Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va ularni keltiirib chiqaruvchi xavfli holatlar baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni yo‘qotish maqsadida aniqlanadi. Bu ishlar asosan oqilona usullarni qullash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amal oshiriladi.
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1.Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishi materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Mazkur usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsienti va jarohatning og‘irligi koefitsientining o‘rtacha ko‘rsatgichini olish mumkin.
Baxtsiz xodisalarning takrorlanish koefitsientini, 1000 ishchi hisobiga , ma’lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini qo‘ydagi formula orqali aniqlash mumkin.
Bunda R-ma’lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T- shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni. Jarohatlanish koeffitsienti mashinosozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz xodisalar ko‘proq vujudga kelayotganligi haqida ma’lumot beradi.
Baxtsiz hodisaning og‘irlik koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘ydagi formula bilan aniqlash mumkin.
Bunda P- hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; R-shu darvda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.
SHuni aytib o‘tish kerakki, bu ko‘rsatkich haqiqiy og‘ir jaroxatlanish belgilarini ko‘rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan, ular alohida hisobga olinadi.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib qarash qabul qilingan: bular guruh va topografik usullardir.
Guruh usuli. Statistik usulining tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.q.) guruh holida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |