Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari


Download 75.61 Kb.
bet1/9
Sana25.04.2023
Hajmi75.61 Kb.
#1398265
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.


MAVZU: JAMG’ARMA VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.


MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB JAMG‘ARMA FUNKSIYALARI MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI

    1. Iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar

1.2Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi.
II BOB JAMG’ARISHNING MOHIYATI, OMILLARI VA SAMARADORLIGI.
2.1Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
2.2Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash muammolari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol va jamg‘arma tabiiy o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligi mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu mutanosiblikka erishish uchun aholi daromadlarini muntazam ravishda oshib borishini nazorat qilish, daromadlarni jamg‘armalar yaratish sharoiti darajasiga ko‘tarish, bo‘sh pul mablag‘larini depozit hisob varaqlariga jalb etish va ularni qayta taqsimlash, mutanosiblikni ta’minlash maqsadida yangi innovatsion usullardan foydalanish lozim. Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlashning asosiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad tarkibida turli soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Aholi qo‘lida qoladigan daromad uning ixtiyoridagi yoki sof daromad deb ataladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdoiqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalarni tobora rivojlantirib bormoqda. Shunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy salohiyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiytexnik potensialning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, firma va tashkilotlarga, shu jumladan, mamlakat ichidagi xorijiy korxonalar va qo‘shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi.
Pandemiya natijasida jahon iqtisodiyotiga umumiy ko‘lamda va xususan qishloq xo‘jaligiga yetadigan zararning aniq miqyosini aytish xozircha qiyin. Ammo global miqyosda virusning mazkur sohaga ta’siri shu paytgacha juda past darajada.
Jumladan, ko‘pchilik mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan don ekinlarining (bug‘doy, makkajo‘xori va guruch) narxlari jahon bozorlarida bugungi kunda barqarorligicha qolmoqda. Qayd etish lozimki, don ekinlarining 2019 yilda jahondagi yetishtirilishi ko‘lami va yakuniy zaxiralari avvalgi yillarning ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori hamda 2008−2009 yillardagi umumjahon oziq-ovqat inqirozi davriga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda alohida hukumatlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro savdosiga kiritilayotgan cheklovlar, ichki va tashqi bozorlardagi yakuniy iste’molchilarga yetkazib berish zanjirlarining uzilishiga olib keluvchi logistika bilan bog‘liq qiyinchiliklar, shuningdek joriy etilayotgan karantin choralari natijasida mamlakat ichida qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchi harakatlanishining cheklanishi jahon qishloq xo‘jaligi uchun asosiy xatarlardir.

Download 75.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling