Mehnat, kapital va yeming mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o‘tilgan). Hoziigi davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog‘laydilar.XIX asming boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj topdi. Mehnat — ish haqi, kapital — foyda, yer — renta: shu uch o‘zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta’limotida muhim o‘rin egal- laydi. Uning qiymat va daromadlar to‘g‘risidagi ta’limoti o'ziga xos ravishda hal etildi.
Klassik maktabdan farqU ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, uningfoydaliligi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, «Foydalilik nazariyasi»ga
asos solindi. Bu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi. «Qimmat foydalilik o‘lchovidir», - deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarf-
langan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |