Mavzu; Issiqlik dvigatellari Reja
Download 20.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu; Issiqlik mashinalari. Reja
Sovitkichlar. Yuqorida qayd etilganidek, sovitkichlar teskari sikl prinsipida ishlaydi
(7- rasm). Ish bajarish hisobiga sistemadan ma'lum miqdordagi issiqlik miqdori olinadi. Boshqacha aytganda, issiqlik miqdori sovuqroq jismdan issiqroq jismga o'tkaziladi va mashina sovitgichga aylanadi (8- rasm). Eng keng tarqalgan sovitish mashinasi, bu xo'jalik muzlatkichidir. Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi. Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich vazifasini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitgich vazifasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi kondensator bajaradi. Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi. Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi lshlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa iimosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil to'xtalamiz. Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko'raylik . Tashqi kuchlar ta’sirida porshen pastga qarab harakatlanganda ), kiritish klapani ochilib, ishchi aralashma silindrga, tushadi. Download 20.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling