Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari


Ishsizlik mohiyati va uning turlari


Download 56.88 Kb.
bet2/5
Sana07.05.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1440796
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ro\'zaRajabbayeva kurs ishi

1.Ishsizlik mohiyati va uning turlari.
Ishsizlik- bu bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan jamiyatga xos bo’lgan murakkab ko’p o’lchovli iqtisodiy hodisa mehnatga layoqatli aholi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlamaydi va mehnat bozorida kishilarga loyiq ish o’rinlarning yo’qligi sababli ishchi kuchini amalga oshira olmaydi,natijada u mahrum bo’ladi.Ish haqi bu insoniyatning zarur tirikchilik manbai sifatida namoyon bo’ladi.
Ishsizlik mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qisminining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanadi.bunda tashqari mehnatga layoqatli bo’lib,ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deb aytiladi.Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlikni bir necha turlarga ajratamiz bular friksion,tarkibiy,siklik,institutsion,texnologik,region,yashirin va turg’un ishsizliklar hisoblanadi.
Kishilar turli xil sabablar natijasida ya’ni yangi joylarga ko’chib o’tishi,o’z ishidan ko’ngli to’lmay qolishi yoki oladigan ish haqi kamligi sababli boshqa yuqori maosh to’lanadigan joyga o’tishi natijasida o’z ishlarini almashtirib turadi va eski ishini tashlab yangi ish qidirib topgunga qadar oradan ma’lum vaqt o’tadi ba’zi bir ma’lumotlarda bu oraliq 1 oydan 3 oygacha davom etishi ma’lum qilingan.Ayni shu vaqt oralig’ida,ya’ni bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friksion ishsizlik deb aytiladi.
Bilamizki, fan –texnika taraqqiy etgan sari,yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishi oqibatida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo’lgan talab qisqarib,zamonaviy mahsulot turlariga talab yanada oshada. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga bo’lgan talabning qisqarishi yoki umuman yo’qolib ketishiga olib keladi oqibatda ular o’z kasbi va mutaxassisliklarini o’zgartirishi yoki o’z kasibiga haliyam talab saqlanib qolgan joylarga ishga o’tishi bu tarkibiy ishsizlik deyiladi.Tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroq davom etadi va ko’proq xarajatlar taqozo etadi.tarkibiy ishsizlikning uzoq muddati 6 oygacha davom etishi mumkin agar joiz bo’lsa undan ham ko’p vaqtni olishi mumkin chunki, agar o’z yashab turgan joyida qolish istagi bo’la turib o’z mutaxassisligiga doir ish bo’lmasa demak o’z kasbini tashlab boshqa kasb o’rganishini taqozo qilishi mumkin bu esa ancha vaqtni va harajatni talab qiladi. Agar boshqa kasbni o’rganish istagi bo’lmasa va o’z yashab turgan joyini tashlab ketmoqchi bo’lsa bunda me’yoridan ko’p harajatni va vaqtni taqozo qiladi. Birinchidan o’z uyini sotib boshqa joydan uy sotib olish ancha vaqt talab qiladi.Ikkinchidan boshqa joyga borib u joyga moslashguncha yana vaqt va mablag’ talab qiladi.Uchunchidan boshqa joyga ko’chib borgan taqdiringda ham yana ish qidirishingga va yangi ishga ko’nikishingga ko’proq vaqt ketadi.Shunday qilib friksion va tarkibiy ishsizlik,iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha davlatda mavjud bo’ladi. Shunga ko’ra , friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini namoyon qiladi.
Institutsion ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi,ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va samarali faoliyat ko’rsatmasligi oqibatida namoyon bo’ladi.
Texnologik ishsizlik bu yangi yangi texnika -texnologiya kirib kelishi oqibatida namoyon bo’ladi ya’ni ular ichida ayniqsa mehanizatsiya,avtomatlashtirish,robotlashtirish va information texnologiyalarni qo’llashini talab qiladi.
Turg’un ishsizlik bu mehnatga layoqati bo’lgan ammo o’z ish joyidan ayrilgan va ishsizlik bo’yicha nafaqa ham olish huquqidan mahrum bo’lgan ishsizlik hisoblanadi.
Bulardan tashqari ishsizlikni juda ko’p turlari bor. Masalan Tsiklik yoki bo’lmasa kon’yunktural ishsizlik,mavsumiy ishsizlik, qisman ishsizlik, turg’un ishsizlik, ro’yxatga olingan ishsizlik, yashirin ishsizlik, so’rov bo’yicha ishsizlik, ixtiyoriy ishsizlik, majburiy ishsizlik kabi bir qancha turlarga bo’linadi.
Tsiklik yoki kon’yunktural ishsizlik- tovarlar va xizmatlar bozordagi vaziyatlarning o’zgarishi hisobiga paydo bo’ladi bu esa ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatning kuchayishi, ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishni qisqartirishi hattoki to’xtatib qo’yishgada olib kelishi mumkin bundan tashqari ayrim ishchilarni ishdan bo’shatilishiga va jiddiy muammolarga olib keladi.
Mavsumiy ishsizlik bu ma’lum bir faoliyat turlarning vaqtincha tabiati va iqtisodiy tarmoqlarning ishlashi natijasida yuzaga keladi. Bularga esa qishloq xo’jaligi ishlari ya’ni baliq ovlash, ovchilik, qulupnay terish, qisman qurilish va boshqa ishlar kiradi.Bunday holda korxonalar ma’lum vaqt oralig’ida intensiv ishlashi mumkin boshqa paytda o’z faoliyatini keskin kamaytiradi. Kuchli ish paytlarda ishchi kuchini ko’paytiradi boshqa vaqtda esa ishning qisqarishi oqibatida ko’plab ishchilar bo’shatiladi bu esa mavsumiy ish hisoblanadi.
Qisman ishsizlik- kompaniya mahsulotlariga talabning kamayshi natijasida vujudga keladi. Bu holda kompaniya esa ishchilarining bir qismini toliq ish bilan ta’minlaydi qogan qismini ishdan bo’shatadi yoki bo’lmasa ishchilarini hammasini olib qolib yarim stavkadan har bir ishchini ish bilan ta’minlaydi.
Turg’un ishsizlik- doimiy ishsiz qolgan yoki g’alati ishlarda doimiy ishlamaydigan ora orada ishlaydigan aholini tavsiflaydi.Bu ishda qonuniy mavjudlik manbasini yo’qotgan odamlarning bu qismi,qoida tariqasida, jinoyatchilar qatoriga qo’shiladilar.
Ro’yxatga olingan ishsizliklar- ishsiz fuqarolar sonini aks ettirib davlat ro’yxatidan to’laqonli o’tgan va ishga tayyor aholi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik-bu ishlab chiqarishda ishlaydigan lekin ortiqcha hisoblanadilar.Ular odatda o’z ayibisiz yarim kunlik yoki haftalik ish bilan shug’ullanishadi yoki ma’muriy ta’tilga yuborilishadi.
So’rov bo’yicha ishsizlik- mehnatga layoqatli kishilarni so’rov orqali ishga olish tushuniladi.
Ixtiyoriy- asosan shaxsiy sabablarga ko’ra, xodimni o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shatish natijasida paydo bo’ladi. Bu ish haqining darajasi, ish sharoitlari yoki xodimning ish beruvchining irodasiga zid bo’lsa ham ishdan ketishi bilan bog’liq boshqa holatlarda norozilik bo’lishi mumkin.


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling