Mavzu: Ishsizlik va uning kelib chiqish sabablari Reja


Download 252.55 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi252.55 Kb.
#1519010
Bog'liq
ekomomics presentation

Mavzu: Ishsizlik va uning kelib chiqish sabablari Reja:


1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni. 2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish shakllari. 3.Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari.
Ishsizlik va unga bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy – mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi . Ishsiizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat . Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish , ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak . Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda jahon mamlakatlari  Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) , Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi .
O‘zi qanday odam ishsiz sanaladi? Ishsizlik — ishlash layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning ish topa olmasligi.
Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma'lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ya'ni bu yerda illatli doira paydo bo‘ladi: ishsizlar ko‘payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko‘payadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa.
Kimdir muttasil ish izlaydi, qaysidir tashkilotlar esa malakali xodimga zor. Xo‘sh, nega shunaqa? Albatta, maosh kamligi, ish sharoitlarini og‘irligi, geografik noqulaylik kabi jiddiy sabablar bor. Lekin tanganing ikkinchi tarafiga e'tibor berilsa, boshqa jiddiy sabablarni ham ko‘rish mumkin: sabr-toqat yo‘qligi, malaka yetishmasligi, noreal orzular shular jumlasidan.
Download 252.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling