Mavzu: O’rta osiyolik qadimgi olimlarning qurgan mashinalari


Download 0.63 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1021838
Bog'liq
orta osiyo mashinalari nazariy mexanika

Mavzu: O’rta osiyolik qadimgi olimlarning qurgan mashinalari.

Reja:

  • Mexanika tarixidan qisqacha ma’lumot.
  • Qo'l mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan mexanizmlar.

Bajardi: 85-21 YESKBIT guruhi talabasi
Hayot - tabiatning insonga betakror in’omi, lekin u quvonch, baxt keltirishi uchun, mehnat qilishni, jismoniy mehnatni yengillashtirish, uning an’anaviy shakllarini takomillashtirishni o‘rganish lozim. Buning uchun esa o‘ylash va fikrlashni, izlanishni va yangilikning yaratilishini, ya’ni m a’lum bir ilm-fanga asoslangan mukammal bilimni talab etadi. Ilm-fan deb, tabiat va jamiyat rivojlanishining va uni o‘rab turgan dunyoga ta ’sir etish qonuniyatini ochib beradigan bilimlar sistemasiga aytiladi. Ilm-fan izlanishining natijasini hayotga amaliy tadbig‘i sifatida yaratilgan ishlab chiqarish qurollari, jihozlari tushuniladi. Texnika deb, ishlab chiqarishda tadbiq etiladigan va uni boshqarishda qatnashadigan mehnat qurollari, jihozlari tushuniladi. Ilmfanning ilg‘or natijalarini ko‘plab ishlab chiqarishga tadbiq etilishida texnika takomillashadi. Buning asosida esa ilmiy-texnika taraqqiyoti kelib chiqadi
Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan odamlar daryo sohillarida dehqonchilik qilishgan, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, sug‘orish inshootlari, turli tuman qurilish inshootlarini qurish bilan shug‘ullanganlar, yigiruvchilik, to‘quvchilik, kulolchilik qilgan, ma'danlar qazib metall eritishni o‘rganib olganlar, zargarlik bilan shug‘ullanganlar, yo‘l qurganlar, osmon yoritgichlarining sirli harakatlari va yulduzlaming harakat qonunlarini o‘rganganlar. Bular asosida astronomiya, matematika, tibbiyot, me'morchilik asoslari paydo boigan.
O‘zbekiston hududida juda qadim zamondan mehnat qurollari va vositalar, xususan ot-arava, suv tegirmoni, charxipalak (chig‘ir), to‘quv dastgohlari va hokazolardan foydalanib kelingan.
Bular esa mexanika (yunoncha: mechanike - mashina, qurol, inshoot) fanining rivojlanishi asosida yaratildi va sug‘orish, qurilish, to ‘quvchilik, kulolchilik, m e’morchilik va boshqa sohalarda qo‘llanildi. IX-XV asrlarda aka-uka Banu Musolar, Sobiy ibn Qurra, Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xaziniy, al-Xoriniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalaming asarlarida moddiy jismlaming mexanik harakati haqidagi ta’limot va amaliy ishlar yoritilgan.
IX-XI asrlarda 0 ‘rta Osiyo Sharqning ilmiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi, bu yerda akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar tashkil etilgan. Xomn ar-Rashid hukmronligi davrida (786-809 y.) «Bayt ul-Hikmat» («Donishmandlar uyi»)ga asos solindi, halifa M a’mun davrida (813-833 y.) bu akademiya yanada rivojlandi. 0 ‘rta Osiyolik buyuk olimlar Muso al-Xorazmiy va Muhammad al-Farg‘oniy o‘z tadqiqotlarini shu akademiyada olib borganlar.
M a’lumki [12], 0 ‘rta Osiyo olimlari tomonidan ko‘rinishi oddiy, tuzilishi sodda mexanizmlar yaratilgan. Abdul Abbos Ahmad ibn Muhammad Qasir al-Farg‘oniy tomonidan mexanik kalendar, burchaklami o‘lchash asboblari; Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning «Aql mezoni» asarida mexanikadagi oddiy sistemalar - chig‘irlar, richaglar, bloklar, vintlar vaponalardan tuzilgan mexanizmlaming ishlash prinsiplari bayon etilgan. Ibn Sino harakatlanuvchi jismga qo‘yilgan kuch yo‘qolmasligini va harakatga biror qarshilik bo‘lmasa, harakatning cheksiz uzoq vaqt sodir bo‘lishi kerakligini aytgan edi.
O‘rta asrlarda detallarni chizishda qo'llanilgan chizmachilik asboblari
Abu Y usuf al-Xorazmiyning (X-asr) «Ilmlaming kaliti» nomli kitobi, Ismoil al-Jazoiming (XII-XITI asr) «Muhandislik mexanikasini bilish» kitobi va Muhammad al-Xurosonning «Suv g‘ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarishni amalga oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar» traktatlari e’tiborga sazovordir.
O‘rta asrlarda ilmiy-texnika taraqqiyotining ilg‘or rayonlari qatoriga Yaqin Sharq, 0 ‘rta va Janubiy Osiyo mamlakatlari kirgan. X1II-XIV asrlarda ixtiro va yangilikni yaratilishi G ‘arbiy Evropada yildan-yilga oshib borgan. Buning natijasida Evropada nafaqat yetuk texnik xodimlar shakllana boshladi, balki ustolar - harbiy, qurilish, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va hokazo sohalarda mutaxassislar «injener»lar paydo bo‘la boshlaydi. «Injener» so‘zi XIII-XIV asrlarda G ‘arbiy Evropa mamlakatlarining tillarida (terminida) paydo bo‘ldi. «Injener» so‘zi lotincha «ingenium» (ingenium) so‘zidan kelib chiqib, «tug‘ma qobiliyat» degan birlamchi m a’noni, keyinroq esa «aql, o‘tkirlik, yaratuvchanlibmi bildiradi. «Injener» so‘zi XVII-asrda fransuz va nemis tillaridan Rossiyaga kirib keladi.
Mehnat jarayonida qo‘l instrumentlarining assortimenti kengaydi, energiya manbai sifatida hayvon kuchidan (asosan ot), shamol kuchi (IX-X asrlardan), suv kuchidan foydalanish boshlanadi. XIII-XV asrlardan cho‘yan quyish va temir olish o‘rganiladi, transport, kemasozlik rivojlanadi. Bulaming hammasi texnika taraqqiyotiga asos soladi.
Darvozani ochish uchun ishlatiladigan mexanizmlarning sxemasi
Vintli mexanizmlami qo‘llash uskunalari
Xl-asrda Urganch shahrida xorazmshoh Abulabbos ibn M a’mun «Bilimlar uyi» - «akademiya» tashkil etadi. Bu yerda buyuk mutafakkirlar Ibn Sino, Beruniy va boshqa bir qancha olimlar o‘z izlanishlarini olib borganlar.
Urganchdagi kabi akademiyalar Marv, Buxoro, Xo‘jand va boshqa shaharlarda ham tashkil etiladi. XV asrda Mirzo Ulug‘bek Samarqandda akademiya tashkil etadi. Uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va oliy o‘quv yurti - madrasa bor edi. Ulug‘bek akademiyasida mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy va Ali-Qushchi xizmat qilganlar. Qozizoda Rumiy bilan al-Koshiy Ulug‘bek rasadxonasining qurilishiga rahbarlik qilganlar. XVI-XVIII asrlarda ilmga qiziqish kuchaydi, bu davrda kasb-hunar rivojlandi, to‘qimachimlik dastgohlari yasaldi, to Lg Lon va ko‘priklar qurildi, binolar qad ko‘tardi. Bulami amalga oshirish uchun m a’lum bilimlar talab qilinar edi. Masalan, bino qurish uchun joy tanlash, bino tarxini tuzish, poydevorini hisoblash, gumbazlar shakli chizmasini chizish, matematika, geodeziya, chizmachilikka oid bilimlar talab qilinardi. 0 ‘zbekistondagi birinchi ilmiy muassasa - Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi 1873-yil tashkil qilingan. 0 ‘lkani ilmiy jihatdan har tomonlama o‘rganish boshlanadi, buning uchun birin-ketin turli sohadagi ilm o‘choqlari tashkil qilina boshlaydi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling