Mavzu: Islom Karimovning O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarining mazmun mohiyati Reja


Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi"


Download 28.59 Kb.
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1751706
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom Karimovning O\'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarining mazmun mohiyati

2. Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi"
"O'zbek ishi" nomli kampaniyalar
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ kitobi istiqlol tariximizning eng ishonchli manbaasidir. Chunki undagi barcha hujjatlari birlamchi asl hujjatlardir. Bu hujatlar quyidagi jihatlari bilan o’ta noyob hisoblanadi:

  1. Bu hujjatlar 1989-1991-yillar davomida yurtimizda kechgan ijtimoiy –siyosiy jarayonlarga bevosita guvoh bo’lgan. Ularning markazida turgan inson – president Islom Abdug’aniyevish Karimov tomonidan bayon qilingan.

  2. Bu hujjatlar xalqimizning mustaqillikka erishish jarayonida buyuk tarixiy missiyani ado etgan, ya’ni iatiqlol hodisasining siyosiy-huquqiy, ma’naviy-mafkuraviy asoslari bo’lib hizmat qilgan.

  3. Bu hujatlar o’zida juda katta faktik va analitik materiallar, tarixiy jarayonlar tafsilotini mujassam etgan.

  4. Bu hujjatlar murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qanday yondashish, ularni qanday analiz va sintez qilish mantiqiy hulosalar chiqarish borasida tarix, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar , ularning tadqiqotchilari uchun nazariy metodolik jihatdan kata bilim manbai bo’lib hizmat qiladi.

  5. Bu hujatlar tarixning burilish davrlaridan tarixiy shaxs va xalq ommasining naqadar hal qiluvchi rol o’ynashi, ana shu 2 kuch , birlashgan , bir maqsad sari intilgan taqdirda har qanday ezgu maqsadga erishish mumkin ekanliogini yana bir bor tasdiqlaydi.


3. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi.
XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o'rtalarida sovet jamiyatida "qayta qurish" boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi.
XX asr 80-yillari o'rtalarida Respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar 80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi Qayta qurish yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot
yomonlashdi.
Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlash- tirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi. O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari
• Iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zo’r berilib, ishlab
chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga yaroqsiz yondoshuvlarning tobora kuchayib borishi;
• Respublika sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mo’may xom asgyo manbai sifatida qarab kelinishi;
• O’lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
• Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat
taqsimotida O’zbekistonning mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil yo’llari e’tiborga olinmagani.

Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling