Kurs ishning maqsadi iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash yuzasidan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni shakllantirish mumkin:
iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
jamg‘armaning mazmuni, turlari va unga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish;
iste’mol va jamg‘armaning o‘zaro bog‘liqligi hamda ular to‘g‘risidagi turlicha nazariyalarni ilmiy tadqiq qilish;
iste’mol va jamg‘arma oqilona nisbatining aholi turmush darajasiga ta’sirini aniqlash hamda tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasida iste’mol tarkibidagi o‘zgarishlar tahlilini amalga oshirish;
O‘zbekistonda Markaziy bankning depozit siyosati va uning hozirgi holatini tahlil qilish;
iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlashda aholi jamg‘armalarini tijorat banklariga jalb qilishning roli va ustivor yo‘nalishlarini aniqlash;
iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’ekti sifatida iste’mol va jamg‘armaning hajmiga ta’sir etuvchi omillar va ularda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining ob’ekti predmeti Iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolarini hal etishda an’anaviy va innovatsion usullardan foydalanishning nazariy asoslari hisoblanadi.
Kurs ishnng ilmiy va amaliy ahamiyati: Ushbu mustaqil ishni tayyorlash uchun, iqtisodiy maqolalar, elektron manbalar, darsliklar va monografiyalar, masalan, mualliflar, B.Yu.Xodiev Yo.Abdullaev, A.Sh.Bekmurodov, Sh.N.Zaynitdtnov, N.X.Jumaev, N.M.Maxmudov, O‘zbekiston respublikasi huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazasi (Konstitutsiya, qonunlar va boshqalar) va boshqalardan axborot bazasi sifatida foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |