Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Download 138.98 Kb.
bet10/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Islom dini

Ash’ariya yunalishi
Ash’ariya ta’limotining asoschisi Abul-Xasan Ali ibn Ismoil Ash’ariy 260/873 yilda Basra shaxrida tavallud topgan va 337/935 sanada Bag‘dodda vafot etgan. To‘liq nomi Ali ibn Ismoil ibn Ishoq ibn Solim ibn Ismoil ibn Abdulloh, ibn abi Burda ibn abi Muso Ash’ariy bo‘lib, mashhur saxoba Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning avlodi hisoblanadi.
Imom Ash’ariy ilk davrda muhaddis va faqixlarning majlislarida qatnashar edi. Basra mu’taziliylari rahbari bo‘lmish Abu Ali Juboiydan taxsiloldi hamda aqida ilmini o‘rgandi. SHuning uchun xam u mu’taziliylar ta’sirida o‘sdi. Boshqalar bilan munozara va tortishuvlarni Abul-Hasan o‘z zimmasiga olar edi, chunki Juboiy munozarada oqsar edi. 40 yoshigacha mu’taziliylar fikrida bo‘ldi. So‘ng o‘z ustozi bilan ba’zi masalalarda ixtilof qildi. Ulardan biri solih va aslah masalasidir.
Abul-Hasan Ash’ariy ustozi Juboiyga: «Biri yoshligida vafot etgan, ikkinchisi ulg‘ayib solih kishilardan bo‘lgan, uchinchisi esa kofir bo‘lib dunyodan o‘tgan uch aka-ukalarga qanday hukm qilasiz? Agar yosh o‘lgani Alloxdan: «Meni nima uchun akam manzilasiga etgunimcha hayotda qoldirmading?», - deb so‘rasa, Alloh unga nima deb javob beradi?» - deya savol berdi. Juboiy shunday dedi: «Alloh: «Sening boshqa akang kabi kofir bo‘lib o‘tishingni bilgan edim. Senga yaxshisi yoshligingda o‘lganingdir», - deb javob beradi». Abul-Hasan: «Agar uchinchisi: «Ey, rabbim, nima uchun yoshligimda o‘ldirmading, men ukam manzilasiga rozi edim desa-chi, Alloh unga nima deydi?», - debsuraganida Juboiyning rangi uchib ketdi va javob berishga ojiz koldi.
Ko‘p munozaralardan so‘ng uning tafakkurida bir qator savollar uyg‘ondi va o‘zida sunniy yo‘nalishidagi olimlarning fikrlariga mayl sezdi. SHundan sung ikki tomon dalillarini solishtirdi. Nihoyat, qanoat hosil qilgach, Basra jome masjidiga chiqib, minbardan turib: «Ey odamlar! Meni bilganlar biladi, bilmaganlar bilmaydi, bilmaydiganlarga o‘zimni tanishtiraman: men Qur’onni yaratilgan deb, Alloh ko‘z bilan ko‘rilmaydi, yomon ishlarni men o‘zimcha (ya’ni Allohning irodasisiz) qilaman deb gapirar edim. Hozir men tavba qildim, mu’taziliylarni rad qilishga kirishaman. Hamma dalillarni o‘rganib chiqdim. Hech narsa boshqasining ustidan kuchli bo‘lib chiqmadi, so‘ng Allohdan hidoyat so‘radim, u menga hidoyat berdi. SHuning uchun ham bir qancha vaqt sizlar bilan birga bo‘lmadim. Alloh meni mana shu yozgan aqidalarimga boshladi. Men ilgari e’tiqodqilgan narsalarimni, shy kiyimimni echganim kabi echaman», deb kiyimlarini echdi va o‘zi yozgan narsalarini muhadddis va faqihlar jamoasiga berdi.
Ash’ariy mutaziliy va shu kabi oqimlar fikrlarini har joyda ta’qib qilib turdi va «ahli sunna imomi», «ahli sunna yordamchisi» degan nomga sazovor bo‘ldi.
Ashariyning yozgan narsalarini o‘qib chiqqan ilm ahllari uni o‘zlariga rahnamo qilib oldilar, o‘zlari ergashgan ta’limotni uning nomi bilan atab, ash’ariylar nomi bilan mashhur bo‘ldilar.
Xullas, mustabid SHo‘ro tuzumi davrida boshqa buyuk muhaddis, mufassir olimlarimiz qatorida Moturidiy va ash’ariy maktabi vakillari hayoti va ijodi ham o‘rganilmadi, ularhaqida birorta maqola yozilmadi ham. Hatto «O‘zbek Sovet ensiklopediyasi»da ham bu olimlarning nomi yuk,.
Allohga shukronalar bo‘lsinkim, mustaqillik tufayli buyuk allomalarimiz nomi tiklanmokda, tavallud topgan yillari nishonlanmokda, maqbara, masjid va madrasalari ta’mir etilib, muqaddas ziyoratgohga aylantirilmokda. Xalqimiz ikki buyuk siymo Muxammad Moturidiy tavalludining 1130 yilligi va Burxonuddin Marg‘inoniy tavalludining hijriy hisobda 910 yilligini 2000 yilda nishonlandi.
4/3. Islom dinida imon va uning shartlari.
«Islom» so‘zi quyidagi ma’nolarni anglatadi. 1. Itoat va bo‘ysunish 2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo‘lish. 3. Sulh va omonlik.
Musulmon bo‘lishning asosiy sharti imon keltirish hisoblanadi. “Imon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “ishonmoq”, “tasdiqlamoq bo‘lib”, istilohda esa “La ilaha illallohu, Muhammadur rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning rasuli”) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlashdan iborat.

Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling