Mavzu: Issiq suv ishlab chiqarish va binoni isitishga mo‘ljallangan gaz jihozlaridan foydalanish qoida va talablari. Reja


III.6-rasm. Issiq suv ta’minotining pastda joylashgan bak-akkumulyatorli sxemasi


Download 0.64 Mb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1331900
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
37-Mavzu

III.6-rasm. Issiq suv ta’minotining pastda joylashgan bak-akkumulyatorli sxemasi 1-akkumulyator; 2-havo chiqarib yuboruvchi; 3-sochiq quritgich; 4-quvvat nasosi; a-euchastkalar
Pastda joylashgan baklar suv tarqatishning eng yuqori nuqtasidagi suvning statik bosimi ostida bo‘ladi, shuning uchun ularda suvning deaeratsiyasi sodir bo‘lmaydi. Baklarda issiqlikning zahirasi suv tarqatishning kamayishi yoki to‘xtatilishida hosil bo‘ladi, nasos va suv isitgichning ish quvvati issiq suv ta’minoti yuklamasidan oshib ketgan holda. Bunday hollarda vodoprovod suvining berk tizimga oqib kelishi kamaytiriladi yoki to‘liq to‘xtatiladi, suv isitgichning to‘xtovsiz ishlashi esa tizimda issiqlik energiyasini oshirish uchun foydalaniladi.
Markaziy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti odatda 2-20 binoga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallaniladi. Guruhli isitgichlar (yopiq tizimlarda) va aralashtirgichlar (ochiq tizimlarda) markaziy issiqlik punktlarda issiqlik tarmoqlariga xuddi mahalliy issiqlik punktlaridagidek ulaniladi. Markaziy issiqlik punktidan issiq suv kvartal tarmoqlari bo‘yicha kvartalning har bir binosining mahalliy punktiga uzatiladi. Mahalliy issiqlik punktlarida esa binoning issiq suv ta’minoti boruvchi va sirkulyasion tirgaklar orqali markaziy issiqlik punktidan yotqizilgan quvurlarga ko‘p hollarda uyning erto‘la qismida ulanadi.
Issiq suvning markaziy issiqlik punktida guruhli tayyorlanishining afzalliklari bilan bir qatorda ko‘pgina kamchiliklari ham mavjud. Jiddiy kamchiliklarga issiq suv ta’minoti tizimining tirgaklarining markaziy issiqlik punktidan kelgan kvartal quvurlariga bevosita ulanishi kiradi. Bevosita ulaninish boruvchi va sirkulyasion quvurlar oralig‘ida tutashtiruvchi quvurlarning sonini ko‘payishiga olib keladi, bu hol issiq suvning binoda va binolar o‘rtasida tirgaklar bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga qiyinchilik tug‘diradi. Uzoo‘dagi va yaqindagi tutashtiruvchi quvurlardagi gidravlik qarshilik tengsizligi tufayli markaziy issiqlik punktidan binolarning uzoqlashgani sari tutashtiruvchi quvurlardagi suvning sarfi ko‘pincha ko‘p miqdorda kamayib ketadi. Issiq suvning har bir binoda hisobli sarfini tiklash uchun mahalliy issiqlik punktida qo‘shimcha rostlovchi armatura, misol uchun, sarf rostlagich, shaybalarni o‘rnatish talab qilinadi. Bu esa o‘z navbatida tizim ishlashi va xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borishini murakkablashtiradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling