Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Download 138.98 Kb.
bet11/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Islom dini

Islom ta’limotida quyidagi 7 aqida muhim o‘rin tutadi:
1.Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoqlik demakdir.
2.Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg‘ambarlarga ishonish. Unga ergashgan kishi musulmon (muslim–sadoqatli) deyiladi. Payg‘ambarlar – Alloh taolo tomonidan insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun yuborilgan elchilari, deb imon keltirish. Barcha payg‘ambarlar bir-birining ishlarini davom ettirgan bir zanjirning bo‘g‘inlari hisoblanadi. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekani bayon qilingan;
3.Ko‘zga ko‘rinmas farishtalarga ishonish. Farishtalar – Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalari deb ishonish;
4.Muqaddas kitoblarga ishonish.Muqaddas kitoblar(Alloh taoloning kitoblari) — har bir zamonning o‘ziga yarasha din va muomala hukmlarini bayon etib, o‘sha zamonning payg‘ambarlariga yuborilgan vahiylar Alloh taoloning kitoblari, ya’ni muqaddas kitoblardir. Alloh taolo payg‘ambarlarga 100 sahifa va 4 kitob yuborgan. 100 sahifa Odam, SHis, Idris, Ibrohimga, 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborilgan. Eng oxirgi kitob Qur’ondir. Qur’onda odam bolalarining dunyo va oxiratlari uchun foydali bo‘lgan, har zamonga to‘g‘ri keladigan va qiyomatgacha o‘zgarmaydigan hikmatli hukmlar bor.
5.Oxiratga ishonish:dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor, bu dunyo – insonlar uchun sinov maydoni, bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud deb ishonish;
Oxirat— bu dunyoda Alloh taoloning o‘zidan va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan bir kundir. Uning qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. O‘lgan bandalar go‘rga qo‘yilganlaridan so‘ng, go‘rlariga Munkar va Nakir ismli ikki farishta kirib, ularni so‘roq qiladi. Savollarga durust javob berganlar yaxshilardan hisoblanib, qiyomatgacha rohatda bo‘ladilar. O‘lgan bandalar Alloh taoloning qudrati bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taoloning tayin qilgan eriga yig‘iladilar. Yig‘iladigan joyning nomi «Mahshar eri», kuni esa «qiyomat kuni» deb ataladi.
6.Qiyomat kuniga ishonish.O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.
Qiyomat kuni — bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshilik va yomonliklari ma’lum bo‘ladigan, yaxshi bandalar uchun sevinch, yomonlar uchun qo‘rqinchli kundir. YAxshiliklari ma’lum bo‘lgan bandalar xursandlik ila «sirot» ko‘prigidan o‘tib, jannatga, yomonlar esa bu ko‘prikdan o‘ta olmay do‘zaxga kiradilar. Sirot ko‘prigi — Mahshar eri bilan jannat orasida do‘zax ustiga qurilgan, qilichdan o‘tkir, qildan ingichka va nihoyatda o‘zun ko‘prikdir.
7.Taqdirga ishonish. Taqdir — Alloh taolo tomonidan har bir bo‘lgan va bo‘ladigan yaxshi, yomon ishlarning qaysi zamonda, qaysi joyda, qay ravishda bo‘lmog‘ni o‘z ilmi azaliysi bilan bo‘lmasdan turib oldindan tayin belgilab qo‘yilishidir.
Islom ta’limotidagi asosiy 7 aqidaning Olloh taolo va Muhammadga ishonish qismi Islomda iymon deb ham ataladi, ya’ni Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad uning bandasi va rasuli (payg‘ambari), deb shohidlik berishi tushuniladi. Barcha 7 aqida to‘laligicha iymoni mufassal deb ataladi.
Islom dinida «Islom arqonlari» degan tushuncha ham mavjud. Bu tushuncha 5 ta asosiy narsani (islom ustunini) — diniy marosim talablarini o‘z ichiga oladi. Bular:

  1. Kalimai shahodat;

  2. Namoz o‘qish;

  3. Ro‘za tutish;

  4. Zakot berish;

  5. Haj qilish.


Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling