Mavzu: IX-XII asrlarda Movarounnahrda yer-suv munosabatlari Reja: Movarounnahrda yer-suv munosabatlari


Download 87 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi87 Kb.
#1467493
1   2   3
Bog'liq
IX-XII asrlarda Movarounnahrda yer-suv munosabatlari

Hofizu Abruning guvohlik berishicha A.Temur Xurosondagi Murg‘ob daryosi (hozirda Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridan oqadigan daryo) vodiysida obodonchilik va dehqonchilik xarob ahvolga tushib qolganini ko‘rib daryodan yigirmata kanal qazib suv chiqarishni buyuradi.
Shu tariqa deb yozadi tarixchi, vodiyda bunyodkorlik va dehqonchilik sohalariga asos solindi. Bu kanallar Dilkusho, Ganjravon, Darband, Ganjxona, Umar Tobon, Oqbug‘o, Qutlug‘-xotun, Shayx Abu Said, Shayx Ali, Davlatshoh Jondor, Guli Mog‘on, Qilqamur, (Qutlug‘ Temur), Hasan Jondor, Amir Alovuddin, Sunjadak, Navro‘z, Navbaxton, Menglixoja, Kepakchi va Ali Malik kanallari. Yuqorida tilga olingan Qutlug‘-xotun kanali aftidan A.Temurning opasi Qutlug‘ Turkon Og‘o nomiga berilgan bo‘lishi mumkin. A.Temurning Ozarboyjonda ham suniy sug‘orish ishlariga ahamiyat berganini bilamiz. Qorabog‘da bo‘lib turgan paytida sohibqiron o‘sha atrofda uzunligi oltmish-yetmish kilometr keladigan Barlos kanalini qazitgani haqida guvohliklar bor.
Boshqa bir gal uning buyrug‘i bilan 35-40 km. uzunlikdagi Bayloqon kanali qaziladi. Ushbu tadbirlar natijasida yerlarga suv chiqib sahro va xarobalar o‘rnida ekinzorlar, bog‘-rog‘lar, qishloqlar qad ko‘targani manbalarda aniq yozilgan. A.Temurning Kobuldan nariroqda oqadigan G‘urbon daryosidan 30–35 km uzunlikda kanal chiqargani va Jo‘yi Mohigir va Jo‘yi nav nomlari bilan mashhur bo‘lgani, bu atrofda obodonchilik yuzaga kelgani ham malum. Bu vodiylardagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga keyingi davrlarda ham etibor susaymaganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv shahri oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, tamirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganini yaxshi bilamiz.
Manbalarda aytilishicha, shahar atrofi o‘sha paytlarda Samarqandning eng go‘zal va eng hashamatli qismi hisoblangan. Bu yerda bir yarim ikki chaqirimgacha cho‘zilgan bog‘lar va ulardagi saroylardan tashqari Arkoni davlatning o‘yin-kulgi qiladigan maxsus joylari bo‘lgan. Butun XV asr davomida yer va mulkchilikning asosiy to‘rt shakldagi «mulki devoniy», davlat yerlari madrasa va ibodatxonalar ixtiyoridagi yerlar va «jamoa yerlari» bo‘lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qiladi. Temuriylar davrida davlat yerlarini “suyurg‘ol” tarzida in’om qilish keng tarqaldi. Suyurg‘ol yerlari hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlarga bo‘lingan.
Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg‘ol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Temuriylar davrida ham markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaganlarni jazolashgan. Masalan, Shohruh 1414 yilda Mirzo Iskandarni, 1415 yilda Mirzo Boyqaroni suyurg‘ollardan mahrum qilgan edi.
Vodiydagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga temuriylar davrida ham e’tibor susaymaganligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, ta’mirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganligi tarixdan ma’lum. Temur va temuriylar davrida ham sun’iy sug‘orish ishlariga katta e’tibor berilgan. Shu bilan birga lalmikor yerlar imkoniyatlaridan ham unumli foydalanishga harakat qilingan. “Tuzuklar” da ta’kidlanishicha, lalmikor yerlar jariblarga (gektar) bo‘linib, yig‘ib olingan hosilning 3/1 yoki 4/1 qismi soliq sifatida to‘langan.
Dehqonchilik maydonlarining kattagina qismi «mulk» xususiy yerlardan iborat edi. Yirik mulkdorlarning mayda paykallari ham xususiy mulk yerlari qatoriga kirgan. Mulk yerlarning katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo‘lgan. Masalan, XV asrning ikkinchi yarmida yashagan yirik mulkdorlardan Xoja Ahrorning 1300 taga yaqin yer-mulki bo‘lgan. Bu mulklarning ayrimlari 300 qo‘shga teng bo‘lgan.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmat uchun tarxonlik yorlig‘i odatda amirlar, beklar, Saroy amaldorlari, sayidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga «tarxon» so‘zi qo‘shib aytilgan. Tarxonlarning ko‘pchiligi juda boy bo‘lgan. Temuriylar hukmronligining so‘nggi davrida Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa viloyatlarning dehqonlaridan hamda shahar aholisidan yig‘iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qo‘lida to‘plangan edi. Movarounnahrda ular g‘oyat katta kuchga aylangan edi. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p yer va suv, masjid, madrasa, xonaqox, maqbara va mozorlarga biriktirilib bunday yerlar «mulki vaqf» deb atalgan.
XV asrda Mavarounnahr va Xurosonda yer egalari «dehqon» ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni «muzoriy» deb yuritilgan. Muzoriy ya’ni ziroatchilar qishloqning mehnatkash tabaqasi bo‘lib, ular to‘rt guruhga bo‘lingan:
1. Davlat yerlarida yashovchi muzoriylar.
2. Mulkdorlarning yerlarini ishlovchi muzoriylar.
3. O‘z yeriga ega bo‘lgan dehqonlar.
4. Vaqf mulklarida yashovchi muzoriylar.
Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yollanma ziroatchilar bo‘lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan olgan hissasi yer egalarining yerdan tashqari urug‘lik, omoch, ho‘kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishidan qat’iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‘lar va majburiyatlarni o‘tar edi. Sug‘orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq «xiroj» deb atalgan.
Temuriylardan yana biri Z.M.Bobur o‘zining “Mubayyin” nomli asarida o‘zining davlatidagi zakot mollarini 4 ga bo‘lganini yozadi. Bular:
Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling