Mavzu: Jahon madaniyati bosqichlari reja: O’rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari


Download 466.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi466.37 Kb.
#1335297
1   2   3
Bog'liq
4- Mavzu Jahon madaniyati bosqichlari reja O’rta Osiyoning neolit

Kaltaminor madaniyati -
Oʻzbekistonda
 
neolit
 davriga oid ilk topilgan 
arxeologik 
madaniyat
(miloddan avvalgi 7—3-ming yillik). 
Kaltaminor koʻli
(Kaltaminor 
koʻli - 
Qoraqalpogʻiston
 Respublikasi 
Toʻrtkoʻl tumanidagi
 
koʻl

Toʻrtkoʻl
 
sh.dan
 
18 km shimoli-sharqda. 
Maydoni
 600 
ga
. Oʻrtacha chuq. 0,7 m. Kaltaminor 
kanali
 
suvi va oqova suvlar toʻplanishidan hosil boʻlgan. Atrofi 
qum
tepalari bilan 
oʻralgan. 
Suv sathi
oʻzgarib turadi. Koʻlda 
qoʻgʻa

qamish

sohilida
 
yulgʻun

saksovul
oʻsadi. Bir necha xil 
baliq
bor. Koʻl yonidan 
neolit
davriga oid 
Kaltaminor madaniyati
topilgan.) yonidan topilgan. 1939—40 va 1945 yillar 
Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi
 tekshirgan. Kaltaminor madaniyati 
Amudaryoning
qadimiy Oqchadaryo 
deltasi

Qizilqum
, Yuqori 
Oʻzboy

Mohondaryo

Orolning
shimoliy-sharqiy boʻylarida, 
Qozogʻiston
va 
sharqiy
 
Kaspiy, yaʼni 
Balxan
va 
Manqishloq
hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda 
katta hududda yagona bir 
oilaga
 oid 
odamlar
 yashagan emas, bu yerlarda bir-biriga 
yaqin boʻlgan 
qabilalar
yashagan deyish toʻgʻri boʻladi. Yaqinlik, asosan, tosh 
qurollarda yaxshi koʻrinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida 
oʻxshashlik
farqlar esa 
sopol
idishlarda, yaʼni uning 
bezaklarida
— bezak 
buyumlarda, 
taqinchoqlarda
koʻrinadi. Asosiy qurollarining oʻxshashligi va 
farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu 
vohalarda
birbiriga oʻxshash, bir xil 
turmush tarziga ega boʻlgan 
urugʻlar
boʻlganligini koʻrsatadi. Bular Oqchadaryo
quyi 
Zarafshon
, Lavlakon, yuqori Oʻzboy, 
Ustyurt
guruhlaridan iborat. Shu 
hududlarda yashagan neolit odamlari 7—3-ming yillikda yashab 
ovchilik

temirchilik
va 
baliqchilik
bilan tirikchilik oʻtkazishgan. Ovchilik, terimchilik va 
baliqchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga 
chiqqan davr hisoblanadi. bogʻliqlar, kesuvchi, teshuvchi qurollar, 
oʻq-yoylar

kamon
oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr 
hisoblanadi. 
Mikrolit
qurollarining paydo boʻlishi, 
suyakdan
va 
yogʻochdan
yana 
ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Arxeologlar, asosan, shu 


mikrolitlar va oʻqyoyni yasalishiga asoslanib neolit davrini davrlarga ajratganlar. 
Kaltaminor madaniyatini ham 3 davrga boʻlib oʻrganilgan. Kaltaminor 
madaniyatining ilk davri 7—5 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga xos 
yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimida, Qizilqumning Lavlakon va Karakata, 
jan.-sharqiy Ustyurtda topilgan va oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining oʻrta 
davri 6—5-ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun 
Qizilqum va unga yaqin boʻlgan hududlardan topilgan. Kaltaminor madaniyatining 
oxirgi davri 4—3 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga 
Qozogʻiston hududlaridagi 
manzilgoxlar
 kiradi. 
Kaltaminor madaniyati ni tavsiflab berish, uni davrlarga ajratish ham, asosan, 
sopol idishlarni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun 
Kaltaminor madaniyatiga oid sopol idishlar qoʻlda ishlangan boʻlib, bezaklar, 
sopol idishlar hali loyligida yogʻoch bilan chizib, daryo va dengiz 
toʻlqiniga

archa
 
ignalariga
oʻxshash bezak berilgan, keyin olovda pishirilgan. Idishlarning shakli 
kosasimon
 yoki qozonsimon boʻlib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi boʻlmasdan, 
qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan. Sopol idishni 
ixtiro
 
qilinishi Kaltaminor madaniyatiga mansub 
aholining
 
ovqat
pishirishini 
osonlashtirdi. Endi 
qozonning
tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tugʻildi. 
Odamlar 
chaylalarda
 yashab, 
oʻchoqlar
 qurib oʻchoqlarda, sopol qozonlarda ovqat 
pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan boʻlishdi. Bu juda katta ixtiro boʻlib, 
kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega 
boʻldilar. Neolit davrida bulardan tashqari 
tikuvchilik

kema
sozlik ham yuksaldi. 
Kaltaminor madaniyatiga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayligicha 
qabul qilganlar. Kaltaminor madaniyati iqtisodiyotiga oʻta olmaganlar, yaʼni 
chorvachilik
 yoki 
dehqonchilik
 bilan shugʻullana olmaganlar. 

Download 466.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling