Mavzu: ittir ni tashkil qilish va loyihalashtirish


Innovatsion tashkilotning patent litsenziyali faoliyati


Download 1.26 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403275
1   2   3
Bog'liq
ITTIRni tashkil qilish va loyihalashtirish

Innovatsion tashkilotning patent litsenziyali faoliyati
Xalqaro darajadagi aqliy mulkni huquqiy tartibga solishni vujudga kelishini Sanoat mulkini muhofaza qilish, patentlar, tovar nomlaridan foydalanish, shu jumladan ulardan noqonuniy foydalanilganlik uchun jazolash bo’yicha tadbirlar Parij konventsiyasi (1883y) bog’laydilar. Sotsial va madaniy huquqlar bo’yicha xalqaro paktda beglilab berilgan. Bizning davlatimiz kashfiyotga mamlakat ustuvorligini himoyalanishini ta’minlash maqsadida Parij konventsiyasiga qo’shilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston qonunchilik bu sohadagi ko’pgina xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmuni va yo’nalishini aks ettiradi.
Patent – bu mualliflikning tasdiqlovchi va uning egasiga kashfiyotga favqulodda huquq beruvchi hujjatdir. Buning ostida hech kimni kashfiyotdan patentning egasisiz foydalanishi mumkin emasligi ko’zda tutiladi. Mohiyati bo’yicha, patent – bu sanoatning namunasi yoki tovar belgisini ro’yxatga olinishi bilan mustahkamlangan kashfiyotga mulk egasining unvonidir. Bu holda kashfiyotdan foydalanishga rozilik qisman foydalanishga litsenziyani topshirish (sotish) yoki patent huquqlarini to’liq topshirish yo’li bilan aks ettiriladi.
Kashfiyotga patent ariza kelib tushgan sanadan boshlab 20 yil davomida amalda bo’ladi foydali modelga guvohnoma 5 yil davomida davomida amalda bo’ladi. Patent egasining iltimosiga ko’ra u 3 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Sanoat namunasiga patent 10 yil davomida amalda bo’ladi va yana 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Litsenziyalashtirish texnologiyalar bilan savdoning, o’z ichiga patentlar, litsenziyalar,
nou-xaular bilan bitimlarni oluvchi, asosiy shakllarining biridan iboratdir.
Litsenziya alohida shaxslar yoki tashkilotlarga patent bilan himoyalangan kashfiyot, texnik vazifalar, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik sirlari, tovar belgisi va h.k.dan foydalanishga ruxsatdan iboratdir. Litsenziyani berish tijorat operatsiyasi bo’lib, patent egasi (litsenzar) o’zining kontragenti (litsenziati)ga patentlar, nou-xau, tovar belgilari va h.k.ga o’z huquqlarining belgilangan doirasida foydalanishga litsenziya beradi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling