Mavzu: ittir ni tashkil qilish va loyihalashtirish


Innovatsion loyihalashtirishning asoslari


Download 1.26 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403275
1   2   3
Bog'liq
ITTIRni tashkil qilish va loyihalashtirish

Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi kontseptsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu kontseptsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq dastlabki holatini o’lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o’zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu kontseptsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo’llanilishida o’z aksini topgan.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik yechimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur tatbirlarning to’liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo’nalishlari bo’yicha yetakchi mutaxassislar kiradilar.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo’yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga bo’linishlari mumkin.
Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish
Innovatsion loyihalarning ekpertizasi – quyidagilarni majmuaviy tekshirish va nazorat qilish tadbirlaridir:
a) loyiha tarkibiga va innovatsion menejment tarkibiga kiruvchi me’yoriy – uslubiy, loyiha – konstruktorlik va boshqa hujjatlar tizimining sifati; b) loyiha rahbari va uning jamoasining kasbiy mahorati; v) innovatsion tashkilotning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati, raqobatbardoshligi; g) bajarilgan hisob – kitoblarning ishonchligi, xatarning darajasi va loyihaning samaradorligi; d) loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmining sifatlari, qo’yilgan maqsadlarga erishish.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilot (IQTT)ning tavsiyalariga muvofiq innovatsion loyihalarning ekpertizasini quyidagi tamoyillar asosida o’tkazish kerak:
Ekspertiza natijalari, mutaxassislarni tanlash bo’yicha munozarali vaziyatlarda hakamlik rolini bajaruvchi, uni o’tkazuvchi tadqiqotlarning mustaqil guruhini mavjudligi;
Tadqiqotlar sohasidagi faoliyatda qo’shimcha qiymatini hisoblashda yangilik kiritishlar ishlab chiqarishning sifatida ko’rib chiqiladi;
Nazarda tutilayotgan samaradorlikni belgilash imkoniyat va nazorat qilish uchun vaqtga ega bo’lish uchun o’rta muddatli istiqbolda xarajatlarni oldindan bashoratlash va rejalashtirishni o’tkazish;
Nazorat qilish usullari davlat darajasidagi ilmiy-texnik siyosatga rahbarlik qilishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog’langan bo’lishi kerak.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling