Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Download 138.98 Kb.
bet12/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Islom dini

Kalimai shahodat — Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning bandasi va payg‘ambari (rasuli) ekanligiga shohidlik beraman demoqlikdir. U arab tilida shunday deyiladi: «Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasululoh» .Har bir musulmon va har bir Islom dinini qabul qilayotgan kimsa «Kalimai shahodat»ni hamda «Kalimai tayyiba»ni (ya’ni Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad uning payg‘ambari deb til bilan iqror bo‘lmoqlik va dil bilan tasdiqlamoqlik) yoddan bilishi, ularning ma’nolaridan xabardor bo‘lishi lozim deyiladi, diniy ta’limotda.
Namoz (ibodat) kuniga 5 mahal o‘qiladi. Kunda 5 mahal o‘qiladigan namoz — Qur’ondan oyatlar o‘qish, xudoning sha’niga ham sanolar aytish va boshqa talayol ar qo‘shib bajo keltiriladigan namoz kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning eng muhim vositalaridan biridir. Namoz Islom diniga nisbat beradigan va o‘zini musulmonman deb hisoblaydigan har bir banda (agarda uning aqli raso, balog‘at yoshiga etgan va sihat-salomatligi joyida bo‘lsa) ga buyurilgan. Namozlar farz, sunnat va vojib namozlariga bo‘linadi.
Ro‘za — kun chiqishdan to kun botishiga qadar emak va ichmakdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlik, demakdir. Ro‘za — har bir musulmonning o‘zi tutib berishi bo‘lgan farz ibodatdir. U Payg‘ambar Muhammad Alayhissalom Madina shahriga hijrat qilganlari-g ikkinchi yili farz qilingan, deyiladi diniy oblarda. Ro‘za — ruhiy tarbiya va jismoniy ibodat sifati- qadimdan mavjud. Qadimgi misrliklar, xitoylik- yunonlar, rimliklar, yahudiylarning ro‘za tutgani tarixdan ma’lum. Islom ham Ramazon oyida musulmonlarga ro‘za tutishni farz qilgan. Ro‘zaning 5 turi mavjud.

  1. Farz ro‘za, ya’ni Qur’oni karim, Hadisi sharif fan farzligi isbot qilingan va Ramazon oyida bo‘ladigan ro‘za.

  2. Qazo ro‘za — ramazon oyida uzrlik sabablarga ko‘ra ro‘za tuta olmagan kunlar uchun boshqa oyda tutilishi shart bo‘lgan ro‘zadir.

  1. Nazr ro‘za—Allohga yaqinlik paydo qilish maqsadida musulmon tomonidan o‘ziga-o‘zi va’da berib qiladigan ro‘za. U qaysi kuni va necha kun ro‘za tutishga niyat qilgan bo‘lsa, unga xuddi o‘sha kunlari ro‘za tutish vojib bo‘ladi.

  2. Kafforat ro‘za — quyidagi hollarda musulmon shu ro‘za tutib berishi shart bo‘lgan ro‘zadir:

a)Uzrsiz ramazon oyida tutmagan kunlari uchun;
b)Ramazon oyida kunduz kuni xotini bilan yaqinlik qilib qo‘ygan kunlar uchun.
5.Ixtiyoriy ro‘za—musulmon odam Allohga yaqinlik paydo qilish maqsadida tutadigan ro‘za.
Ro‘za tutishga niyat qilish shart. Niyat qilishning makoni qalbdir. Ramazon boshida, shu oyda to‘la ro‘za tutib beraman, deb bir marta niyat qilinsa, oy oxirigacha etadi. YOki har kuni saharlikdan so‘ng, ertaga ro‘za tutaman, deb niyat qilsa joizdir. Kasalmandlik, musofirchilik, hayz va iflos, qariyalik ro‘za tutmaslikka uzrli sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, Ramazon oyi oxirida fitr sadaqasi fitr ro‘za) beriladi. Fitr sadaqasi — o‘ziga to‘q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlar uchun Ramazon oyida beradigan xayr-ehsonidir.
Zakot— badavlat musulmonlarning boyliklari ichidagi faqiru miskinlarga berilishi shart bo‘lgan Allohning haqqidir, deb ta’rif beriladi diniy ta’limotda. Qur’oni karimning ayrim suralarida u namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra, xayru ehson 2 xil ixtiyoriy va majburiy bo‘ladi. Zakot berilishi shart bo‘lgan majburiy xayru ehson (sadaqa) qatoriga kiradi. Zakot sadaqa bo‘lib qolmasdan, ayni paytda u ibodat hamdir. Zakot faqirlarga, miskinlarga, zakot yig‘uvchilarga, dinga jalb qilish uchun xayrli ish qiluvchilarga, qullarni, asirlarni ozod qilishga, xayrli ish qilaman deb qarz bo‘lib qolgan kishilarning qarzini o‘zishga, musofirlarga, Alloh yo‘liga (masjid-madrasa solish, qurilish ishlari, etimxonalarga) sarflanadi.
Zakot o‘zga dindagi kishilarga, badavlat odamlarga (ularning xizmatkorlariga ham), qarindosh-urug‘larga (ota-ona, buva-buvi, o‘g‘il-qiz, nabira), jufti haloli bo‘lgan xotiniga, Muhammad Payg‘ambarning Hoshim va Mutallibdan tarqalgan avlodlariga berilmaydi. G‘ayridin bo‘lgan faqiru bechoralarga zakotdan emas, fitrdan va ixtiyoriy sadaqadan berilishi mumkin.
Haj — bu, ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy bir ibodatdir. Haj — bu, Ka’batu Ollohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog‘lari orasida yugurmoq, Arofat tog‘ida bo‘lmoq va zarur marosimlarni ado qilmoq uchun umrda bir marotaba Makka shahriga ziyoratga bormoq demakdir. Manbalarda ham hijratning oltinchi, yoki to‘qqizinchi yilida farz bo‘lgan deyiladi. Hajning shartlari qo‘yidagilardan iborat:
a) Islom dinida bo‘lish;
b) Balog‘atga etgan bo‘lish;
v) Oqil bo‘lish;
g) Ozod bo‘lish;
d) Qodir bo‘lish (jismonan sog‘lom bo‘lish, qarilik tufayli zaif bo‘lmaslik, yo‘lning tinch va osoyishta bo‘lishi, xarajatlari ham o‘ziga, ham qaytib kelguniga qadar oila a’zolariga etishi);
e) Ayol kishining hajga o‘z eri yoki biror mahrami, aka-ukalari, tog‘alari, amakilari, qaynotasi, qaynonasi) bilan birga borishi. Haj qilish, borish-kelishni qo‘shganda, qurbon haitidan 40 kun ilgari boshlanadi va qurbon haiti kuni tugaydi. Bu 5 asosiy farzlardan tashqari, janoza, sunnat, :goh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlar mavjud.
Islom diniy bayramlari
Islomda diniy bayramlari — ro‘za hayiti (Ramazon), qurbon hayiti, Mavlud (Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kuni) kabilardir.
Ramazon islom olamida muborak oylardan sanaladi. Bu borada Hadisi sharifda: «Bu bitim oyi, bunda yuz bergan gunohlar kechiriladi». Ramazon Qur’onda ham eslangan: «Ey iymon qilganlar! Sizdan avvalgilarga farz qilingani Sizga ham ro‘za tutish farz qilindi, shunda yomonlardan himoya qilinursiz». «Ro‘za sanoqli kunlardan iboratdir. Orangizda xastalangan yoki safardan qaytgan kishilar ro‘za tutmagan kunlari evaziga boshqa kunlarda tutsin. Ro‘za tutishga qiynalganlar bir yo‘qsil qornini to‘yg‘azar darajada haqqini berur. Har chin ko‘ngildan biror yaxshilik qilsa, uning uchunda xayrli bo‘ladi». YOki Qur’onning «Baqara» surasida esa mana bunday deyilgan: «Ramazon oyi shunday rost bilan yolg‘onni ajratgan, ochiq dalillarni va namoyon etgan, odamlarga to‘g‘ri yo‘lni bergan Qur’on mana shu oyda tushirilgan».
Ramazon oyida 30 kun ro‘zadan musulmonlar zimmalariga yuklatilgan farzini sog‘-salomat ado etib tugatganlari munosabati bilan bir xursandchilik izhor etish demakdir. Bu kuni hayit namozi o‘qiladi. Namozlarni ado etib tugatgandan so‘ng kishilar o‘zaro ko‘rishib, bir-birlarini hayit bilan muborakbod etadilar.
Qurbon hayiti hijriy zulhijja oyining 10-chi kuni nishonlanadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi. Qurbonlik — Ollohga yaqinlik hosil qilish uchun uning yo‘lida qurbon hayiti kunlari biror jonliq so‘yishdir. Qurbonlik Ollohning yo‘liga bag‘ishlanadi. «Bu nomning atalish sababi Ibrohim alayhissalomning Alloh sinov amri bilan o‘z o‘g‘illari Ismoilni qurbonlik qilishga kirishgan paytda, Tangri bir qo‘chqor yuborib, o‘g‘li o‘rniga uni qurbonlik qilishni buyurgan», — deyiladi manbalarda. Bu haqda Qur’onda ham aniq xabarlar berilgan. SHu bois,hajga borganlar, boy-badavlat musulmonlar zimmasiga qurbon hayiti kunlari jonliq so‘yib qurbonlik qilishlari vojib qilingan. Qurbonlik go‘shtidan o‘zi, oila a’zolari, qarindosh va qo‘shnilarga berib baham ko‘rish lozimligi belgilangan. Bu bayramlar xursandchilik, tinch-totuvlik, shukronai ne’mat bilan o‘tkazilishga buyurilgan. Bu ulug‘ kunlarda qarindoshlar, eru birodarlar bir-birlarini ziyorat qilishib, tabriklashib hol-ahvol so‘rashlari lozim.
ISLOM - MA’RIFAT DEMAKDIR. Qur’oni karimning «Alaq» surasida bunday deyiladi: «Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni yozishni — xatni) o‘rgatgan... U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi».
Modomiki, Alloh insonga qalam bilan ta’lim berar ekan, demak, ko‘r ko‘zlar, garang quloqlar, yaralangan dillar ma’rifat orqaligina bahra topadi. Axir, butun Islom e’tiqodi o‘zining mazmun-e’tibori bilan inson ma’naviy kamolotiga da’vat etilgan emasmi? Insoniyat o‘zining bolalik davridan taraqqiyotigacha bosib o‘tgan yo‘lida hamisha va tinimsiz ma’naviy ozuqa izlaydi.
Hadisi sharifda bunday deyiladi: «Alloh taolo uchun dinlarning qaysi biri sevimliroq?» Rasululloh: «YAxshilik tomonga yuzlangan va inson uchun engil bo‘lgan dindir», dedilar. «Kishilarga dildagi og‘ir, mashaqqatli amallarni emas, engil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og‘ir amallarni buyurib dindan qo‘rqitib, cho‘chitib yubormang».
Islom onalik va bolalikni muhofaza etuvchi, sog‘lom avlod uchun kurashuvchi dindir.
«Biz insonni ona va otasiga yaxshilik qilishga hukm qildik. Onasi uni qornida qiyinchilik bilan ko‘tarib yuradi va qiyinchilik ila tug‘adi. Va uni ko‘tarmoq va sutdan chiqarmoq muddatining ozi 30 oy bo‘ladi».
Islom tabiat muhofazasiga e’tibor beruvchi din ham ekanligi bugun hammaga ayon. Islom ta’limoti vujudga kelgan dastlabki davrdayoq ayrim hayvonlarni, qushlarni ovlash man etilgan, daraxtlar va o‘t-o‘lanlarga qarash hamda parvarish etish targ‘ib qilingan.
SHunday qilib, Islom dini o‘zining har bir insonga yaqinligi, ta’sirchanligi va tushunarligi bilan hamisha xurmatda. Unga oddiy insonlar va buyuk arboblar, allomalar ishonadilar, e’tiqod qiladilar va xurmat bilan qaraydilar.

Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling