Mavzu: Islom ta’limotida iqtisodiy qarashlar Reja


Download 19.71 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi19.71 Kb.
#1750634
  1   2
Bog'liq
Islom ta’limotida iqtisodiy qarashlar


Mavzu: Islom ta’limotida iqtisodiy qarashlar
Reja:

  1. Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar.

  2. Hadisi Sharifda keltirib o’tilgan ba’zi ma’lumotlar

  3. Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari

O'rta asr davriga ( feodalizm ) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlami ancha toʻgʻri aks ettirgan iqtisodiy g'oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi . Ular o'sha davrdagi ijtimoiy , iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqgan holda oʻziga xos xususiyat kasb etadi . Bunday xususiyatlardan biri , eng avvalo , iqtisodiy g'oya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir . O'sha davrda xo'jalik hayotidagi diniy - axloqiy me'yorlar , ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratiktamoyillaming o'matilishiga to'sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g'oya , nazariyalarning din " pardasiga o'rab " berilishiga sabab boʻlgan . Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi , ijtimoiy - iqtisodiy hayot sharoitini to'g'ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq .


Qur'oni Karimdagi asosiy gʻoyalardan biri musulmonlarning qardoshligi boʻlib , arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar . Unda dehqon , hunarmandlar mehnati . umuman halol mehnat ulug'lanadi , barcha boylik shu asosda paydo boʻlishi uqtiriladi . Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi , sudxoʻrlik ( sudxoʻrlik foizi ) qoralanadi xususiy mulkning muqaddasligi , birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi . Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi , ammo halollik va toʻgʻrilikka buyuriladi va yolg’on ishlatish , o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi
Hadisi Sharifda keltirib o’tilgan ba’zi ma’lumotlar
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni karimdan keyingi hujjat Hadisi Sharif hisoblanadi . Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz : munofiqlik belgisi uchtadir : yolg'on soʻzlash , va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilish. Amining sovgʻa olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir .
Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir 1. Xun toʻlovchiga ; 2. Ogʻir qarzdorga ; 3. Miskin qashshoq kishiga. Kimki hayotda tejamkor bo'lsa , zinhor qashshoqlikka tushmaydi. Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zaxga mahkumdir.
Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning ( 1332–1 405 ) hissasi benihoya katta.Ibn Xoldun pulni xoʻjalik hayotining muhim unsuri deb hisobladi va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida oltin va kumush bajarishini ma'qulladi . Uning fikricha , pul " barcha sotib olinadigan " buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettiradi . U " mehnatning qiymatini " , ya'ni ish haqini tavsiflab , uning miqdori : birinchidan - " kishi mehnati miqdoriga " , ikkinchidan " boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o'rniga " va uchinchidan odamlarning unga ( mehnatga ) boʻlgan ehtiyojiga " bog'liq deb tasdiqladi .
" Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashkil etadi ” , deydi . Uning yozishicha , “ jamiyatning ahvoli , uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni oʻzlashtirishga boʻlgan ishtiyoqiga bogʻliq . Agar odamlar yashash vositalari toʻgʻrisida qaygʻurmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi - sotdi bo'lmaydi va odamlar oziq - ovqat qidirib , boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar”.
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda
shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz
yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata
boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda, davlat
asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy
xo`jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig`ini yig`ish
huquqini yo`qotgan emas. Shu sababli, Sharqda "davlat feodalizmi"ning
turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o`z aksini topdi. Iqlim
va turar-joy sharoiti tufayli, bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug`orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (G’arbiy Yevropa bilan solishtiring). Ba'zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning yo`qligi va buning asosiy sababi sun'iy sug`orish ekanligini aytadi. Yer bor bo`lgani bilan sug`orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug`orish inshootlari qurish, ta'mirlash jamoa ixtiyorida bo`lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo`lganmi, degan muammo hanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko`proq yerdan foydalanish huquqi bo`lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo`lmaydi. Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosi qur'oni karimda (arabcha qiroat, ya'ni o`qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da'vat kuchaydi. Bu harakat so`nggi din - Islomda o`z aksini topdi. Islom ta'limoti payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Qur’oni karimda mujassamlangan. Yagona to`g`ri din bo`lgan Islomdagi yo`l-yo`riqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo`lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o`rin berilgan. Qur'oni Karimdagi asosiy g`oyalardan biri barcha musulmonlarning qardoshligi bo`lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug`landi, barcha boylik shu asosda paydo bo`lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo`rlikni, ya'ni ribo' (sudxo`rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilishni katta gunoh degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi va yolg`on ishlatish, o`g`rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Alloh taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish (3-sura, 128- oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo`ychilik bilan shug`ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Qur'oni Karimdagi "Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar", degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng dolzarb masalaga aylangan). "Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar", kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli. Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring). Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug`ilgan, Fes sultonida hattot-kotib bo`lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo`lgan. Asosiy asari "Kitob-ulibar" ("Ibratli misollar kitobi"-1370y.). U birinchilardan bo`lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, G`arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko`r-satdi. Olimning konsepsiyasi "ijtimoiy tabiat" ga yaqin, jamiyat rivoji (evolutsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir. Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima "Ijtimoiy fikr" jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning "Kitobi avval" qismida "Inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning daromadlari" ni o`rganish asosiy vazifa qilib qo`yilgan. Olim: "Insonga xos bo`lgan jihatlarga yashash uchun mablag`, narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zarurati ham kiradi", deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo`linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa, "bozor munosabati ham barham topadi". "Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog`liqdir", deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o`ziga qaytib keladi. "Aholining boylik manbayini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi", deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy g`oyani qo`llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g`oya klassik maktab fikrlari bilan to`ldiriladi. "Savdogar moliga narx qo`yishda barcha sarf-xarajatlarni hisoblab narx yozadi". Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir. Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig`ish jamiyat tanazzumiga olib kelishi aytiladi. Ibn Xaldun dastlab birgalikda "ishlab chiqarish" faoliyatiga katta e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar "ishlab chiqaruvchilar" jamoasidan iborat deydi. U "Odamning kelib chiqishida mehnatning o`rni"ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita "mehnat unumdorligining o`sishi" bilan bog`liq deydi. "Oddiy" va "murakkab" mehnat farqlangan, mehnat bo`lmasa, buyum ham bo`lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida "zaruriy" va "qo`shimcha mahsulot", "zaruriy va qo`shimcha mehnat" tushunchalari farqlanadi. U "tovarning iste'mol qiymati" va "qiymat" tushunchalarini ta'rifladi. Zamon va makonda o`z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g`oyalarni berdi."Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi", "agar bu hunarmandchilik mahsuli bo`lsa - unga sarflangan mehnatiga teng", "daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o`rni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi". Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim. Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ket-gan. Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa hunarlarni o`z ichiga oladi: masalan, duradgor yog`ochdan ishlangan buyumlarni, to`quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talabtaklif)ga bog`liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo`tadil ushlab turish, farovanlik manbayi ekanligi ko`rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi. Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoh beriladi. Ibn Xaldun fikricha: "Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir". Shunisi diqqatga sazovorki, Ibn Xaldun (asli arab) tarix taqozosi bilan Amir Temur bilan Damashqda uchrashgan (asir tushgan) va u bilan suhbat qurgan. Ko`p sohalarda, jumladan iqtisodiyotga oid asarlar muallifi, katta domla ekanligini bilib qolgan Amir Temur Ibn Xaldunni asirlikdan qutqarib, o`z vataniga qaytishga va ijodiy ishini davom ettirishga imkon bergan. Bu olijanoblik ilmga bo`lgan hurmat ramzidir.
G’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar). Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - "Sali haqiqati", 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi Frank kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura ekanligini, ya'ni krepostnoylik munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. "Sali haqiqati" sinfiy differensiatsiyani ko`rsatdi. Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki "Villalar to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi qonun bo`lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to`g`risida gap yo`q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to`g`risida gapiriladi. Natural xo`jalikka asoslanganligi tufayli obrokning mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham natura shaklida bo`lishi, turli kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha mahsulotni chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi. Demak, o`z-o`zini ta'minlash birinchi o`ringa qo`yilgan. Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko`p olimlarni qiziqtiradi. Yerga monopoliya egaligi va dehqonlarni majbur qilish apparatining paydo bo`lishi hal qiluvchi rolni o`ynagan. Axir inson tug`ilgandan ozod bo`ladiku! Natural xo`jalik yetakchi bo`lsa ham, tovar ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, xalfa yollash, o`quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo`lish uchun ancha yuqori mulk tsenzi qo`yilgan. Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, avvalo keng mehnat taqsimoti bo`lgan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi. Bunda masalan, uy qurilsa, g`ishtni alohida sex ko`targan, suvoqchi, tom yopuvchi va hokazolar alohida ish yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat bor), agar ish sifatsiz bo`lsa, keyingi buyurtma boshqa sexga berilgan (umuman, sanoat rivoji muhim uch bosqichni bosib o`tadi: uy hunarmandchiligi, sexmanufaktura, fabrika).

Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling