Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 290.95 Kb.
bet7/20
Sana21.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1642075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
3-bob. Global boz

Vazifalarni belgilash
Firmaning vazifalar tarkibi va xarakteri uning rivojlanishi ichki va tashqi omillarining umumiy xarakterdagi uzoq muddatli maqsadlarga nisbati bilan belgilanadi. Bu omillar tahlili to‘rt sohani qamrab oladi:
1) moliyaviy resurslar; 2) mehnat resurslari;
3) ishlab chiqarish resurslari; 4) tashqi muhit ta’siri. Moliyaviy resurslar tahlili
Moliyaviy resurslar quyidagilar bilan tavsiflanadi: a)mablag‘larning hozirgi va kelajakda kelib tushishi va ularga ehtiyoj; b) ularni siljitish imkoniyati; v) kapitalning ochiqligi; g) foyda va dividendlarga nisbatan maqsadlar.
Mohiyatiga ko‘ra, mablag‘larning kelib tushishi deganda yetarlicha uzoq vaqt uchun pul oqimlarini dastlabki baholash tushuniladi. Bunda bashoratning aniqligi emas, balki ishonchliligi muhim ekanligi tushunarli: istiqbolga kutilayotgan tushumlar tartibi va ularning barqarorlik darajasini taqdim etish zarur. Bu bir tomondan, amaldagi firma strategiyasining mahsuldorligi va uni o‘zgartirish dolzarbligini, boshqa tomondan esa – faoliyatni kengaytirish, yangi mahsulot turlarini va yangi xorijiy bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyat-larini baholash uchun asos bo‘ladi.
Boshqa bir ko‘rsatkich — mablag‘larni siljitish imkoniyati — ko‘proq o‘zlashtirilgan mamlakatlardan har birining mahalliy sharoitlari tavsifiga mansub, biroq u ham ushbu bosqichda ko‘rib chiqilishi kerak, chunki firmaning haqiqatda ega bo‘lgan resurslariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harakatchanlikning korxona joylashgan mamlakatda kapital qo‘yilmalar erkinligi, qo‘yilmalar likvidligi, foydani olib chiqib ketish imkoniyati kabi jihatlari e’tiborda tutiladi.
Ulardan birinchisi, xususan, chet el investitsiyalarini tartibga solish qoidalari va davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha qonunchilik bilan (agar u mavjud bo‘lsa) bog‘liq. Kapital qo‘yilmalar likvidligi davlatning korxonalar erkin sotuviga qo‘yishi mumkin bo‘lgan cheklovlar bilan ham, bu korxonalarning yoki boshqa mulkning potentsial xaridorlar uchun jalb etuvchanligi bilan ham belgilanadi. Foydani olib chiqib ketish imkoniyati ham firmaning real moliyaviy salohiyati muhim omillaridan sanaladi, chunki qator mamlakatlarda bu sohadagi cheklovlar uning moliviy harakatlari doirasini toraytiradi.
Umuman, kapitalning ochiqligi uning turlari bo‘yicha differentsiyalanadi. Xususan, bank kreditlari olish odatda ishonchli iqtisodiy asoslar va qaytarib berish kafolatining, jumladan, shaxslar tomonidan kafolatlashning mavjudligi yoki mulkning bir qismini garovga qo‘yish bilan asoslanadi; shuningdek, aylanma uchun kreditlash ham qo‘llanadi (katta, muntazam va barqaror savdo aylanmasida qo‘llanadi va xuddi shu kredit tashkilotining firma hisob raqamini yuritishini nazarda tutadi).

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling