Mavzu: Jamoani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni
Download 471.66 Kb.
|
Бизнес 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilot bo’lish sharti
- Murakkab tashkilotlar doirasida
Mavzu: Jamoani shakllantirish va rivojlantirish jarayoni.REJA: 1. Tashkilot doirasidagi guruhlar va ularning shakllanishi. 2. Rasmiy guruhlarning turlari. 3. Norasmiy guruhlar xususiyatlari va ularni samarali boshqarish.Biz tashkilotni insonlarning umumiy maqsadlariga erishish uchun birgalikda faoliyat ko’rsatish imkonini beruvchi tarkib deb ta’riflashimiz mumkin. Tashkilot bo’lish sharti 1) tarkibida kamida 2 kishi bo’lgan kamida bir guruxning bo’lishligi, 2) gurux(lar)ning barcha a’zolari uchun umumiy xisoblangan kamida bir maqsadning bo’lishligi, 3) gurux(lar)ning ichida bir-birlari bilan tushungan xolda munosabatlar o’rnatib umumiy maqsadlar yo’nalishida xatti-xarakatlar qiluvchi odamlarning borligi Mana shu tashkilot ichidagi odamlar guruhlari, jamoalari, ularning faoliyati, o’zaro hamkorligi va samaradorligiga tashkilot faoliyatining samaradorligi va muvaffaqiyati bog’liq. 120 70 50 30 2003 2005 2006 2004Shaxslar jamiyatdan, jamoadan, guruhdan tashqarida bo’la olmaydi, ular guruhda qaror topadi, ruyobga chiqadi. Jamoa, guruhlar va insonlarning ulardagi xulq - atvorlari boshqarishning ko’pgina bo’limlarida markaziy o’rinlardan birini egallaydi, shuning uchun guruhlarning turlari, ularning shakllanishi, maqsadlari va xatti-harakatlarini rahbarlar to’g’ri tushunib o’rganishlari zarur. Jamoa- ijtimoiy tashkilot bo’lib, uning uchun birgalikdagi ijtimoiy ahamiyatli faoliyat xosdir. "Jamoa" tushunchasining o’zi umumlashtiruvchi xisoblanadi, chunki yirik jamoalarda kishilarning yoshi, kasbiy qiziqishlari va x.k.lar bo’yicha turli guruhlarni topish mumkin. Har qanday jamoani tavsiflash uchun uning belgilovchi alomatlarini ko’rsatish mumkin: Rahbarlik – boshqaruv organining mavjudligi, ya’ni kimdir rahbarlik vazifasini o’z zimmasiga olishi lozimligi Jamoadagi barcha a’zolar maqsadlarining birligi, ya’ni bular qadriyatli yo’nalishlar bo’lib, jamoadagi shaxslarni birlashtiradi Intizom, ya’ni mazkur jamoa uchun qabul qilingan xulq-atvor normalarini bajarishRasmiy guruhlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchun rahbariyat irodasi bilan tashkil etiladi Bu guruhlarning vazifasi mazkur tashkilotdagi mehnat taqsimotiga muvofiq muayyan ishlarni bajarishdan iboratdir. Rasmiy guruhlar tashkiliy tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu erdagi ijtimoiy munosabatlar shaxssiz xususiyatga ega bo’ladi va oldindan belgilangan rollar orqali amalga oshiriladi Rahbar (yoki bo’yruqli) guruhi rahbar va uning bevosita bo’ysinuvchilaridan (ular ham o’z navbatida rahbarlar bo’lishi mumkin) iborat. Masalan, institut rektori va rektor o’rinbosarlari bo’yruqli guruhga misol bo’la oladiIshchi (maqsadli) guruh bu bir vazifani bajarish ustida ishlayotgan xodimlardan iborat guruhdir. Ularning umumiy rahbari bor bo’lsada, bu guruhlar bo’yruqli guruhlarga nisbatan o’zining mehnatini rejalashtirishda va amalga oshirishda ko’proq mustaqillikka ega Tashkilotlarda shakllanadigan guruhlardan yana bir turi bu norasmiy guruhlardir. Guruh ichida o’rnatilganxulq-atvor me’yorlari uning a’zolari ustidan nazorat qilish imkonini beradiNorasmiy etakchi – bu rasmiy rahbar bo’lmagan shaxs bo’lib, u o’zining shaxsiy fazilatlari, kasb maxorati yoki boshqa xislatlari bilan jamoada obru-e’tibor kozongan buladi va uning xulk-atvoriga jiddiy ta’sir kursata oladi Murakkab tashkilotlarning sotsial-iqtisodiy Sistema sifatidagi umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - aniq maqsad yo’nalishida xarakat qilish - bir butunlilik, yaxlitlilik - mexnat taqsimoti mavjudligi - bosqichlilik, boshqarish pog’onalarining mavjudligi - tashqi muxitga bog’liqlik - resurslardan foydalanish - avtanomlik va uzini boshqarish - moslashuvchanlik va xarakatchanlik - odamlar faoliyatiga va tashqi sharoitlarga bog’liq xolda extimollilik - boshqarishning zaruriyligiMurakkab tashkilotlar doirasida asosan mexnatning gorizantal va vertikal taqsimotlari amalga oshiriladi. Mexnatning gorizantal taqsimoti bu- bevosita maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq yaxlit ishlarning tarkibiy qismlarga ajratilish. Mexnatning vertikal taqsimoti bu- bevosita tashkilotni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni taqsimlash, ya’ni boshqaruv bo’g’inlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun amalga oshiriladigan mexnat taqsimoti.Natijada tashkilotlarning boshqarish pog’onalari shakllanadilar. Rahbar o’z vaqtini doimo nazorat qilib borishi kerak.Download 471.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling