Mavzu; Issiqlik dvigatellari va sovutkich mashinalari. Karno sikli. Termodinamikaning II qonuni


Issiqlik dvigatellarining ishlash printsipi


Download 27.76 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi27.76 Kb.
#1354607
1   2   3   4
Bog'liq
Boshqa tilda oʻqish

Issiqlik dvigatellarining ishlash printsipi 
Issiqlik dvigatellari turlarining xar  xilligiga qarimasdan, ularning ishlash 
printsipi umumiy belgilarga ega dvigatellarning ishlashida quyidagi umumiy 
belgilarini ajratish mumkin: 
a) istalgan issiqlik dvigatelida yonilg’ining energiyasi mexanik energiyaga 
aylanadi. Bunda yonilgining energiyasi yuqori temperaturagacha isitilgan gaz yoki 
bug’ning ichki energiyasiga aylanadi.
b) issiqlik dvigatelining uchun turli temperaturali ikkita jism bo’lishi shart (5-rasm). Ular isitkich va sovitkich deb ataladi.
Bulardan tashqari, ishchi jism (bug’ yoki gaz) zarur. Issiqlik dvigatelining ishlash 
jarayonida ishchi jism isitkichdan biror 1 miqdordagi issiqlik miqdori oladi va 
uning bir qismini mexanik energiyaga aylantiradi, qolgan issiqlikning 2 qismini 
esa sovitkichga yoradi. Energiyaning aylanish va saqlanish qonuniga binoan: 
Q1= Q2+ A; 
v) istalgan issiqlik dvigatelining ishlashi ishchi jism xolatining o’zgarishining 

takrorlanuvchi sikllaridan iborat. Xar bir sikl turli jarayonlardan: isitkichdan 
energiya olish (ishchi jismni kengayishi va u olgan energiyaning bir qismini 
mexanik energiyaga aylantirish) va nixoyat, energiyaning foydalanilmagan qismini 
sovitkichga uzatishdan iborat. 
Karno sikli. Kamo sikli ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan tashkil 
topgan (6- rasm). 1 — 2 jarayonda ideal gaz isitkich olingan issiqlik miqdori (Q
1hisobiga izotermik kengayib, ish bajaradi. T= const bo'lganidan gazning ichki energiyasi o'zgarmaydi.
2,3 jarayonda gaz adiabatik kengayib, ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. Chunki 
bu jarayonda gaz issiqlik miqdori olmaydi. 3—4 izotermik siqilishda ajraladigan 
barcha Q2 issiqlik miqdori sovitgichga uzatilib, ichki energiya o'zgarmaydi.

4— 1 adiabatik siqilishda bajangan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi. 
Shunday qilib, ideal gaz o'zining dastlabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini
tilklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan Q1 issiqlik miqdorini oladi va sovitgichga 

Q2 issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq,

(Q1— Q2 issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va sikl o'rab turgan yuzaga teng. 


Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Issiqlik mashinasining yoki Karno 
siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka aytiladi: 

Demak, issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog'liq bo'lmay, balki 



isitkichning va sovitgichning temperaturalari bilangina aniqlanadi. 
(1) ifodadan yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1) issiqlik mashinasining FIK ni ko'tarish uchun isitkichning temperaturasini oshirish, 
sovitgichning temperaturasini esa pasaytirish kerak; 
2) issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo'ladi. 

Bugungi kunda muhandislarning barcha harakatlari issiqlik mashinalarining FIK ni 
orttirishga qaratilgan. Buning uchun esa mashina qismlari orasidagi ishqalanishni, 
yoqilg'i to'la yonmasligi natijasidagi yo'qotishlarni kamaytirish yo'llarini izlamoq 
darkor. Hozirgi paytdа issiqlik mashinalarining FIK 40% ni tashkil qiladi. 

Download 27.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling