Mavzu: jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o’rni


Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda


Download 33.93 Kb.
bet2/17
Sana09.05.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1449295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texno-genderi.org

Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda


  • Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda

ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosa- batlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi. Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qa- ratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning ye- takchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarining inti- lishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘r- tasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘nal- tirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xusu- siyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahami- yatga ega. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining ya- gona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosa- batda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat, ko‘pincha, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Jamoa a’zola- ri o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim.


  • Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘nal- tirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xusu- siyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahami- yatga ega. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining ya- gona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosa- batda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat, ko‘pincha, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Jamoa a’zola- ri o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling