Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi
Download 138.98 Kb.
|
Islom dini
Qur’oni karim – Islom dinining muqaddas kitobi. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni — Allohning osmondan vahiy qilingan so‘zi deb tushuniladi. Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyat va sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi.
Islom olamida Qur’onning asl nusxasi deb tan olingan «Usmon to‘plami»ning to‘rtala nusxasi ham mavjud. Ulardan biri Toshkentda saqlanmoqda. «Usmon to‘plami»ning qolgan 3 nusxasi Qohirada, Makka va Madina shaharlarida saqlanayotir. Qur’on 114 ta suraga, suralar esa ko‘p yoki oz miqdordagi oyatlarga bo‘lingan (sura bandalari). Suralar yaratilgan vaqti va joyiga ko‘ra ikkiga: Makka suralariga (610—622 yillar, 90 sura); Madina suralariga (622—632 yillar, 24 sura)ajratiladi. Juz’iy istisnolarni hisobga olmaganda, Qur’onda, qadimiy arab an’analariga ko‘ra, avval uzun suralar, keyin esa qisqa suralar keladi. Islom ulamolari izohlashicha, Qur’on Alloh taolo tomonidan o‘z payg‘ambari Muhammad alayhissalomga tushirilgan vahiydir, Vahiy — farishtalar orqali yuborilishi yoki bevosita Alloh bilan gaplashish vositasida bo‘lishi mumkin. Vahiy quyidagacha amalga oshgan: Muhammad alayhissalomga birinchi vahiy tush orqali namoyon bo‘lgan (o‘sha tush o‘ngidan kelgan); farishtalar o‘zi ko‘rinmay turib Payg‘ambar qalbiga kerakli narsani etkazgan; vahiy qo‘ng‘iroq ovozidek jaranglab quloqlariga chalingan; Jabroil farishta Payg‘ambarimizga odam shaklida ko‘ringanlar; farishta o‘zining asl qiyofasida ko‘ringan va vahiy etkazgan; Allohning o‘zi Payg‘ambar alayhissalomga Me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi narsalarni bevosita vahiy qilgan. Dastlabki vahiy Muhammad Hiro g‘orida yolg‘iz ibodat qilayotganida yuborilgan. SHu kuni «Alaq» surasining ayrim oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Qur’onning nozil bo‘lishi 23 yil davom etgan. Goho bir oyat, ayrim hollarda o‘ntagacha oyat ketma-ket vahiy orqali nozil bo‘lgan. Qur’onning tarqoq tushishida hikmat ko‘p. CHunonchi, har qanday xalq ajdodlaridan o‘tib kelgan va o‘zi yashayotgan tartibotlar, urf-odatlar va rasm-rusumlardan birdaniga voz kecha olmaydi. Bu asta-sekinlik bilan sodir bo‘ladigan jarayondir. Makkada nozil bo‘lgan Qur’onsuralarining xronologik tartibi quyidagicha: 1. Makka davri (610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari bo‘lgan “saj’” janriga yaqin shakldagi suralar nozil bo‘lgan. Evropa olimlari ularga “Nazmiy suralar” deb nom berganlar. 2. Makka davri (616-619 yillar), musulmonlar doimiy ta’qib ostida yashagan va ko‘pchilik Habashistonga ko‘chib ketgan vaziyatda nozil bo‘lgan. Bu suralarda Allohning nomi “Rahmon” sifatida ko‘p tilga olingani sababli Evropa olimlari ularni “Rahmon suralari” deb ataganlar. 3. Makka davri (620 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham musulmonlar ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar. Bu davr suralarida islomning aqidava ta’limotiga keng o‘rin berilgani sababli, evropalik tadqiqotchilar ularga “Payg‘ambarlik suralari” deb nom berganlar. Madinada tushirilgan 24 ta suraning nozil bo‘lish davrini tarixiy voqealarni aniqroq ko‘zda tutgan holda besh bosqichga ajratish mumkin: Birinchi davr (622 yil oktyabrdan624 yilgacha). Musulmonlar Madinaga ko‘chib kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to‘qnashuv – Badr jangigacha o‘qilgan to‘rt sura bu davrga kiradi. Ikkinchi davr (624 yil martidan625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan uch surani o‘z ichiga oladi. Uchinchi davr (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhud jangidagi mag‘lubiyatidan keyin Xandaq jangigacha o‘tgan ikki yil ichida beshta sura o‘qilgan. To‘rtinchi davr (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so‘ng Makkaning olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida o‘qilgan sakkizta sura shu davrga kiradi. Beshinchi davr (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fathidan keyin Rasululloh vafotigacha o‘tgan ikki yildan ortiqroq muddat ichida o‘qilgan to‘rtta sura shu davrga kiradi. Payg‘ambar hayotlik chog‘larida yana vahiy tushib qolishi mumkinligi nazarda tutilib, Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Muhammad alayhis-salom vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg‘ambardan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylandi. Uning xalifalik davrida (632-634) “murtadlik (dindan qaytish) harakatlari” yuzaga keldi. Abu Bakr Siddiq bu isyonchilarga qarshi shiddatli janglar olib bordi. Ushbu janglarda ko‘plab Qur’onni to‘liq yod olgan qorilar halok bo‘ldilar. Umar ibn Xattob taklifiga binoan Abu Bakr Siddiq sahobalardan Zayd ibn Sobitni chaqirib, unga Qur’onni jamlash va yozma holga keltirish vazifasini topshirdi. SHunday qilib, Zayd ibn Sobit va Umar ibn Xattob mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onning ilk yozma nusxasini jamlashga erishdilar. Bu to‘plam “suhuf”, ya’ni “sahifalar” deb nomlandi. Abu Bakr Siddiq vafot etganidan so‘ng sahifalar Umar ibn Xattob (634-644) uyida, u vafotidan keyin esa uning qizi – Payg‘ambar alayhis-salom ayollari Hafsada qoldi. Vaqt o‘tishi bilan islom olamining hududlari kengayishi natijasida musulmonlarning soni ko‘paya bordi. Turli tillar va shevalar o‘rtasida mavjud farqlarga ko‘ra Qur’onni qanday o‘qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan xalifa Usmon ibn Affon sahoba Zayd ibn Sobitga barcha suralarini yig‘ib, taqqoslab chiqib, qaytadan Qur’on matnini jamlashni buyurdi. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yilda taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko‘ra ettita nusxa ko‘chirtirilib, yirik shaharlar – Basra, Damashq, Kufaga jo‘natiladi. “Imon” deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko‘chirilgan nusxalar “Mushafi Usmon” deb ataldi. Download 138.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling