Dastlabki davrda issiqxonada tomorqa xoʻjaligi yuritiladigan boʻlsa oila aʼzolari bilan birgalikda hosil yigʻib olish va sotish ishlari amalga oshirilishi mumkin. Agar yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa unda qoʻl ostida 4 tagacha xodimni ish bilan taʼminlashi mumkin. Meva-sabzavotlar yetishguncha nazorat ishlari uchun issiqxona maydoniga qarab 2 ta ishchini yollash mumkin. Mevalar yetilgach hosil miqdoriga qarab doimiy va kunlik shartnoma asosida ishlovchi xizmatchilarni jalb qilish mumkin boʻladi.
Ularning mehnat haqini kelishilgan usulda mahsulotning oʻzi yoki naqd koʻrinishida toʻlash mumkin.
Xulosa
Issiqxona biznesini tashkil etish orqali siz nafaqat daromadga ega boʻlasiz, balki bu biznesni kengaytirish borasida tajriba ham orttirasiz. Eng muhimi, yurtimiz bozorlarida bu yoʻnalishga talab katta. Boshlanishiga maʼlum yoʻnalishdagi mahsulotlarni, keyinchalik esa noyob turdagi isteʼmol mahsulotlarini ham yetishtirishingiz mumkin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |