Mavzu: Issiq va sovuq suv ta’minoti


Download 207.79 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi207.79 Kb.
#1516355
1   2   3   4
Bog'liq
SLAYD....

Tabiiy manbalardan suv olish, ularni tozalash va iste’molchiga yetkazishda quyidagi moslamalardan foydalaniladi: - suv tortuvchi (qabul qiluvchi) inshootlar; - I va II bosqich nasos stansiyalari; - vodovodlar va vodoprovod tarmoqlari. Suv ta’minotining umumiy sxemasi aniq sharoitlarga qarab ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Masalan, agarda manba suvi tozalanishi kerak bo’lmasa, unda suvni tozalash bilan bog’liq inshootlar sxemadan chiqariladi. Agarda suv manbasi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lsa, u holda suvni tortib chiqaradigan nasoslarga xojat qolmaydi. Suv bosimi hosil qiladigan minora va suv rezervuarlari (xovuzlar) joyning relefiga qarab joylashtiriladi. Suv olish qurilmalari suv manbasini turiga va mahalliy sharoitlarga qarab turli moslamalarga ega bo’ladi.

Buloq suvlari buloq suvini quvur ichiga tortib olish inshootlari yordamida to’planadi. Ular odatda buloq suv chiqadigan yerga yaqin joyga quriladi. Yer osti manbalaridan olinadigan suv odatda markazdan qochirma nasos yordamida tortib olinadi. Yer ostiga tushiriladigan nasoslar ham samarali hisoblanadi. Ular elektr dvigateli bilan birga suv ostiga tushiriladi Yer osti suvlaridan suv oluvchi shahar vodoprovodlari uchun odatda quduqlar quriladi. Quduqlardagi suvlar suv to’playdigan rezervuarda yig’iladi va u yerdan nasos stansiyalariga uzatiladi. Shaxtali quduqlar yer osti suvlari nisbatan chuqur bo’lmagan yerlarda qo’llaniladi. Shaharlar va aholi yashaydigan punktlardagi suv to’plovchi inshootlar sanitar himoya zonasiga kiritiladi.

XULOSA Shaharsozlikda jamoat binolarini, sanoat binolarini, fuqarolik binolari xususan turar joy binolarini suv bilan ta’minlash asosiy masalalardan biridir. Bu borada ayniqsa aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash juda muhim sanaladi. Suv bilan ta’minlash uchun asosan tabiiy suv manbalaridan foydalanamiz. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun esa yer osti suvlaridan foydalaniladi. Samarqand shahrini suv bilan ta’minlash uchun Zarafshon daryosi asosiy manba hisoblanadi. So‘nggi yillarda dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham suv bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda, bunga misol sifatida yer osti suvlarining sezilarli darajada pasayganini keltirish mumkin. Shaharlarda aholi sonining ko‘payishi bilan toza ichimlik suviga bo‘lgan talab ham oshib boraveradi. Bu esa biz shaharsozlarning mas‘uliyatini yanada oshiradi. Bu borada biz ilg‘or va zamonaviy, imkon qadar suvtejamkor texnologiyalardan, sifatli suv tozalash inshootlaridan foydalanishimiz kerak. Zero zamonaviy shaharlar albatta zamonaviy shaharsozlikning barcha prinsiplari asosida qurilmog‘i lozim!

Foydalanilgan adabiyotlar

  • M.X. Xolmurodov, K.D. Abdullayeva, N.Z.Tolipova “Uy-joy kommunal xo’jaligi va servis asoslari” o‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2017.
  • D.I.Xalikovich “Uy-joy kommunal xo‘jaligi va servis asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2019.
  • www.arxiv.uz sayti.

Download 207.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling