Mavzu: ittir ni tashkil qilish va loyihalashtirish


Download 1.26 Mb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403275
  1   2   3
Bog'liq
ITTIRni tashkil qilish va loyihalashtirish


MAVZU:ITTIR NI TASHKIL QILISH VA LOYIHALASHTIRISH.
REJA:
1.ITTIRning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
2.Innovatsion tashkilotning patent-litsenziyali faoliyati
3.Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
4.Innovatsion loyihalarning ekspertizasi.
ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    • tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo’llashning yangi sohalari:
    • ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tekshirish;
    • yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish.

Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish resurslardan foydalanishning samaradorligi, tashkilotlarning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini oshirishga imkon beradi:
ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejmentning avvaliroq ko’rib chiqilgan ilmiy yondashishlari, tamoyillari, vazifalari, usullarini bajarilishi. Ilmiy menejmentning qo’llaniladigan tarkibiy qismlarining miqdori boshqaruv ob’ektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish. ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga bo’linadilar:
    • fundamental tadqiqotlar (nazariy va izlanishli);
    • amaliy tadqiqotlar;
    • tajriba – konstruktorlik ishlari;
    • tajriba, eksperimental ishlar, ular o’tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari mumkin.

Yangi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishni o’zlashtirilishi ITTKI ning yakunlovchi bosqichi bo’ladi.
ITTKI natijalarini tadbiq etishning quyidagi darajalari (sohalari) ni ko’rib chiqish kerak:
ITI natijalaridan yakunlangan ITI ning rivojlanishi bo’lgan yoki fan va texnikaning boshqa muammolari va yo’nalishlari doirasida bajarilayotgan boshqa ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlarda foydalanish.
ITTKI natijalaridan eksperimental namunalar va laboratoriya jarayonlarida foydalanish.
TKI va eksperimental ishlar natijalarini tajribali ishlab chiqarishda o’zlashtirish.
ITTKI va tajribali namunalar sinovlari natijalarini seriyali ishlab chiqarishda o’zlashtirish.
Texnik yangiliklarni ishlab chiqarishga keng ko’lamda tarqatish va bozor (iste’molchilar)ni tayyor mahsulotlar bilan to’ldirish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling