Mavzu: Islom Karimovning O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarining mazmun mohiyati Reja


Download 28.59 Kb.
bet1/5
Sana06.11.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1751706
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom Karimovning O\'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarining mazmun mohiyati


Mavzu: Islom Karimovning O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarining mazmun mohiyati
Reja:
1. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy
hayotidagi inqirozli holat
2. Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi"
"O'zbek ishi" nomli kampaniyalar
3. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. Milliy
manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi.
4. I.Karimov – O'zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari.

1. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy
hayotidagi inqirozli holat
Kitob “So’z boshi o’rnida” deb nomlangan kirish so’zi bilan boshlanadi. Ushbu kirish so’zida kitobning asosiy ma’no –mazmuni, undan o’rin olgan materiallarning o’ziga hos xususiyatlari, yurtimizda istiqlol arafasida hokum surgan chuqur inqiroz holatining haqqoniy tasviri va tahlili, o’sha davrning siyosiy o’rni siyosiy-ijtimoiy manzarasi, ushbu asarning yangi tariximizni yaratishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritilgan. Kitobning asosiy qismidan Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 1989-yilning 24-iyunidan 4-yanvariga qadar , ya’ni uning respublikamiz rahbari sifatidagi faoliyatining birinchi kunidan to mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so’ng umuxalq saylovi asosida mustaqil O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi va o’z vazifasini bajarishga kirishgan kungacha bo’lgan davrda so’zlagan nutqlari, ma’ruzalari, maqola va intervyulari, Yurtboshimiz tomonidan imzolangan farmon va qonunlar o’rin olgan.
Kitobdan joy olgan barcha chiqishlar chuqur amaliy va paragmatik ruhi, o’sha davrga hos bo’lgan komunistik ritorika, balandparvozlik va safsatavozlikdan mutlaqo holi ekani bilan alohida e’tiborni tortadi. Muallif o’zining har bir fikr va so’zini aniq dalil va raqamlar, mantiqiy xulosalar bilan asoslab beradi. Hayotiy fikrlar, uning o’tkir mulohazalari, ehtirosli kechinmalari, teran mushohadalari, eng muhimi ma’naviy jasorati bilan mushtarak bo’lib, o’sha paytdagi so’z bilan ifoda etib bo’lmaydigan o’ta qaltis va murakkab siyosiy-ijtimoiy holatlarni kitobxon tasavvurida butun ziddiyat va qarama –qarshiligi bilan yaqqol namoyon etadi. Buni quyidagi misolda yaqqol ko’rish mumkin.
“ Biz Respublikamizda 1500 ta yirik ishlab chiqarish birlashmasi va korhonasi ishlab turgani haqida, revolyutsiyadan avval bir yil davomida hosil qilingan miqdordagi elektr energiya hozir to’rt kunda ishlab chiqarilayorgani haqida faxrlanib gapirar edik.
Bu asardan mustaqillik ne’matidan bahramand bo’lgan, ozod va erkin hayot qadrini biladigan har bir avlod o’zi uchun kerakli saboq va hulosalarni chiqarib oladi. Bir so’z bilan aytganda, bu kitob o’zining mana shu O’zbekiston zaminining farzandi deb biladigan bironta insonni beparvo qoldirolmaydi. Bu haqida so’z borganda “2011-yil 28-avgustdagi Xalq so’zi gazetasida chop etilgan “Istiqlolimiz tarixining erkin ko’zgusi” maqolasida, shu yilning 4-oktabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasida Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi va “Mamlaktimiz yangi tarixini yaratishning dolzarb vazifalari” mavzusida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya materiallari , ommaviy axborot vositalarida, bilim maskanlari, ilmiy va ijodiy muassasalarda bo’lib o’tayotgan qizg’in fikr almashuv va muhokamalar davomida bildirilgan fikr- mulohazalrni esga olish o’rinli bo’ladi.
Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda ziyolilarimizning o’rni alohida ekanligini e’tiborga olish kerak. Qaysi rahbar, qaysi amaldor o’z obro’sini to’kmoqchi bo’lsa, u ziyolilar bilan orasini buzadi. Tarixda ham, hozirgi kunlarda ham bunga misol ko’p. Katta –kichik barcha amaldorlar ko’zlarini kattaroq ochib, ziyoli zotiga e’tabor bilan qarashni sharaf deb bilmog’I kerak. Hammaga ayon: bazan bir og’iz shirin so’z, qo’llab quvvatlash ijodkorni juda kata ishlarga ilhomlantirishi mumkin. Yoshlarni zamonaviy fan –tehnikaning , umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakli ixtisos egalari bo’lib yetishishiga sharoit tug’dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarini tubdan o’zgartira olmaymiz. Buni ham doim yodda tutish kerak. Chunki ishsizlik, maosh kamligi, mutaxasisslar yetishmasligi va boshqa ko’p yetishmovchiliklar ana shundan, deb o’ylayman. Bu ketishda biz uchun yurtimizni sotsial –iqtisodiy va milliy rivojlantiriahdek muhim vazifani tezroq amalga oshirish juda qiyin bo’ladi. Demak, xalq saylab qo’ygan deputatlarning birinchi galdagi vazifalaridan biri –yoshlarimiz tarbiyasi milliy siyosatini, harakat dasturini ishlab chiqish masalasidir. Bunga xalq maorifi sistemasini tubdan o’zgartirish, bolalar bog’chalari , maktablar, kasb-hunar –tehnika bilim yurtlariga tehnikumlar, oliy o’quv maskanlarining moddiy tehnik bazasini mustahkamlash, maxsus maktab internatlarini ko’paytirish kabi ko’pgina murakkab vazifalar kiradi.
Davr bugungi kuning muammolarini hal etishga intilish barobarida ona tarixning ilg’or an’analaridan saboq olishni ham taqozo etadi. Qadimiy Movarounnahr va Xuroson farzandlarining jahon ilmu ziyosi tarixga zarvaraqlar ila bitilgan asarlar oz emas. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug’bek, Jomiy , Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa yuzlab zotlarni jahon yaxshi biladi. Bu zakiylar silsilasida Imom at-Termiziy ma’naviy me’roslari hafaqat ahli din orasida, balki dunyoviy ilm sohiblari, keng miqyosdagi ahli jamoa orasida ham o’z qadirini topayotur. U kishining shox asarlaridan “Kitob al-jome as-Sahih” hozirga qadar hadis ilmining asosiy manbaalridan biri hisoblanadi. Allomaning asrlar davomida fozilu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan aqlu odob, insofu diyonat, adolatu insonparvarlikni targ’ib etguvchi g’oyalari serdolg’a davrimizning murakab va ziddiyatli axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda zamonaviy ahamiyat kasb etadi.
Har bir inson- hoh u oddiy fuqaro, hoh u kata kon rahbar bo’lsin- bundan qati’y nazar . O’z xalqining, shu tuproqda istiqomat qilayotgan elu elatlarning manfaatini ko’zlab, himoya qilib yashashi va ishlashi zarur. Umuman, kata tarixni olib ko’rsak, xalq qanchalik uyushgan bo’lsa, rahbariyat bilan bir jonu bir tandek harakat qilsa ,ya’ni hamjihatlik, ahillik qaror topsa, kamolot yuz beradi, davlat kuchli yurt farovon bo’ladi. Tariximizda shunday hunuk vaqtlar bo’lganki, ba’zi rahbarlar o’z xalqini badnom qilib ko’rsatadi. “Paxta ishi” deya butundunyoga jar solib, buning ustiga, ana shu ishni baholashga chetdan “qozi” larni olib kelib, o’z xalqiga azob berib, o’zi esa tomoshabin bo’lib turishni insonga, rahbarga yarashmaydigan qiliq deb bilaman. Bu sharmandali ishlardan ham tegishli saboq chiqarishimiz zarur.Darhaqiqat, o’tmish sarqitlari, eski tuzumning, voqelikning uzoq, soxta darcha qadriyatlarning qanchalik zararligini Prezidentimiz tomonidan ko’p bora ta’kidlandi. Bularni ayniqsa yoshlarimiz aniq anglab yetishlari kerak, chunki mafkuraviy kurashning ko’p tomonlama qiyofasi, hilma-hil dushman, siyosiy kuchlarning, shu jumladan, komunistparast yosh avlodning hali pishib yetilmagan ongiga ta’sir etishga urinishlari jahon amydonida yetakchi o’rin egallab kelmoqda.
Jamiyat ijtimoiy –siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida , bir tomondan, ma’muriy –siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti kata hom ashyo, iqtisodiy zaxiralariga ega bo’lishiga qaramasdan G’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, ya’ni tehnik hamda tehnologiyalarni o’zlashtiri juda sust olib borildi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar xalq turmush sharoitidagi ya’ni imkoniyatlar, eski tuzumdan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
1985-1990-yillar O’zbek xalqining milliy o’zligini aglashi, milliy ongining o’sishida juda muhim ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoi-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini ta’minlamagan bo’lsada, biroq uning natijasida o’ziga hos milliy uyg’onish ro’y berdi.
Qayta qurish O’zbekistondagi ijyimoiy-siyosiy voqea –hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg’ondi. Miliy o’zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1985-yildan boshlangan jarayonlar eng avvalo mustaqillik to’g’risidagi g’oyalarining yana tiklanishi, shakllanishi uchun zamin yaratdi. 80-yillarning 2-yarmida O’zbekistondagi ijtimoiy –siyosiy voqelik xalq milliy ongining keskin ravishda o’sishi jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. Mazkur davr ayni paytda jamiyat a’zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy –an’anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham izohlanadi. Miliy o’zlik, miliy ongning o’sishi dastavval milliy tarix ma’naviyatining o’rganishga bo’lgan qiziqishning kuchayishida ko’rinadi.
Har bir suveren davlatning huquqiy aoslaridan biri unign asosiy qonuni Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratosh g’oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillikk Deklaratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan bevosita ilgari surilgan edi. Oliy kengashning ikkkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasining muhim tamoillari aosida dav;latning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqish lozim degan hulosa qilindi. Sessiya prezidenti I.A.Karimov raisligida 64-kishidan iborat Konstitusiya loyihasini tayyyorlash bo’yisha komissiya tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g’oyaviy mag’zi, ya’ni konsepsiyasining ustida ishlab boshlab yubordi. Konstitutsiyaviy komisiya va uning raisi tomonidan ma’qullangan president devoni, yuridik bo’limi tayorlgan Konsepsiya asosida bo’lajak Konstitutsiya layihasini yaratishga kirishildi va 1992-yil 8-dekbrda Mustaqil O’ZBEKISTON Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi.


Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling