Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish


Download 115.31 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi115.31 Kb.
#1559381
  1   2   3
Bog'liq
14 Mavzu Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish


Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

Reja:


Kirish

  1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati.

  2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.

  3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati.

Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud. Ularni bartaraf qilish muammosi Prezidentimiz Islom Karimovning diqqate’tiborida bо‘lib kelmoqda. Yurtboshimizning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviymafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. «Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki, yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi»
Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan. Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimidir.
Demak, insonda birinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish lozim. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. “Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr tamoyilining mazmunidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning otaona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir»
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi
Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usuli va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qо‘llaniladi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan, eski zamonlardan qolib ketayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq sо‘z yuritishimiz zarur. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch о‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qо‘rqituv, zо‘rlik yо‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yо‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asosiy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urg‘u-aymoqchilik, ekologik muammolar, “ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bо‘layotir. Ayniqsa о‘rta asr xalifaligini qayta о‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy-g‘oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bо‘lib turibdi. О‘ziga xos ma’naviy tahdidlardan yana biri «ommaviy madaniyat» hodisasi hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» – bir guruh shaxslar tomonidan о‘ylab topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat madaniyatiga daxli bо‘lmagan g‘oyalar, odamlar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida haqiqat va xolislikdan yiroq bо‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni kо‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmasligi va hech kimning obrо‘siga obrо‘ qо‘shmasligini ta’kidlab о‘tar ekan, bu haqda shunday degan edi: “Kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо‘ng jamiyatda paydo bо‘lgan g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yot g‘oyaga qarshi biz о‘z olijanob g‘oyamizda maktablarimizda, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bо‘lgan zararli intilishlarga, xuruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar erkin fikrlarini aytishga о‘rganishlari kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bо‘lishini isbotlab bergan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davri uning ongida ezgulik tuyg‘usini shakllantiradi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Himoya tizimida bu ish milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya”tamoyilining mazmunidir. Zero, milliy mafkuramizning maqsad va vazifalari quydagilar bilan belgilangan: 1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. 2. Shu g‘oya atrofida uyushtirish. 3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. 4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish. 5. G‘oyaviy tarbiyalash. 6. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. 7. Harakat dasturlari bilan bog‘liq.

G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbida e’tiqod, odam qalbidagi dunyoqarash о‘zо‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgach, sayyoramizni bir necha marta yо‘q qilib yuborishga qodir bо‘lgan yadroviy bombalar zaxirasi tо‘planib qolgan paytda zо‘ravonlik va jaholatga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish hususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish kо‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz qalbida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bо‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi. Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli fikr, g‘oya va ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari surdi. Bu muhim va ahamiyatli konsepsiyadir. Chunki fikr, g‘oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. Shu sababli Prezidentimiz ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqat qaratadi. Unga kо‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy о‘zlikni saqlab qolish mumkin. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, о‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ma’naviyat nafaqat xalqimizning kо‘pmingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalariga bevosita ta’sir kо‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan. Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga о‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan. Ma’naviyat о‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga, ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib ta’sir kо‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa, о‘z navbatida, jamiyatning umumiy holatini о‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va yalpi taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” Albatta bunday omildan barqarorlikni ta’minlashda о‘rinli foydalanish talab etiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qator vazifalarni qо‘yadi: Birinchidan, о‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, daxldorlik, vijdon uyg‘oqligi, fidoyilik, el-yurtga sodiqlik, davlat siyosatiga xayrixohlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur. Ikkinchidan, о‘quvchi –yoshlarda ozd shaxs va erkin fuqaroning asosiy jihatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular atrofda bо‘layotgan turli voqealarga, g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan о‘z mustaqil fikrini bildirpa olishlari lozim. Ular mafkuraviy xurujlarning ta’siriga, sirtmog‘iga tushub qolmasliklarini ta’minlash davr talabidir. Uchinchidan, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni beqiyos. Chunki odamning kundalik hayotiy faoliyatining moddiy va ma’naviy asoslari birbiriga uyg‘unlashib borishiga erishish talab etiladi. Bozor munosabatlariga о‘tish davrida jamiyat a’zolarining о‘z salohiyati va iste’dodini rо‘yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhiti, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlar yaratib berdik. Tо‘rtinchidan, istiqlol tufayli о‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari: ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un rivojlanib borishini ta’minlashga keng e’tibor qaratish lozim.




  1. Download 115.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling