Mavzu: Ishlab chlqarish jarayoni va uning natijalari
Download 25.75 Kb.
|
Ishlab chlqarish jarayoni va uning natijalari
Mavzu: Ishlab chlqarish jarayoni va uning natijalari Reja: Kirish Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi Ishlab chiqarish jarayoni Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Kirish Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g‘alla yetishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir paxta xom ashyosi yetishtiradi, kimdir paxtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan ip qilib to‘qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo. Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘pgina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa, keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o ‘quv qoMlanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib kctmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlai (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qayerda qoMlanilishini va qanday boMishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir boMayotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab boMmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir boMadigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida boMadigan munosabatlarga yoMialish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish boMmasa, ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o‘zi boMmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo'lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko'pgina chalkashliklarga olib keladi. Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o'ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi. ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko'rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o'ylaymiz va shunga ko'ra, bu jarayonni batafsil ko'rib chiqish zarur deb hisoblaymiz. Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so'ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog'liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o'rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo'shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo'shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g'oyalar bilan tanishtiriladi. Download 25.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling