Mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tufayli vujudga keladigan xavf-xatarlar


Download 18.67 Kb.
Sana30.09.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1690170
Bog'liq
global iqtisodiy rivojlanish


20.107-gurux talabasi


Teshaboyev Sherdorbek
Fan: Global iqtisodiy rivojlanish.
Mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tufayli vujudga keladigan xavf-xatarlar.
Tayyorlandi:www.sies.uz
uz.wikipedia.org

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tufayli vujudga keladigan xavf-xatarlar.


Eksportga yo’naltirilgan strategiyani amalga oshirish muammosi davlat sanoat siyosatini amalga oshirish bilan birgalikda qarab chiqiladi. Binobarin, bozor mexanizmi samarali ishlamagan sohalarda o’zini oqlagan davlat aralashuvini qo’llagan holda iqtisodiyotda eksport faolligini oshirish muammosini hal etishda bozor mexanizmiga berilishi kerak. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar izchilligi quyidagilarga bog’liq:


eksportni rivojlantirishning zarur sharti sifatida infratuzilmasini yaratish;
iqtisodiyotni to’siqsiz erkinlashtirish uchun bozor infratuzilmasini yaxshilash;
eksportga yo’naltirilganlikni, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan qo’shimcha chora-tadbirlar bilan birgalikda amalga oshirish.
“Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmonga ko’ra korxonalar ishlab chiqargan mahsulot tarkibida eksportga ishlab chiqarish bo’lsa imtiyozga ega bo’ladi.
Amaldagi imtiyozlar va rag’batlantirish omillari tizimi quyidagilardir:
ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30% ni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, foyda soligini amaldagi stavkalaridan ikki baravar kamroq to’lash huquqini berish;
respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha soliqlar to’lashdan besh yil muddatga ozod qilish;
o’zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib ketish;
O’zbekiston hududida qo’shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo’shish uchun mol-mulkni chetdan boj solig’isiz olib kirish;
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov aosida sotib olish ko’zda tutilgan.
Xorijiy sarmoyalar to’g’risidagi qonunga muvofiq chet ellik sheriklar uchun ularning mol-mulkini davlat ixtiyoriga olish va musodara qilishdan ozod etish uchun kafolatlar belgilab qo’yilgan. Ularning o’z faoliyati natijasida olgan foydasi va boshqa pullarni chet elga o’tkazishga, olingan foydani respublika hududida qayta sarmoya tarzida ishlatish, respublika banklarida hisob raqamiga va undan cheklanmagan miqdorda har qanday valyuta mablag’iga ega bo’lish kafolatlanadi.
Xorijiy sarmoyalarga nisbatan investitsiyalar amalga oshirilgan paytda amalda bo’lgan qonun me’yorlari (normalari) 10 yil mobaynida qo’llanilishi ko’zda tutilgan qonun hujjatlari o’zgartirilmasligiga kafolat mavjud.
SHunday qilib vujudga keltirilgan huquqiy normalar xorijiy sheriklarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay imkoniyatlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan sarmoyalarini himoya qiladi.
O’zbekiston sarmoyalarni o’zaro himoya qilish to’g’risida Germaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlandiya, Koreya, AQSH, Fransiya bilan bitimlar imzoladi. Boshqa bir qancha mamlakatlar bilan ham mana shunday bitimlar tuzilishi davom etmoqda.
Kanada, Xitoy, Turkiya, Niderlandiya, SHveysariya, Germaniyaning banklari va firmalari bilan 32 ta yirik kredit bitimlari tuzildi va hozirda bu bitimlar amal qilmoqda. O’zbekiston 30 dan ortiq savdo va iqtisodiy bitimlar tuzgan, ulardan 20 tasi uzoq xorij mamlakatlari bilan tuzilgan. Umuman mustaqillikka erishilgandan so’ng respublikaga 5 mlrd. AQSH dollari kirib keldi.
Bugungi kunda O’zbekiston eng nufuzli kuzga ko’ringan xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo, yirik banklar va moliya tashkilotlari bilan nodavlat va xokimiyatga tegishli bo’lmagan tashkilotlar barcha kontinentlardagi unlab mamlakatlar bilan do’stona munosabat o’rnatgan.
Mamlakatimiz muhim va asosiy xalqaro konvensiyalarni a’zosi hamdir.
O’zbekiston turli global va regional darajadagi integratsiyaviy jarayonlarda bir vaqtni o’zida qatnashib, muhim tamoyilga asoslanadi, ya’ni bir mamlakat bilan yaqinlashish ikkinchisini mann etmaydi. Bizni mamlakatimiz bir mamlakat bilan hamkorlik olib borish, ikkinchisini susayishi hisobiga olib bormaydi degan tamoyilga asoslanadi.
AQSH mamlakati bilan ikki tomonlama davlatlararo aloqalar qat’iy rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasida yaqin qo’shnichilik va strategik hamkorlik asoslari to’g’risidagi deklaratsiya hujjati 2002 yil mart oyida imzo chekilgan bo’lib, ikki tomonlama munosabatlarni boshqarib borish uchun mo’ljallangan.
Jahonning yirik mamlakatlaridan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va intellektual potensialga ega bo’lgan AQSH mamlakati bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish O’zbekiston uchun muhim ma’noni kasb etadi.
Iqtisodiyotni eksportga yo’naltirilgan rivojlanishga o’tish jahon xo’jaligini integratsiyalashuvi, eksportni kengaytirish va mustahkam valyutadagi daromadlarni oshirish vazifalaridan kelib chiqadi.
2004 yilning May oyidan evropa Ittifoqi tarkibida – 25 ta a’zo mamlakat mavjud bo’lgan. Unga yana 10 ta mamlakat a’zo bo’lib, bular Sloveniya, CHexiya, Slovakiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Litva, estoniya va o’rta er dengizi orol mamlakatlari Malta va Kipr (Gretsiyaga tegishli qismi). Bunday o’sish natijasida jahonning eng martabali kuch markazlaridan biri bo’lgan – evropa Ittifoqining territoriyasi aholi soni va umumiy iqtisodiy salohiyati ancha kuchaydi. (jadval №1).
Oldingi bosqichlarga nisbatan, hozirgi kengayish evropa Ittifoqiga yuqori darajadagi integratsiya sharoitida ro’y bermoqda. Xususan, iqtisodiy va valyuta ittifoqlarining shakllanish nixoyasiga etib, siyosiy hamjamiyat yaratishda va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishda sezilarli taraqqiyot kuzatilmoqda. Bu borada eIga a’zo bo’lgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati strukturasi va mexanizmida sezilarli o’zgarishlarni kutish mumkin.
Bu nafaqat evropaning o’zida, balki undan tashqarida ham olamshumul diskussiyalarga sabab bo’ldi. EI kengayishining evropa Hamjamiyatidagi iqtisodiy holatiga mumkin bo’lgan ta’siri bilan bog’liq turli vaziyatlar, yani evropadagi Yangi jarayonlarning Markaziy Osiyoga ta’siri to’g’risidagi bashoratlar ham keltirila boshlandi. Biroq yuqorida keltirilgan 10 mamlakatning evropa Ittifoqiga integratsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro hamkorligining holati va rivojlanishga, xususan savdo-iqtisodiy sohada ham sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. CHunki eIga a’zo bo’lgan mamlakatlar orasida – Polsha, Latviya kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarining muhim savdo-iqtisodiy hamkorlari bor. 2003 yilda Polsha bilan Qozog’iston o’rtasidagi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 400 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (Qozog’istonning Polshaga 91,2 % eksporti neft mahsulotiga to’g’ri keladi). O’zbekiston davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra esa O’zbekistonning paxta tolasini import qilish bo’yicha Latviya beshinchi o’rinni egallaydi.
EI kengayishining Markaziy Osiyo va evropa mamlakatlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir natijasini O’zbekiston va Qozog’iston misolida tahlil qilamiz.
Evropa mamlakatlarining rasmiy ko’rsatmalariga ko’ra, evropa Ittifoqiga Yangi davlatlarning a’zo bo’lishi ittifoq bilan Markaziy Osiyoning ham siyosiy aloqalarini rivojlantirishga olib keladi. Tashqi aloqalar bo’yicha evropa Komissiyasi komissari Kristofer Pattenaning fikricha, eIga 10 ta Yangi mamlakatning a’zo bo’lishi bilan, Markaziy Osiyo va evropa Ittifoqi o’rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi kamida 20 %ga oshadi.
Bundan tashqari yaqindagi kengayish natijasida eI Markaziy Osiyoga geografik jihatdan yaqinlashadi. Bu bir qator umumiy loyihalarning mohiyatini ob’ektiv jihatdan oshiradi. Bu erda Markaziy Osiyo mamlakatlarining boy uglevodorod xom ashyosi katta rol o’ynaydi. Xususan, SHarq izlanishlar Markazining direktorini (Varshava) Yanek Sishoskining ta’kidlashicha, eI talablariga muvofiq Polsha, CHexiya, Sloveniya va Vengriya kabi mamlakatlar energetika sohasida Rossiyaga bog’liqligini ancha pasaytirishlari lozim. Bu borada Polshalik ekspertning fikricha, ko’rsatilgan mamlakatlar uchun uglevodorod xom ashyosini diversifikatsiyalanishida Kaspiy bo’yi mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish eng muhim amaliy yo’nalish hisoblanadi.
Yangi mamlakatlarning yevroittifoqka a’zo bo’lishi bilan yagona umumyevropa bozoriga to’g’ridan to’g’ri kirish yo’li ham kengayadi. Agar mahsulotlar evropa talablariga to’g’ri kelsa, unda Markaziy Osiyolik eksporterlarga eIning barcha mamlakatlariga tovar etqazib berishlari mumkin. Bunda ular bojxona bojlari va yig’imlari borasida nisbatan muqobil rejimlardan foydalanishlari mumkin.
SHu bilan birga bir qator sabablarga ko’ra, xususan umumevropa bozoriga texnologiya va mahsulotlarining raqobatga bardosh berolmasligi natijasida eIning yangi a’zo mamlakatlari iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini 3-jahon mamlakatlariga eksport qilishga yo’naltirishga majbur bo’ladilar. Bundan tashqari eIning ichki tartiblariga rioya qilish natijasida yangi a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarish bahosi oshadi. Bu holat ishlab chiqarishni eIga a’zo bo’lmagan mamlakatlarga kuchirishni yanada rag’batlantiradi. Jahon banki mutaxassislarining fikricha, tashqi savdo ekspansiyasining bu yo’nalishi eI yangi a’zo mamlakatlari uchun eIga a’zo bo’lishda harajatlarni qoplashda muhim kompensatsiya rolini bajaradi.
EI kengayishi bilan bog’liq bo’lgan eksport va texnologik “ekspansiya”sining ta’siri buning mintaqada ham sezilarli bo’lishini bashorat qilishi mumkin. Biroq Markaziy Osiyoga bunday “ekspansiya” faqatgina eIning yangi a’zo mamlakatlaridan kutilmaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga Rossiya, Ukraina, Belorusiya kabi mamlakatlar ham harakat qilishadi. CHunki ular eIga a’zo bo’lgan mamlakatlar bozoridagi pozitsiyalarini yo’qotganliklarini shu yo’l bilan qoplashga urinadilar.
Bunday tendensiyalar Markaziy Osiyo iqtisodiyotigina evropa MDH mamlakatlarining ta’sirini kengaytirib, mintaqada boshqa markaziy kuchlar ta’sirini muvozanatlashtiradi.
Bunda eng rivojlangan mamlakatlari uchun yangi a’zo mamlakatlar iste’mol bozorlarining ochilishi ularning Markaziy Osiyoga eksportni ma’lum darajada ushlab turishi mumkin.
Eksport va texnologik “ekspansiya” ta’sirini farqlash lozim. Markaziy Osiyo davlatlariga eksport “ekspansiyasi” Markaziy Osiyoning o’z mamlakatlaridan chiqadigan tovarlar uchun mintaqaviy iste’mol bozorining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Texnologik “ekspansiya” esa ishlab chiqarish mintaqaviy bozorga yo’naltirilgan qo’shma korxonalar sonining ko’payishiga ta’sir ko’rsatuvchi omil bo’lib hisoblanadi. Bunday tendensiyaning ayrim elementlari allaqachon kuzatilmoqda. Masalan, Qozog’istonda Ust-Kamenogorskdagi “Aziya-avto” avtoyig’uv zavodi bazasida CHexiyaning “SHkoda” markasidagi avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha loyiha realizatsiyasi amalga oshirilmoqda.
Endi eI kengayishi bilan bog’liq bo’lgan Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishidagi kengayishlar haqida to’xtalib o’tamiz.
EIning yangi a’zo mamlakatlari bilan munosabatlarni tartibga soladigan Markaziy Osiyo mamlakatlarining huquqiy bazasini bir qancha o’zgartirish lozim bo’ladi. Xususan, ular yagona bojxona tarifiga stavkasiga o’tishlari va evroittifoq tomonida qo’llaniladigan savdo himoyasi me’yorlarini kiritishlari lozim. YIga Latviyaning a’zo bo’lishi bilan O’zbekiston-Latviya va O’zbekiston-Evropa savdo aylanmasi rejimida noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Latviya eIga a’zo bo’lganidan so’ng o’zining paxta tolasi importi hajmini evroittifoq taqdim etadigan kvotalarga muvofiq aniqlashi lozim.
Shunga o’xshash muammolar ma’lum tovarlarni Qozog’istondan YIga kiritishda vujudga kelishini taxmin qilish mumkin. Masalan, Qozog’iston hukumati bilan evropa ko’mir va po’lat hamjamiyati o’rtasida 1999 yil 15 dekabrda imzolangan kelishuv tovarlariga asosan, qishloq xo’jalik mahsulotlariga raqobatni kuchaytirishi mumkin.
YI kengayishi bilan bog’liq imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishi zarur. Bunga YIning keyingi kengayishini inobatga olgan holda yo’naltirilgan mintaqaviy savdo-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish zarur. Shubhasiz, iqtisodiy islohotlar va shu jumladan raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida mintaqa mamlakatlari milliy iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonlarini tezlashtirish shart.
YIning yangi a’zolari evrohududga 2008-2010 yillarda kirishadi.
Yevropa Ittifoqi yangi 10 ta mamlakatining umumevropa valyuta tizimi, hatto ularning bir
vaqtda – joriy yilning 1 mayida a’zo bo’lishiga qaramasdan, evroga kirishi turli muddatlarda ro’y beradi
Tadqiqodchilarning fikricha, yaqinda eIning a’zosiga aylangan kichik mamlakatlar, ya’ni: Kipr, Malta, Sloveniya va Boltiq mamlakatlari evrohududga 2008 yildan kirishlari mumkin. Vengriya, Polsha va Slovakiya uchun turli moliyaviy-iqtisodiy sabablarga ko’ra taxminan shuncha vaqt kerak bo’ladi, CHexiya esa bu hududga 2010 yilga boribgina kirishi mumkin.
Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining mutaxassislarining ta’kidlashicha, evroittifoqning kengayishi eIga a’zo bo’lgan va bo’lmagan SHarqiy evropa davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy to’siqlarning ko’payishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Polsha va Moldava o’rtasida. Evropa ekspertlarining fikricha, evroittifoqka a’zo bo’lmagan davlatlar o’z eksport potensiallaridan foydalana olmaydilar. Buning natijasida eIning sharqiy chegaralarida “rivojlanmagan mamlakatlar tizmasi” hosil bo’lishi mumkin.
Bunday sharoitda MDHning alohida mamlakatlari eIning kengayishi bilan bog’liq bo’lgan ma’lum noroziliklarni bildirmoqda. Xususan, Rossiya Bryusselga siyosiy va iqtisodiy norozilik bildirib, strategik muhim Rossiya tovarlarining evropa eksportiga asosan eI Komissiyasi tomonidan Qozog’iston po’lati eIga kirishiga kvota belgilanadi.
2002 yil 22 iyulda eI va Qozog’iston o’rtasida Bryusselda Yangi kelishuv tuzilib, unda eksport kvotasi ancha oshgan.
Muammolar avia aloqalarni texnik yo’nalishlarida ham vujudga kelishi mumkin. Ma’lumki evroittifoqning havo maydoniga sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan samolyotlar kiritilishi ta’kiklanadi. SHuning uchun ham eIning yangi a’zo mamlakatlari tomon marshurutlarida shunday samolyotlardan foydalanadigan Markaziy Osiyo aviakompaniyalari uchish parklari tarkibini o’zgartirishlari lozim bo’ladi. Masalan, Vengriyaga uchadigan Qozog’iston aviakompaniyalariga – 2005 yilning 1 yanvariga qadar o’z uchish parkini yangilash talabi qo’yildi. Bu muddatgacha Vener aviakompaniyalari Qozog’iston samolyotlariga xizmat ko’rsatilishiga ijozat berdi.
Bulardan tashqari, umumevropa qonunchiligining Yangi 10-k mamlakatlariga tarqalishi ularning uchinchi mamlakatlar bilan qator shartnomalarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin, (shu jumladan Markaziy Osiyo bilan ham). Bunda 2003 yil 11 noyabrda evropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdan oldin, uning qonunchiligiga to’g’ri kelmaydigan nomuvofiqliklarning oldini olish bilan bog’liq holda Latviya va boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlardan chiqib ketdi. Xususan, Latviyaning “Leto” Axborot Agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Latviya hukumati 3 iyul 1998 yilgi standartlashtirish o’lchov va me’yorlar tizimi hamda sertifikatsiyalash sohasidagi O’zbekiston-Latviya kelishuvini bekor qilishini tasdiqladi.
YI yangi mamlakatlarining viza tizimlari ham murakkablashmoqda. Bu savdo agentlarining mintaqalararo faoliyatida qo’shimcha to’siqlar yaratishi mumkin.
Uchinchi jahon mamlakatlari bozoriga o’z ishlab chiqaruvchilarining mahsulotini tarkatish bo’yicha YI o’z siyosatini kuchaytirishi mumkin. Bir qancha mutaxassislarning fikricha, yevropa atrofida bozorlarni ochish maqsadida yevroittifoq ba’zi bir mamlakatlarga, xususan, MDHdagilarga o’z ta’sir kuchini o’tkazishga harakat qiladi. Bunday holatda Markaziy va SHarqiy evropa hamda Boltiq mamlakatlariga evroittifoqning agrar va texnik siyosatining tarqalishi Markaziy Osiyo bo’yicha cheklashlar kiritilishini orkaga surishni talab qilmoqda. Shuningdek, Rossiya uchun viza masalasi muhim bo’lib qolmoqda.
Ukraina eIga a’zo bo’lgan 10 ta mamlakat bilan ikki tomonlama shartnomalarning bekor qilinishi sababli eIdan kompensatsiya undirishga harakat qilmoqda. Ukraina iqtisodiyot va zirligining baholashiga yangi mamlakatlarning yagona YI tarif siyosatiga a’zo bo’lishidan Ukrainaning taxminan ko’radigan zarari yiliga 285-385 mln. AQSH dollarini tashkil etadi (2004-2005 yillarda). Ijobiy Samara faqatgina 36 mln. AQSH dollarida baholanmoqda. Bu bilan bog’liq holda Kiev Bryusselga Ukraina iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarni xususan, Ukraina tovarlarini YI bozoriga eksport qilishda kvotalarni oshirish va Ukraina bilan evroittifoq o’rtasida erkin savdo zonasini yaratish yo’li bilan minimallashtirishining kompensatsiya mexanizmini ishlab chiqishni taklif etmoqda.


http://fayllar.org
Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling