Mavzu: Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi


Download 4.66 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi4.66 Kb.
#1603897
Bog'liq
5-amaliy


REJA:
1.Jаmоа tushunchаsi.
2.O`quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri.
3.O`quvchilar jаmоаsining rivоjlаnish dаrаjаsi vа bоsqichlаri.
4.O`quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri
5.Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi
MAVZU: Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi.
Sinf faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina qolmasdan, balki o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Z. Qo’ziyevning fikricha «jamoaga qo’yilgan umumiy talablarga ko’ra jamoa a’zolari quyidagilardan qoniqish hosil qilishlari kerak:
  • o’zaro munosabatlardan;
  • o’qish va mehnat jarayonidan;
  • rahbarlikdan;
  • uyushqoqlikdan;
  • ongli intizomdan;
  • oqilona va foydali faoliyatdan;
  • xotirjamlikdan;
  • o’z qadr-qimmatini saqlashdan;
  • jamoa bilan faxrlanishdan;
  • himoyalanganlikdan.

Jamoaga qanday talablar qo’yiladi?
degan savol tug’ilishi mumkin.
Jamoa a’zolariga:
  • ixtiyoriylik;
  • demokratik faoliyat;
  • so’z erkinligi;
  • tashabbuskorlik;
  • mastaqillik;
  • faollik;
  • ijodiy faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak»

Jamoa va unga qo’yilgan talablar haqida gapirar ekanmiz, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ularning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?


O’quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farqlar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlarni belgilab bo’lmaydi.
Ayniqsa, boshlang’ich, V va IX sinflarda o’quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu sinflarda ko’pincha o’quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o’zgaradi. Shuning uchun o’quvchilar
jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi.
VI-VII sinflarda o’quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko’proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o’zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o’rta sinflarda bu ishlarni amalga oshirishda bolalar va o’smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda «Kamolot» tashkiloti yordamiga tayanadi.
Sinf jamoasini qanday yo’llar bilan jipslashtirish, shakllantirish mumkin?
Sinf jamoasini uyushtirish yo’llari quyidagilar:
1. Jamoatchilik topshirig’i berish;
2. Sinf faollarini to’g’ri tanlash;
3. O’quvchilarni istiqbolga chorlash;
4. Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish;
5. O’quvchilarga yagona talablar qo’yish.
Jamoatchilik topshirig’i. Jamoa bo’lib ishlash, amaliy faoliyat ko’rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o’quvchilarga, hatto qoloq, intizomi bo’sh o’quvchilarga ham jamoat topshirig’i berish kerak.Bu bolalarni mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o’rgatadi.
Jamoani uyushtirishga oid quyidagi muammoli pedagogik vaziyatga munosabat bildirsak:
Download 4.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling