Mavzu. Islom dinida vatanparvarlik g'oyalarining targ`iboti Reja
Download 33.01 Kb.
|
Mavzu. Islom qadriyatlari Reja
Islomda axloqiy qadriyatlar
Xalqimizning axloq va odob haqidagi qadriyatlari minglab yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan. Ayniqsa islomdagi ma’naviy qadriyatlar, buyuk mutafakkirlarning ma’naviy axloqiy qarashlari, fikrlari milliy ma’naviyatimizga asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bular iymon e’tiqodlilik, andishalilik, xalollik, poklik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, ota onaga mehribonlik, insonni qadrlash, ustozlarga hurmat, mehmondo‘stlik, sahovatpeshalik kabi qadriyatlardir. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti, inson faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatarkan, islom dinidagi asl insonparvarlik, adolat, ezgulik kabi qadriyatlarning bugungi kunda, jamiyatning ma’naviy yangilanishidagi tutgan o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. 1. Islom dini doimo ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surib kelgan diniy ta’limotdir. «Qur’on» va «Hadis»larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar insonning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida doimo muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Islom dinining axloqiy ta’limotida har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi qilib tarbiyalash masalasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Islom dinida insonning bunyodkor va yaqinlariga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. Islom dinida, xususan Qur’oni karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan. 2. Hadislarda ota-onani hurmat, halol mehnat, adolat, insoniylik masalalariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, «Kimki ota-onasining roziligini olgan bo‘lsa, tangri uning umrini uzaytiradi»; «Jannat onalar oyog‘i ostidadir», «Mehnat qilishdan uyalmang, mehnat qilish – ibodat qilishga barobar» kabi hadislarning axloqiy tarbiyadagi o‘rni hamda ahamiyati kattadir. Islom dini doimo odamlarni halollikka, poklikka, insof va diyonatga da’vat etib kelgan. “Hamma ishlaringizda to‘g‘ri bo‘ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo‘lsin!”, “Odamlarga keng qalbli bo‘linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo‘lurlar”, “Imonning afzali – sabr va keng qalbli bo‘lishdir”, “Imonli odam va’daga vafodor bo‘ladi”, kabi hadislar insonning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyatga egadir. 3.Qur’oni karim va hadislarning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lishga chaqirishida ham namoyon bo‘ladi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd etilishining o‘zi katta tarbiyaviy axamiyatga ega. Hadislardagi «Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘minlarga ham o‘rgatishidir»; «Ilm ibodatdan afzaldir»; «Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar» kabi har bir kishini ma’rifatga chorlovchi so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir. Islom dini kishilarni faqat diniy bilimlarnigina emas, balki shu bilan birga dunyoviy ilmlarni ham chuqur egallashga chaqiradi. Jamiyat hayotida dunyoviy va diniy ilmlar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tarilishini Sharq Uyg‘onish davri, Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G‘azzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Abu Nasr Farobiy singari buyuk olimlar yashab ijod etgan davr misolida ko‘rish mumkin. Bugungi kunda islom dini asosida asrlar davomida yaratilgan axloqiy-ma’rifiy qadriyatlar jamiyatdagi ma’naviy yangilanish va barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Islomiy axloqiy qadriyatlar odamlarni halol, pok, adolatli, insofli, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishga da’vat etib kelmoqda. Download 33.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling