Mavzu: Issiq va sovuq suv ta’minoti


Download 207.79 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi207.79 Kb.
#1516355
1   2   3   4
Bog'liq
SLAYD....

Hozirgi kun amaliyoti katta hajmli qozonxonalardan foydalanish har doim ham samarali emasligini ko’rsatmoqda. Barcha sohalar kabi issiqlik ta’minotida ham zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, uzoq masofada joylashgan turar-joylarni isitishda lokal tarmoqlardan foydalanish katta samara bermoqda. So’nggi yillarda shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli bir yoki bir nechta turar-joy binolari uchun alohida kichik qozonxonalardan foydalanish amaliyoti qo’llanilmoqda. Albatta, bunday lokal (mahalliy) isitish tizimiga o’tishdan oldin texnik-iqtisodiy imkoniyatlarni tahlil qilib ko’rish va real iqtisodiy samara berishiga ishonch hosil qilish lozim.

Maxsus muhandislikloyihalash xizmati tomonidan tahlil qilinmagan isitish tizimi doimo yuqori iqtisodiy samara beradi degan xulosaga kelish qiyin. Birinchidan, lokal tarmoq asosan gaz va elektr energiyasi quvvatida ishlaydi. Shahar hududidagi barcha turar-joylarda bunday yoqilg’i tarmog’i mavjud emas, ikkinchidan, turar-joy binosining joylashgan hududidan kelib chiqib, havoga chiqariladigan tutunlar ekologiyaga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin va buni e’tiborga olmaslik o’rinsiz bo’ladi. Binolarni isitishda qanday tizimdan foydalanishdan qat’iy nazar, yoqilg’ini tejovchi va foydali ish koeffistienti yuqori bo’lgan (yoqilg’ini yonish jarayonida hosil bo’layotgan issiqlikni maksimal darajada isitish tizimidagi suvga o’tkazib beruvchi) qozonxonalardan foydalanishgina issiqlik quvvati tannarxini arzonlashishiga olib keladi.

3.Suv bilan ta’minlash – turli toifadagi iste’molchilar - aholi, sanoat korxonalari, qurilish, transport va x.k sohalarini suv bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar yig’indisi. Suv bilan ta’minlash vazifalarini amalga oshiruvchi muhandislik inshootlari kompleksi suv ta’minoti tizimi yoki vodoprovod deyiladi. Xizmat ko’rsatiladigan obyektlarning tayinlanganligiga qarab vodoprovodlar kommunal yoki ishlab chiqarish (sanoat yoki qishloq xo’jaligi) vodoprovodlariga bo’linadi. Suvni eng ko’p iste’mol qiluvchilar – metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash korxonalari hisoblanadi. Suv bilan ta’minlash uchun suvning tabiiy manbalaridan foydalaniladi: bularga yerni yuzasida joylashgan ochiq suv havzalari (dengizlar, daryolar, suv omborlari, ko’llar) va yer ostida joylashgan (artezian suvlari, yer osti suvlari, buloqlar) yopiq suvlar kiradi.


Download 207.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling