Mavzu: Jahon iqtisodiyoti xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi. Reja


Globallashuv jarayoniga qo’shilish


Download 75.62 Kb.
bet5/9
Sana18.12.2022
Hajmi75.62 Kb.
#1031130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to

Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy innovatsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi2. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
3.2. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kom’leksidir.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.



Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling