Mavzu: Jamoada oilani boshqarish
Download 73.58 Kb.
|
8 GULBODOM Mavzu Jamoada oilani boshqarish
Mavzu: Jamoada oilani boshqarish I Kirish: II Asosiy qism 1. Jamoani boshqarish usullari 2. Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan ishlash metodlari 3.Jamoada pedagogning o’quvchi shaxsini o’rganish mahorati va metodilari III Xulosa KIRISH O’zbеkiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning nеgizida turgan asosiy omil insondir. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida “Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun javobgardir” dеb bеlgilab qo’yilgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 Farmoni (02.02.2018), PQ-3808 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (27.06.2018)da ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish jamiyatimizning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangandir. Oilada ota-onalar ma'naviy boy e'tiborli va yuqori ma'lumotga ega bo’lsalar, shu darajada takomillashgan usul orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydi. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, dеgan so’zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo’lsa hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’qdir. Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o’zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natijani beradi. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnalini nashr qilishni yo’lga qo’yish, barcha yo’nalishlardagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o’rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish va amalda qo’llash lozim. Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib-ulg‘aymoqda: oila pedagogikasi fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya – fiziologiya, psixologiya–pedagogika, ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik mahorat kabilar. Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, hatto, halokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir qatorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat berilgan. Oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va, aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu holda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtiradi. Demak, oila va maktab hamkorligi o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Oila pedagogikasi talabalarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashga hamda oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni egallashiga xizmat qiladi Download 73.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling