapitalni rivojlantishga ham oid bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan. 2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi.Investitsiya muhitini tubdan takomillashtirish, davlat aksiyalar paketini sotish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk daxlsizligi, uning roli va ahamiyatini oshirish, shu jumladan davlat aktivlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga o‘tish, kapital bozorini iqtisodiyotni rivojlantirishning yetakchi omillaridan biriga aylantirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.Yurtimizda investitsiyalar yildan yilga o‘sib bormoqda ushbu jadvalga qarang. Download 193.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling