Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy as-Samarqandiy


Download 138.98 Kb.
bet8/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Islom dini

Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy as-Samarqandiy
al-Moturudiy (870-946 ba’zi manbalarda 947 y.)– Islom dinining nazariy (usul ad-din), fiqh asoslari va manbalarini o‘rganadigan (ilm usul al-fiqh) sohasi bo‘yicha hanafiya mazhabining yirik faqihi (qonunshunosi), kalom ilmiga yangi bir yo‘nalish – maktab yaratgan buyuk alloma. Samarqand yaqinidagi Moturud (bu so‘z arabcha “Hohlagan narsang” ma’nosiga ega) mahallasida 870 yilda tug‘ilgan. Samarqandda hanifiya mazhabi qonunshunoslaridan fiqh ilmini o‘rgandi. Moturudiy Samarqandda yashagan olim Muhammad ibn Fazlning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik o‘zi shu erda fiqh va kalomdan dars bergan hijriy 333 yoki 335 (milodiy 946 yoki 947) yili Samarqandda vafot etgan.
Moturudiy Qur’on tafsiri, kalom, fiqh ilmi usullari sohasida bir qancha kitoblar yozib qoldirgan. Ulardan “Kitob al-usul” (“Fiqh asoslari kitobi”), “Kitob ta’vilot al-Qur’on” (“Qur’on tafsiri kitobi”), “SHarh Fiqh al-Akbar” (“Fiqh al-Akbar sharhi”), “At-Tavhid” (“Xudoning yagonaligi haqida”), “Kitob al-maqolat” (“Maqolalar kitobi”), “Ma’xuz ash-sharoi’” (“Qonunshunoslikdagi etishmovchiliklar”) asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Moturudiyning kalom sohasida ixtiro etgan ta’limoti keyinchalik “moturudiya” nomi bilan shuhrat qozonib, musulmonlar orasida Movaraunnahrda keng tarqaldi. Uning asarlarida qarmatiylar, ravofiziylar va mu’taziliylar ta’limotlari rad etiladi.
Qarmatiylar shiy’a mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shaxobchalaridan biri bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va YAmanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo‘lmagan, musulmonlar ziyoratgohi qora tosh (Ka’ba)ga ziyoratni, unga sig‘inishni bid’at, butparastlik deb hisoblaganlar. 899 yili Bahraynni bosib olib, al-Ahso (SHarqiy Arabiston)da o‘z davlatini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamdav ibn al-Ash’asning o‘g‘li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaro‘matiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asir olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
Ravofiziylar shiy’alarga, ayniqsa imomiylarga mansub laqab bo‘lib, “inkor etuvchilar”, “tan olmovchilar” ma’nosiga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalaridan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg‘ambar o‘zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da’vo qildilar. Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida ravofiziylarning uning nomi bilan bog‘liq zaydiya shiy’a harakati paydo bo‘ladi. Zayd 739 yili Kufada umaviylarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tardi, shiy’alar uning atrofiga yigilib, uni imom deb e’lonqildilar. 10 oydan keyin Zayd qo‘zg‘aloni bostirilib, Zayd 6 yanvar 740 yili jangda halok bo‘ldi, tanasini butgatortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqda xalifa Hishomga (724—743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bulgandan keyin ravofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki umaviylar va abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigina tan oldilar.
Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) esa VIII asr o‘rtasida Arab xalifaligida yuzaga keldi. Uning asoschisi Vosil ibn Ato (699—748) bo‘lgan. Feodal ziyolilar vakillari bo‘lgan mu’taziliylar an­tik falsafa va mantiqning usul va tushunchalarini ilohiyatga tadbiqqilib, tasavvufni inkor etishga uringanlar, Kur’on va sunnat ta’limotini akl-idrokka mos talqin etishni ilohiyat asoslaridan biri deb e’tirof etganlar, o‘zlarini yakka xudolik (tavhid) va adolat tarafdorlari deb ataganlar. Ularning ta’limotida Kur’on Xudo tomonidan yaratilgan (nozil bo‘lgan emas) deyiladi, iroda erkinligi e’ti­rof etiladi. Xudoni odam timsolida tasavvur qilish va takdirga ishonish inkor etiladi. Bu oqim XI—XII asrlarda Xorazmda tarqaldi. Buyuk olim Zamahshariy (1075—1144) uning oxirgi vakili edi. Mutaziliylarning akd-idrokka asoslangan ta’limoti va bir qancha diniy-falsafiy yo‘nalishlari keyinchalik paydo bo‘lgan kalom ilmi-ash’ariya va moturidiyaning yutug‘i bo‘lib qoldi.Mu’taziliya uzining ko‘plab yirik rahnamo va tarafdorlariga ega bulgan. Lekin doim ta’qib ostiga olingan, Iroq va Eronda XI—XII asrlarda O‘rta Osiyoda XIII—XIV asrlarga kelib bu ta’limot yo‘kolib ketgan.
Moturidiy tan olgan oqim ash’ariya ta’limotidir. Uning nazariyotchisi Abul Hasan Ali ibn Ismoil al-Ash’ariy (873—915) kalom ilmiga asos solgan. Bu ta’­limot Kur’on akidalariga suyangan holda, jannat va do‘zaxni azaliy mavjud, insonda iroda erkinligi yo‘q, ammo o‘z qilmishlari uchun Alloh oldida javobgar, deb qaraydi. Al-Ash’ariy 100 dan ortiq asar yozgan bo‘lsa ham, ulardan ikkitasi — «Makrlat al-islomiyyin» («Islomiylar haqida maqolalar») va «al-Lum’a fi raddi alo axl-iz-zig‘ val-bida’» («Toyganlar vabid’atchilarga raddiya shu’lalari») kitoblari bizgacha etib kelgan.
Moturidiy o‘z asarlarida kalomning bir qancha masalalarini Allohga xos alomatlar (ilm, kuch-qudrat kabilar) haqqoniyligi, mavjudligi haqidagi ash’ariya ta’limoti tushunchalari asosida hal etdi. Lekin ash’ariylardan farqli o‘laroq, Moturidiy va uning izdoshlari nafaqat Allohga xos alomatlarning azaliyligini tan oldilar, balki inson qilmishi, hatti-harakatini ham e’tirof etdilar. Mu’taziliylarga ergashgan holda insonda hohish-ixtiyor mavjudligini, unda ikkita qarama-qarshilik (al-istitoa li--zid-dayn)dan birini tanlab olish qobiliyatiga ega ekanligini qayd etdilar. Ular iymonni, Allohni so‘z va qalb bilan tanishdan iborat ekanligi, uni qandaydir hatti-harakat, diniy rasm-rusum va shunga o‘xshashlar bilan bog‘lamaslik lozimligini ta’kidladilar.
SHunday qilib, bizning buyuk vatandoshimiz Mu­xammad Moturidiy uz salaflari Imom Buxoriy, Imom Termiziylar yo‘lini tutib, sof Islom va uning xanafiya mazhabini yokladi va himoya qildi, Islomga va uning qonun-qoidalariga zid ta’limotlarga qarshi kurashdi. Uning ta’limoti moturidiya nafakat Movarounnaxr, balki Xindiston va Turkiyada keng tarqalgan. Al-Ash’ariy ta’limoti bilan Moturidiy ta’limoti o‘rtasida xuddi shofeiy va xanafiya mazhabidagi kabi keskin farqlar bo‘lmagan, bularning har ikkisi ham hanafiya mazhabi uchun kurashgan allomalardir.
Moturidiy xayoti va ijodi SHarq va Fap6 islomshunos olimlari tomonidan o‘rganib kelindi, uning haqida bir qancha kitob va maqolalar chop etildi. Ulardan Abu Uzbu ar-Ravzaning «al-Baxiya fi mo bayn-l- ashoira va-l-moturidiya» (Xaydarobod 1904); A.SHayx- zodaning «Kitob nazm al-faroid va jam’ al-favoid fi bayon al-masoil, allati vakaa fiho al-ixtilof bayn al-moturidiya va-l-ash’ariya» (Qohira, 1899) kabi arab tilida yozilgan va Ovrupo olimlari tomonidan ingliz, nemis tillarida nashr etilgan bir qancha tadqiqotlarni ko‘rsatish mumkin. Uning haqida ingliz tilida chiqayotgan «Islom ensiklopediyasi»da (3-j., 414—415-betlar) ma’lumot berilgan.

Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling