Mavzu: Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish Har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat


QADRIYaT- insoniyat asrlar davomida asrab-avaylab kelgan narsa va hodisalardir. YeNG OLIY QADRIYaT-


Download 110.79 Kb.
bet12/13
Sana24.12.2022
Hajmi110.79 Kb.
#1052609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish

QADRIYaT- insoniyat asrlar davomida asrab-avaylab kelgan narsa va hodisalardir.
YeNG OLIY QADRIYaT- bu inson va uning xayoti hisoblanadi.

GULChAMBAR” MAShG’ULOTI


Maqsad: O’ziga ishonch hissini shakllantirish.


O ’tkazish tartibi: xar bir o’quvchiga A-4 formatli qog’oz tarqatiladi.



  1. Siz yaxshi ko’rib bajaradigan ikki narsani tasvirlang.

  2. Xayotingizdagi eng katta yutuqni tasvirlang.

  3. O’zingiz haqingizda eshitmoqchi bo’lgan uchta so’z.

  4. Sizga ijobiy tasir ko’rsatgan uchta inson.

  5. Qalbingiz maza qilib dam oladigan joyni tasvirlang.

  6. Keyingi besh yilda o’zingizni qanday tasavvur etasiz?

Har bir savolga javobni gulning har bir bargiga yozish kerak. Hohlagan o’quvchi o’z yozganini o’qib berishi mumkin.

O’rgimchak to’ri” harakatli o’yin


Maqsad: har qanday muammoni hal qilish yo’llarini topish mumkinligi ko’rsatib berish.
Mashqning borishi: O’quvchilarga aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumib, o’ng qo’llarini ko’targan holda o’zlariga sherik qidiradilar. Qo’llari bilan birorta ishtirokchini ushlagandan keyin ( trener har bir qo’l faqat bitta qo’lni ushlashini nazorat qilib, yordam beradi), chap qo’llari bilan ham huddi shunday sherik topishlari kerak ( bunda ham trener yordam beradi). Barcha o’quvchilar turli o’quvchilarni qo’llarini ushlaganlaridan keyin, ko’zlarini ochish taklif etiladi va qo’llarini uzmagan holda yana aylana bo’lib turib olish taklif etiladi.

  1. Trener ma’ruzasi.

Qadriyatlar moddiy va ma’naviy qadriyat turlariga bo’linadi.
Muqaddas kitoblar, buyuk allomalarning yozib qoldirgan asarlari, qadimgi binolar, madrasa va masjidlar- bular moddiy qadriyatlar, turli an’analar, narsalar esa- ma’naviy qadriyatlar hisoblanadi.
Qadriyatlarning asosini maqsad tashkil qiladi.
Qanday maqsadlar bor? ( o’quvchilarga savol)
Shaxsiy va ijtimoiy maqsadlar bor.
Shaxsiy maqsadlarning amalga oshish muddati 1-5 yilgacha bo’lsa, ijtimoiy maqsadlar esa 10-20 yil davomida amalga oshadi. Demak, inson birinchi o’ringa o’zining shaxsiy maqsadini emas, balki ijtimoiy maqsadni qo’yib yashashi kerakligini o’quvchiga misollar orqali tushuntirish kerak. Misol: o’quvchi o’z oldiga maktabni bitirib oliygohga kirishni maqsad qilib qo’ydi. Agar oliygohga o’qishga kira olmasam xam yaxshi hunar egallab , ishlab otamga mashina olib beraman, ularni qo’llab-quvvatlayman, mahallamga foydam tegadigan odam bo’laman degan maqsadlarni ko’zlasa, atrofdagilarga nafi tegishidan baxt xissini tuyib, hayotdan zavqlanib yashashni o’rganadi.

Download 110.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling