Ишланма мавзу
Download 33.5 Kb.
|
Суицид, унинг келиб чиқиш сабаблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy-oilaviy
- Ish yoki o`quv jarayoni bilan aloqador nizolar
- O`smir yoshdagi bolalar o`rtasidagi xavfli guruhlar
1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган ИШЛАНМА МАВЗУ: Суицид, унинг келиб чиқиш сабаблари ва ўсмир ёшдаги болалар ўртасидаги хавфли гурухлар. МУАЛЛИФ: Қўзиева Саёҳат Абдурасуловна, Холова Феруза, Навоий вилояти Хатирчи тумани халқ таълими бўлими методист психологи. G. Seyr his-tuyg`ularni tahlil qilish jarayonida o`z joniga qasd qilishning 4 asosiy sababini ajratgan: 1. Izolyatsiya (his-tuyg`u-seni hech kim tushunmaydi, sen bilan hech kim qiziqmaydi). 2. Nochorlik ( kechinma-sen o`z hayotingni boshqarolmaysan, hech narsa senga bo`ysunmaydi). 3. Ishonchsizlik (Kelajak senga hech qanday yaxshilik keltirmaydi). 4. Shaxsiy ahamiyatsizlik tuyg`usi (yaralangan tuyg`ular, shaxsiy qadr-qimmatning pastligi, o`z-o`ziga past baho berish, hech kimga mos emaslikdan xavotirlanish, o`z-o`zidan uyalish. Adabiyotlarda o`smirlarda uchraydigan suitsidning turli sabablarini uchratish mumkin: 1. Shaxsiy hayotdagi konflikt; 2. Yolg`izlik; 3. San`at; 4. Anglanilmagan tuyg`ular; 5. Standart bo`lmagan oriyentatsiya; 6. Etnik an`analarning buzilishi; 7. O`z joniga qasd qilishning irsiyatga bog`liqligi. S.V. Borodin va A.S. Mixlinning urinishlari natijasida suitsidga yetaklovchi asosiy motivlar guruhi quyidagilardan iborat: Shaxsiy-oilaviy: -oilaviy nizolar, ajralishlar (o`smirlar uchun ota-onalarning ajrashishi) -kasallik, yaqinlarning vafoti -yolg`izlik, omadsiz sevgi -tahqirlash, atrofdagilar tomonidan yerga urilish. Salomatlik holati: -psixik kasalliklar -somatik kasalliklar -mayiblik holati G`ayriijtimoiy xulq bilan bog`liq nizolar: -jinoiy javobgarlik bilan bog`liq xavf-xatar -boshqa jazolar yoki sharmandalikdan qo`rquv. Ish yoki o`quv jarayoni bilan aloqador nizolar: -ijtimoiy-maishiy qiyinchiliklar -boshqa vaj va sabablar. Aytib o`tish joizki, suitsid egalarining mavjud ehtiyojlari va motivlari kamdan-kam hollarda suitsidning asl motivlari bilan to`g`ri keladi. O`limoldi xatlarni tadqiq qilish bilan shug`ullangan E.Shneydman shuni tasdiqlaydiki, ayrim o`limoldi xatlar o`limning haqiqiy holati to`g`risida mutlaqo ma`lumot bera olmaydi. O`smir yoshdagi bolalar o`rtasidagi xavfli guruhlar: - suitsidal urininshlari tugallanmay qolgan o`smirlar (parasuitsidlar); - bilvosita yoki to`g`ridan-to`g`ri suitsidal tahdid qiluvchi o`smirlar; - o`ziga jarohat yetkazishga moyil o`smirlar (autoagressivlar); - naslida suitsidal xulqli insonlar mavjud bo`lgan o`smirlar; - alkogolga berilgan o`smirlarning suitsidal xavfi juda yuqori, yoshlar o`rtasida 50% li salmoqni egallaydi. Surunkali alkogol iste`mol qiluvchilar, alkogolizmning bir necha avlodlarda ko`rinishi depressiyani kuchaytiradi, natijada aybdorlik hissi va psixik zo`riqishlar o`smirni suitsidga yetaklaydi. - surunkali narkotik moddalar va toksik preparatlarni iste`mol qiluvchi o`smirlar. Psixofaol moddalar o`smirlar xulqi ustidan motivatsion nazoratni susaytiradi, depressiyani chaqiradi, hattoki psixozga sabab bo`ladi. - affekt holat, xafagarchiliklar, asosan, og`ir depressiyadan aziyat chekuvchi o`smirlar; - surunkali yoki halokatli kasalliklarga chalingan o`smirlar; - og`ir yo`qotishlarni boshdan kechirgan o`smirlar, masalan, ota-onalardan ajralish, yaqin insonidan judo bo`lish, asosan, yo`qotishlarning ko`pchiligi 1 yilning o`zida yuz bersa; - oilaviy muammolar: oila kattalarining uydan ketishi, ajralishlar, oilaviy zo`ravonlikdan qiynalgan o`smirlar. Mutaxassislar, (pedagog-psixologlar, ijtimoiy pedagoglar) ushbu guruh bilan to`qnash keluvchi barcha kasb vakillari bu masalada osonroq yo`lni tanlash yoki ortiqcha shoshilinch xulosalar chiqarishdan saqlanishlari lozim. Shuni unutmaslik kerakki, xavfli guruhlarga a`zo bo`lgan barcha o`smirlar ham suitsidga qo`l uravermaydi. O`z joniga qasd qilishning qandaydir yagona sababi yoki motivi mavjud emas. Ammo, suitsidga ishora beruvchi har qanday holatlarga jiddiy ko`z bilan qarash lozimdir. Maxsus xushyorlik esa ma`lum muddat davom etgan bunday signallarni ilg`ab olishga yordam beradi. Shuni unutmangki, yordam qichqirig`i hamisha mutaxassis ko`magiga muhtojlik sezadi. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling