Mavzu: “Jamiyat”, “ijtimoiy” va “tuzulma” tushunchalari. Reja
Download 36.28 Kb.
|
“Jamiyat”, “ijtimoiy” va “tuzulma” tushunchalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: “Jamiyat”, “ijtimoiy” va “tuzulma” tushunchalari. Reja: 1. Jamiyat haqidagi ta’limotlar tarixi. 2. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy asoslari. 3. Mаdаniyat, uning tuzilishi vа funktsiyalаri. 4. Jamiyat hayotiga madaniyat va sivilizasiyaning ta’siri. Foydalanilgan adabiyotlar Amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida tarixan qisqa vaqt ichida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotida chuqur o`zgarishlar yuz berdi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo`yicha yaxlit huquqiy tizim yaratildi. Shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo`lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi". Sud-huquq islohoti davomida O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik, Fuqarolik-protseyesual, Xo`jalik-protsessual kodekslari va boshqa kodekslari, xususan, "`Sudlar to`g`risida"gi, "Prokuratura to`g`risida"gi qonunlar qabul qilinib, ularda sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini sud tartibida ximoya qilishning samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. So`nggi yillarda sud-xuquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishini kuchaytirish, jinoyatga oid siyosatni erkinlashtirish, sud ishlarini yuritish qoidalarini takomillashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash yuzasidan talay ishlar amalga oshirildi. Asosiy yo`nalishlari davlatimiz boshlig`ining nutq va ma`ruzalarida belgilab berilgan sud-huquq islohotini amalga oshirish natijasida mamlakatda yaxlit sud tizimi yaratildi, sudyalarning mustakilligi kafolatlari kuchaytirildi, jinoiy jazolar liberallashtirildi, ishlarni sudlarda ko`rib chiqishning protsessual tartibi takomillashtirilib, odil sudlovni amalga oshirish tezkorligini ta`minlash choralari kurildi. Mana shu va boshqa chora-tadbirlar ijobiy natijalar berdi, inson huquqdari va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Birinchidan, sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi. Fuqarolik ishlari, xo`jalik ishlari va jinoiy ishlar bo`yicha alohida-alohida sudlar tashkil etildiki, bu hol sudlov ishlarini yuritishning sifatini ancha oshirish imkonini berdi. Masalan, agar 2000 yilda hukmlarni bekor qilish va o`zgartirish sudlanganlarning umumiy soniga nisbatan 10,5 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2006 yilda bu ko`rsatkich 3 foizdan kamroq bo`ldi. Ikkinchidan, hokimiyatni taqsimlash konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish uchun sudlarni tashkiliy jihatdan, xususan, sudya kadrlar bilan ta`minlash masalalari bilan maxsus organ - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi shug`ullanmoqda. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar taqdim etish, sudyalarning vakolatlarini to`xtatib qo`yish va muddatidan ilgari tugatish, sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atish, sudlarning faoliyati to`g`risidagi hisobotlarni muntazam eshitib borish kabi huquqlar ijro qiluvchi organ bo`lganligi sababli Adliya vazirligining vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bu hol sudlar Adliya vazirligining ta`siridan to`la-to`kis holi bo`lganligini anglatadi. Sudyalar zahirasini shakllantirish bo`yicha sudyalar malaka hay`atlarining vakolatlari kengaytirilib, ular zimmasiga sudya kadrlarning dastlabki zahirasini yaratish vazifasi yuklatildi. Sudya kadrlarni tanlash va tayinlashning demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi, sudyalik lavozimlariga nomzodlar tanlashning ko`p bo`g`ishsh tizimi nazarda tutildi. Uchinchidan, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o`zlariga xos bo`lmagan vazifalardan holi etildi. "Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi Qonunning qabul qilinishi sud ijrochilarini sud tizimidan chiqarib, ijro qiluvchi hokimiyat tizimiga o`tkazish imkonini berdi, bu esa hokimiyatni taqsimlash prinsipiga to`la-to`kis mos keladi. Ushbu Qonun qonunchilikdagi kamchiliklarga barham berish bilan bir vaqtda ijro ishi yuritilishining samaradorligini oshirishga, shuningdek, sud ijrochilari faoliyatini tartibga solishga, ularning huquqlari, majburiyatlari va maqomini qonun orqali mustahkamlashga qaratilgan bo`lib, ijro ishi yuritilishida sud ijrochilarining mas`uliyatini oshirishga, fuqarolar hamda yuridik shaxslar huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. "Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi Qonunning vazifasi - har bir sud qarori moneliksiz ijro etilishini ta`minlashdan iboratdir. To`rtinchidan, 2001 yil 29 avgustda "Prokuratura to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda) qabul qilinishi orqali prokuratura vakolatlarining hajmi, uning faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi, prokurorlarning bir qator vakolatlari cheklab qo`yildi. Masalan, Qonunning avvalgi tahriridan farqli o`laroq, yangi tahrirda fuqarolar prokuror nazorati obyektlari doirasidan chiqarildi. Demokratik jamiyatda ayrim fuqarolar emas, balki ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanday rioya etilayotganligi masalasi prokuror nazorati obyekti hisoblanadi. Prokuratura organlari fuqarolar huquqlari kamsitilish hollarining o`z vaqtida oldini olish maqsadida boshqaruv va nazorat organlari huquqiy hujjatlarining qay darajada qonuniy ekanligini kuzatib borishlari kerak. Bundan tashqari, "Prokuratura to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq prokurorlar sud qarorlarining ijrosini to`xtatib qo`yishga haqli emaslar. Bu norma qonun hujjatlariga kiritilgan boshqa o`zgartish va qo`shimchalar bilan bir qatorda sudlarning mustaqilligini ta`minladi, sud va prokuratura organlari vakolatlari o`rtasida zarur muvozanat o`rnatishga ko`maklashdi. Beshinchidan, sudlov ishlarini yuritish sohasida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning apellyatsiya tartibi joriy etildi, shuningdek, kassatsiya instituti isloh qilindi. Mazkur yangiliklar jinoyat ishini sudda yuritishda protsessning tortishuvchanligini va taraflarning teng huquqliligini, shu jumladan prokuror va advokatning teng huquqliligini ta`minlaydi. Sud yo`l qo`ygan xatolarni tezkor ravishda bartaraf etishga ko`maklashadi. Masalan, agar apellyatsiya instituti joriy etilguniga qadar sudlar yo`l qo`ygan xatolarning 50 foiziga yaqini sudlar va prokuratura organlari tegishli mansabdor shaxslarning protestlari bo`yicha nazorat tartibida tuzatilgan bo`lsa, hozirgi vaqtga kelib bu ko`rsatkich 18 foizdan kamni tashkil etadi. Sud xatolarining 82 foizidan ortig`i taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi ta`minlangan apellyatsiya hamda kassatsiya instansiyalarida tuzatilmoqda. Oltinchidan, ayblanuvchilarni qamoqda saklab turishning eng ko`p muddati olti oyga qisqartirildi. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa ehtiyot choralarini qo`llash imkoniyati kengaydi. Buning natijasida so`nggi 4 yil ichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasidan foydalanish 2 martadan ko`proqqa kamaydi. Yettinchidan, qonunchilikda ilk bor sudlarda ishlarni ko`rib chiqishning muddatlari belgilandi, bu esa muqaddam sudlar faoliyatida mavjud bo`lgan sansalorlikka chek qo`yib, sud muhokamasi qisqa vaqt ichida va tezkor o`tkazilishini ta`minlash imkonini berdi. Agar 2000 yilda jinoyat ishlarining bir foizi sudlar tomonidan belgilangan muddatlarni buzgan holda ko`rib chiqilgan bo`lsa, so`ntti yillarda bunday salbiy ko`rinishlar kamday-kam uchraydi. Masalan, 2006 yilda jinoyat ishlarining bor-yo`g`i 0,02 foizi sudlar tomonidan belgilangan ikki oylik muddat buzilgan holda ko`rib chiqilgan. Sakkizinchidan, yarashuv instituti joriy etildi. Buning mohiyati shundaki, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etgan shaxs o`z aybiga iqror bo`lganda, shuningdek, jabrlanuvchi yarashishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan va jabrlanuvchining ko`rgan zarari o`rnini qoplagan taqdirda, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Ta`kidlash kerakki, bu institut o`zbek xalqining milliy qadriyatlarini o`zida aks ettiradi. Bunday norma joriy etilganligi tufayli 2002-2007 yillar 60 ming nafardan ortiq kishi jinoiy javobgarliqdan ozod etildi va binobarin xuddi shuncha jabrlanuvchining xuquqi tiklandi. To`qqizinchidan, jinoyat qonuni keng ko`lamda liberallashtirildi, jinoyatlar tasnifi qayta ko`rib chiqildi va o`zgartirildi; uncha og`ir bo`lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoiy qilmishlarning tarkibi kengaytirildi. Bundan tashqari bir qator iqtisodiy jinoyatlar bo`yicha yetkazilgan moddiy ziyonning o`rni qoplangan taqdirda, ozodliqdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar qo`llash nazarda tutildi. Jinoyatlarning tasnifi o`zgarishi va jinoiy jazolarni liberallashtirish natijasida sudlar ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan jazo choralarini kengroq qo`llash imkoniga ega bo`ldilar. Prezident Islom Karimov ta`kidlaganidek, jinoiy jazo tizimini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar ham ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo`ldi. Buning natijasida og`ir va o`ta og`ir toifadagi jinoyatlarning 75 foizga yaqini ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlar toifasiga o`tkazildi. Jinoyat kodeksidagi jinoyat sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni to`liq qoplagan taqdirda, sud tomonidan unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasida jazo tayinlashga yo`l qo`yilmaydigan normalar ancha kengaytirildi. Mazkur o`zgarishlar qabul qilinganidan so`ng sudlarning ozodliqdan mahrum etish tariqasidagi jazoni tayinlashi 2006 yilda 2000 yilga nisbatan qariyb 20 foizga kamaydi. Shuningdek, yarashuv instituti joriy etilgani ham bu borada muhim rol o`ynamoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bayon etilganlardan ko`ra ko`proq sohalarni qamrab oladi va uni alohida tadqiq etish lozim. Davlatimiz boshlig`ining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida so`zlagan nutqi mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining yangi bosqichi uchun asos bo`ldi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusiga binoan parlament tomonidan qabul qilingan "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini sud tomonidan samarali ximoya qilish borasidagi bir qator vazifalarni hal etishga qaratilgan. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sud tartibida qo`llashni nazarda tutuvchi mazkur Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Jinoyat protsessida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish niyatida jinoyat-protsessual qonunlarni yanada liberallashtirish. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sud tartibida ko`llash erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini asossiz cheklashning oldini olish imkonini beradi. 2. Taraflarning tortishuvi va tengligi prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladigan fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo`lgan huquqlarini ro`yobga chiqarishda sudning rolini oshirish. 3. Ishni sudga qadar yuritish ustidan prokuror va sud nazorati nisbatini ta`minlashga, fuqaroni ushlab turish va qamoqqa olish asosli hamda qonuniy bo`lishi uchun tergov organlarining mas`uliyatini oshirishga qaratilgan. 4. Qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasini ko`llash va qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish inson huquqlarini cheklab qo`yish tusiga ega bo`lganligini e`tiborga olgan holda bu chorani ko`llash asoslarini, protsessual tartibini qat`iy reglamentlash. Prezident I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisidagi ma`ruzasida “Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo`lgan yana bir masala –jazolash tizimidan o`lim jazosini chiqarib tashlashdir”, deb ta`kidladilar. Haqiqatdan ham inson, uning hayoti jamiyatimizda oliy qadriyat deb tan olingan ekan, uni, hatto jinoyatchini ham hayotidan mahrum qilish masalasi nihoyatda ehtiyotkorona munosabatni talab qiladi. O`lim jazosi eng qadimgi jazo choralaridan hisoblanadi. Ushbu chora jinoyat huquqi vujudga kelgunga qadar qo`llanilgan. Jinoyat huquqi sohasida ko`zga ko`ringan olimlardan A.S.Tagansev “Hayotdan mahrum qilish jinoyatchilarga qarshi kurashning ijtimoiy chorasi sifatida ancha ilgari qo`llanilgan”, deydi. Kurrai zaminning ilg`or fikrli odamlari orasida ancha vaqtdan beri jinoiy jazo sifatida o`lim jazosining saqlanishi, uning qo`llanishi bahs-munozalarga sabab bo`lib kelmoqda. Bunday bahslar yana ham davom etadigandek ko`rinadi. Agar tarixga nazar soladigan bo`lsak, bir necha asrlar oldin o`lim jazosini bekor qilish lozimligi haqida ayrim mutafakkirlar fikr bildirgan bo`lsalar, bugungi kunga kelib juda ko`p odamlar va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar o`lim jazosiga qarshi chiqishmoqda. O`lim jazosini qoldirish tarafdorlari jinoyatchilikning ko`payib borayotganligi va ushbu jazoni qo`llash orqali “ijtimoiy adolat tiklanajagini” asos sifatida ko`rsatadilar. O`lim jazosini bekor qilish lozim, deb hisoblovchilar esa ilmiy tadqiqotlar asosida o`lim jazosi amalda jinoyatchilik o`sishiga ta`sir ko`rsatmayotganligi, uning qo`llanishi insonning hayotga bo`lgan huquqini buzish ekanligini, ushbu chora jamiyatdagi kishilar xulq-atvorining salbiy tomonga o`zgarishiga, o`ta og`ir jinoyat sodir etgan shaxslarni ham ularni hayotdan mahrum qilmasdan turib, zararsizlantirish mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladilar. Shaxsni asossiz ravishda o`lim jazosiga hukm qilishdek sudning xatosini tuzatib bo`lmaydi. 2008 yil 1 yanvaridan yuqorida nomlari tilga olingan qonunlar kuchga kirdi va ulardagi qoidalar amalda qo`llanila boshladi. Bugungi kunda ularning amaliyotga tatbiq etilishi qanday, kutilgan natijalarga erishildimi? degan savol tug`ilishi tabiiy. Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu qonunlar to`la ishlamoqda, ularni qo`llashda hech bir qiyinchilik yo`q. Masalan, 2008 yil 1 choragida prokurorlarning iltimosnomasiga binoan sudlar tomonidan 3272 nafar ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berilgan va qamoqda ushlab turish muddatini uzaytirish bo`yicha 10ta iltimosnoma qanoatlantirilgan. Shuni ham ta`kidlash lozimki, yuqoridagi qonunlarning qabul qilinishi bilan sud-huquq tizimini isloh qilish jarayoni tugagani yo`q. Aksincha, o`z yechimini kutayotgan muammolar va bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar talaygina. Fikrimizning dalili sifatida O`zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 apreldagi Qonuniga asosan JKning 58-moddasiga jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va unga suiqasd qilish uchun jazo tayinlashga oid kiritilgan o`zgartirishlarni keltirish mumkin. Bu ham davlatimizda insonparvarlik, adolat g`oyalariga rioya qilinayotganligining bir isbotidir. 2008 yilning “Yoshlar yili” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan “Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunlarning takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi 2008 yil 16 apreldagi Qonuniga muvofiq qator qonunlarga voyaga yetmaganlarning huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Aytish joizki, voyaga yetmaganlar jinoyati kamaydi. Voyaga yetmaganlar jinoiy yoki g`ayriqonuniy faoliyatga jalb etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Hozirgi vaqtda odamlar savdosiga qarshi kurash ham eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. 2007 yil fevralda Venada, ushbu muammoga bag`ishlangan xalqaro konferensiya materiallarida ko`rsatilishi, har yili 2,7 mln.ga yaqin shaxs ushbu jinoyatning “qurboni” bo`lmoqda, ularning 80% bolalar va ayollardir. Ushbu hodisaga qarshi kurash masalasi respublikamizda davlat miqyosida hal qilinm oqda. O`zR bolalarni boshqa davlatlarga yuborish uchun o`g`irlashning fuqarolik jihatlari to`g`risidagi Gaaga Konvensiyasi, odamlar savdosi va uchinchi shaxslar tomonidan fohishalarning ekspluatatsiya qilinishiga qarshi kurash to`g`risidagi Konvensiya va uning yakuniy protokoli va h.k. ishtirokchisi hisoblanadi. 2008 yil 17 aprelda “Odamlar savdosiga qarshi harakatlar” to`g`risidagi. Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomi sifatida O`zR Prezidentining 2008 yil 1 maydagi “O`zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish choralari to`g`risida”gi Farmonini keltirish mumkin. Albatta, amalga oshirilgan choralar sud-huquq islohotlarining yangi bosqichga ko`tarilganidan dalolat beradi, ammo quyidagi masalalar o`z yechimini kutmoqda: 1. O`zbekiston Respublikasi JKga kiritilgan o`zgarish va qo`shimchalar yana bir bor tanqidiy nuqtai nazardan ko`rib chiqilmog`i lozim. Keyingi vaqtda jinoyat qonuniga kiritilayotgan o`zgarishlarda qilmishni kriminalizatsiya qilishga nisbatan bir necha marta ko`payib ketdi. 2. Har bir qonun qabul qilingunga qadar ekspertlar xulosasi olinishi lozim. Yuqoridagi vazifalarning hal etilishi har bir shaxsning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarining buzilmasligini kafolatlaydi. Zero, amaldagi qonunlarni takomillashtirishdan asosiy maqsad insonparvarlik prinsipiga mos demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolarning huquqlarini ta`minlashdan iboratdir. Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti. Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug`mutafakkirlar e`tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, hudo bilan boQlab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma`naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan ahloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta`lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, G’oya, mafkura go’zallik bilan, ma`naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma`naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va tehnika insonning ma`naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. Inson yuksak ma`naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimizda ma`naviyat masalalariga alohida e`tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayoti kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: - kishilarning yashashi, shahs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; - oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg`i, kommunikasiya vositalari; - moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish; - ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; - moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar. Jamiyatning ma`naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta`limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta`lim-tarbiya, ahborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug`ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga hos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi. Jamiyat taraqqiyoti tug’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Hususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbah din bilan bog`lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va hato ekanini ko’rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv G’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir halq o’zining betakror, noyob, o’ziga hos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa halqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga hos modelini yaratadi. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham hos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma`naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a`zolarining ma`naviy salohiyati, milliy psihologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o’ziga hos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta`minlashning monarhiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o’tgan. Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psihologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi. Jahon tajribasi har bir mamlakat va halqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy havfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga hos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg`or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va halqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida halqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyucion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Sohta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyucion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir» . O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: - iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; - davlatning bosh islohotchi ekanligi; - qonun ustuvorligi; - kuchli ijtimoiy himoyalash; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish. O’zbek modelining o’ziga hos hususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga hos hususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda. O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e`tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib hizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma`naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma`naviyat, ma`rifat, madaniyatga bo’lgan e`tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma`naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va ahloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puhta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, tehnika va tehnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma`noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a`zosi oila bag’rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma`naviy-ahloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va hotining mavqei, oilaviy munosabatlar harakteri turli halqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma`naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg’or an`analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi tug’risidagi g’’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta`kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan ayolning ma`naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir. Oila muammolarini ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e`tibor berayotganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz hususiyatlariga mos bo’lgan yangi alifboga o’tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma`naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. Jamiyat ma`naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an`analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli koncepciyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, hotin-qizlar tashkilotlari, fahriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak ahloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ihtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik hususiyatlari, o’ziga hos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi halqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yahshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shahsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, ma`naviy etuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday etuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat tug’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir. Download 36.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling