Mavzu. Islom dini va tarixi Reja
Download 32.82 Kb.
|
Tasavuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Islom
- 1.Islom
Mavzu. Islom dini va tarixi Reja: Islomning asoslari. Islom dini farzlari Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari Quron, sura va oyat tushunchalarining ma’nosi. Hadis tushunchasining ma’nosi Sufizm ta’limoti TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Islom, musulmon, vahiy, imon, namoz, zakot, ro‘za, haj hijrat, oxirat, taqdir, Rasul, Nabiy, mazhab, sunniylik, shialik, xorijiylik, hanafiylik, shofe’iylik, molikiylik, xanbaliylik, aqida, tasavvuf 1.Islom (arab. — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha «muslim» («sadoqatli»; koʻpligi «muslimun») deb ataladi. «Muslim», «muslimun» soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musurmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tapqalgan. Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad (as)dir. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul–Muttalib alayhis–salom Arabiston tarixida “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgan. Ko‘pchilik tarixchilar fikriga ko‘ra bu sana milodiy 571 yilga to‘g‘ri keladi. Manbalarda Muhammad (a.s.) ning qirq yoshga yaqinlashib qolganida yolg‘izlikni xohlab qolgani qayd etiladi. Ular, asosan, Makkadan ikki chaqirim uzoqlikda joylashgan Nur tog‘idagi Hiro g‘origa chiqib ketib, Ramazon oyini taxannus ibodati bilan o‘tkazardi. Qirq yoshga kirganida Qur’oni Karmining “Alaq” surasining dastlabki besh oyati ilk vahiy sifatida nozil qilindi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, bu voqea 610 yil 10 avgust, yigirma birinchi Ramazon dushanba kuniga to‘g‘ri kelgan. Muhammad (a.s.) Madinada, 632 yilning 8 iyun kuni vafot etdilar va o‘z uylariga, ya’ni Masjidu–n–nabaviy (Payg‘ambar masjidi)ga dafn qilindilar. Muhammad (a.s.) 632 yilda Madinada vafot etganlaridan so‘ng u kishining to‘rtta safdoshi – Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abi Toliblar musulmonlarga rahbarlik qilishda payg‘ambarga vorislik qildilar. Ular “Xalifat Rasulillah” (“Payg‘ambarning o‘rinbosari”) ma’nosida “Xalifa” deya ataldilar. Keyingi davr manbalarida mazkur to‘rt xalifa “al–Xulafo ar– roshidun” («To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar») deb nomlanadi. Imon, namoz, zakot, ro‘za, haj islomning besh asosiy sharti – rukni hisoblanadi. “Imon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Hadislarda imonning etti sharti borligi ta’kidlanadi. Ular: – Allohning borligi va birligiga, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. – farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan; – ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga (a.s.) Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambarga “Sahifalar”, Muso payg‘ambarga “Tavrot”, Dovud payg‘ambarga “Zabur” va Iso payg‘ambarga berilgan “Injil” kitoblaridir. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan; – payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekani bayon qilingan; – oxirat kuniga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud; – taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish; – o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar. Namoz islomda imondan keyin musulmonlarga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Qur’oni karimda namozga qat’iy buyruqlar kelgan bo‘lib, uning ba’zi shartlari bayon etilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada turli mazhablarda ba’zi farqlar bor. Har kuni besh vaqt namoz: bomdod, peshin, asr, shom va xufton ado etiladi. Zakot (arabcha – poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga etgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim–esir, beva–bechoralar, musofirlar, qarzdorlar kabi muhtoj kishilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot islomdagi ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi. Ro‘za yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida kunduz kunlari eyish–ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj zulhijja oyining sakkizinchi kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: “ifrod” – faqat haj amallari bajariladi, “qiron” – haj va umra amallari oldinma–ketin bajariladi, “tamattu’” – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilish. Islom ta’limotiga ko‘ra, har bir inson vafot etadi. Qiyomat (arabcha–tik turish, o‘rindan turish) o‘liklarning qayta tirilishi va o‘rnidan turishi ma’nosida ishlatiladi. Islom dinida qiyomatning yaqin qolganligi masalasi juda dolzarb bo‘lsada, uning aniq qachon sodir bo‘lishini faqatgina Alloh bilishi, hatto farishtalar ham bu haqda hech qanday ilmga ega emasligi, payg‘ambarlar ham uning aniq vaqtini bilmaganlari, ularga faqatgina uning alomatlari bildirilganligiga e’tiqod qilinadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni har bir odamning bu dunyoda qilgan amallari tarozuda o‘lchanadi. U mutlaq adolat tarozusi bo‘lib, hammaga bir xil munosabat qilinadi. Hech bir kishining foydasidan kamaytirilmaydi, zarariga qo‘shilmaydi. Jannat (arabcha – bog‘, bo‘ston) taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farog‘atda yashaydigan joy. Diniy aqida bo‘yicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shug‘ullangan kishilarga Alloh tomonidan jannatdan joy beriladi. Qur’onda jannat daraxtzorlari ostidagi ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb ta’riflanadi. U erda insonlar qarimaydi va kasal ham bo‘lmaydi. Jannatda eng oliy ne’mat – Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi. Diniy aqida bo‘yicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shug‘ullangan kishilarga Alloh tomonidan jannatdan joy beriladi. Qur’onda jannat daraxtzorlari ostidagi ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb ta’riflanadi. U erda insonlar qarimaydi va kasal ham bo‘lmaydi. Jannatda eng oliy ne’mat – Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi. Islom dinida diniy amallar bir ko‘ra necha ahamiyatiga kategoriyalarga bo‘linadi. Ulardan asosiylari quyidagilardir. Farz deb islom dini ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalil bilan bajarilishi talab qilingan amalga aytiladi. Masalan, besh vaqt namoz o‘qish, Ramazon oyida ro‘za tutish, zakot berish, ilm o‘rganish kabi amallar farz hisoblanadi. Farzni bajarish shart hisoblanadi. Vojib atamasi hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni karimda to‘g‘ridan–to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, vitr, hayit namozlarini ado etish. Vojibning darajasi farz bilan deyarli barobar. Sunnat – islom shariatiga ko‘ra, Rasululloh (a.s.) buyurgan zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab qilingan amal. Sunnatga amal qilish vojibga amal qilish kabi talab etiladi. Mandub – bajarilishi afzal bo‘lgan amal. Masalan, Fitr (Ramazon hayiti) kuni taom eyish, misvok va g‘usl qilish, xushbo‘y surtish va eng yaxshi kiyimlarni kiyish mandub hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirgan kishi savobga erishadi, lekin uni tark qilgan kishi gunohkor hisoblanmaydi. Muboh islom shariati qilish yoki qilmaslikni kishilar ixtiyoriga qo‘ygan amallar. Masalan, Ramazon oyida kechasi eb–ichish kabi. Bunda shariat belgilagan chegaradan chiqmay tasarruf etish muboh sanaladi. Mubohda uni qilgan ham, qilmagan ham – barobar, savob ham, gunoh ham bo‘lmaydi. Makruh bajarilishi yomon sanalgan amaldir. U ikki xil bo‘ladi: makruhi tahrimiy (harom hisoblangan makruh) va makruhi tanzihiy (pok hisoblangan makruh Harom atamasi islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Masalan, odam o‘ldirish, zino qilish, o‘g‘rilik kabi amallar harom hisoblanadi. Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi, islom dinida ham o‘ziga xos marosim va tantanalar mavjud. Shulardan biri “Iyd al–fitr” yoki “Iyd Ramazon” deb nomlanuvchi musulmonlar bayrami hijriy oyi hisobida ramazon oyi tugashi bilan nishonlanadi. “Iyd al–adho” – Qurbon hayiti deb nomlanuvchi ushbu bayram iyd al–fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim payg‘ambar nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu bayram qo‘y, mol va tuya so‘yilib nishonlaniladi. “Iyd al–adho” kuni hojilar islom dinining besh ruknidan biri bo‘lgan haj ibodatini amalga oshiradilar. Juma kuni – hafta kunlari orasida ajralib turadigan, “kunlarning sayyidi” deb nom olgan kun. Bu kunda musulmonlar chiroyli kiyimlarni kiyib, xushbo‘y atirlarni sepib masjidga boradilar va juma namozini o‘qiydilar. SHuningdek, yaqinlarining hollaridan xabar oladilar, kasallarni ziyorat qiladilar va shu kabi savob ishlarni ko‘proq bajarishga harakat qiladilar. 2.Islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan. Download 32.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling