Mavzu: issiqxonalar tizimida geotermal
Download 1.82 Mb.
|
Mavzu issiqxonalar tizimida geotermal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipertermalli mintaqa
- Normalli mintaq
- Gidrotermal va bug‘termal manbalar
- Issiq quruq tog‘ jinslarining issiqlik miqdori
Sun’iy о‘ta qizdirish usulida issiqlik qotgan lavani yoki yarim erigan magmani sovutish yо‘li bilan olinadi.
Quruq tog‘ jinslarini sovutish usulida issiq tog‘ jinslarida sun’iy yorilishlar hosil qilinadi va ular orqali qizdiriladigan suv haydaladi. Yer qobig‘ining tuzilishida anomaliyalar bо‘lganligi sababli Yer sirtida geotermal issiqlik oqimlari har xil bо‘ladi. Shuning uchun geotermal mintaqalar uchta sinfga ajratiladi: 1) Gipertermalli mintaqa - temperatura gradiyeti 80 oS/km dan ortiq. Geyzerlar, issiq bulog‘li manbalar, geotermal aktiv mintaqalardir. Isitish, issiq suv ta’minoti va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali usul ishlatiladi. 2) Yarim termalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40...80 oS/km. Vulkanli aktivlikga ega bо‘lgan mintaqalar. Isitish va issiq suv ta’minoti uchun tabiiy gidrotermal sirkulyatsiyali va quruq tog‘ jinslarini sovutish usullari ishlatiladi. 3) Normalli mintaqa - temperatura gradiyeti 40 oS/km dan kam. Bunday mintaqalarda Yer bag‘ridagi issiqlikdan foydalanish iqtisod jihatdan foydasizdir. Giper- va yarim geotermalli mintaqalar Rossiya, AQSH, Italiya, Islandiya, Meksika, Yaponiya, Salvador, Filippin, Yangi Zelandiya davlatlarida mavjud. Geotermal energiya manbalari gidrotermal yoki bug‘termal va petrotermik manbalarga bо‘linadi. Gidrotermal va bug‘termal manbalar 300...350 oS temperaturali issiq suv yoki bug‘larning tabiiy Yer osti zaxiralaridan iborat. Bunday manbalar gipertermalli va yarim termalli mintaqalarda joylashgan bо‘ladi. Petrotermik manbalar quruq tog‘ jinslarining issiqliklariga asoslangan. Bunday manbalarni amalda barcha mintaqalarda topish mumkin. Lekin bunday manbalarni о‘zlashtirish issiq qatlamlarning yotish chuqurligi va quduqni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari bilan aniqlanadi. Issiq quruq tog‘ jinslarining issiqlik miqdori. Bir jinsli massivda konveksiya bо‘lmaganda, chuqurlikning ortishi bilan temperatura chiziqli о‘sib boradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling