Mavzu: Janubiy Amerika materigi ichki suvlari Reja


Janubiy Amerika materigining muzliklari va yer osti suvlari


Download 26.75 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi26.75 Kb.
#1406903
1   2   3   4   5
Bog'liq
Janubiy Amerika ichki suvlari

Janubiy Amerika materigining muzliklari va yer osti suvlari
Muzliklar. Shimoliy And tog`larida 4500 m dan yuqorida muttasil manfiy haroratli doimiy qor va muzlar mintaqasi boshlanadi. And tog`larining ko`p tepalarida alp tipidagi katta muzliklar bor. Muzliklar S’yerra-Nevada-de-Santa-Martada, Kolumbiyadagi Markaziy va G`arbiy Kordilyera tog`larida ayniqsa ko`p. tolima, Chimboraso, Kotopaxi vulkanlarining baland qismlari doim qor va muzlar bilan qoplanib yotadi. Kordil’yera-de-Merida tizmasining o`rta qismida katta muzliklar bor.
Tog`larda katta balandliklarda butun yil bo`yi harorat manfiy bo`ladi, sharqiy yonbag`irdagi eng baland tog`larda – 300 gacha bo`lgan sovuqlar uzoq vaqt turadi. Iqlimning ana shu xususiyatlariga bog`liq ravishda tog`lardagi qor chegarasi juda past joylashgan. Patagoniya And tog`lari shimolida taxminan 1500 m balandlikda, janubda yana pastroqdan-1000 m da joylashgan. Hozirgi zamon muz bosishi, ayniqsa 480 janubiy kenglik yaqinida juda katta maydonni egallagan. Bu yerda 20 ming km2 maydonni qalin muz qoplagan. Bu muzlik patagoniya muzlik qalqoni deb ataladi. Undan g`arb va sharq tomonlarga vodiy muzliklari tushib keladi, ularning kuchlari qor chegarasidan ancha pastga tushadi, ba’zan esa okean bo`yigacha yetib keladi. Sharqiy yonbag`irdagi ba’zi bir muzlik tillari yirik ko`llarda tugaydi.
Tinch va qisman Atlantika okeaniga quyiladigan ko`p daryolar muzlik hamda ko`llardan suv oladi. Daryo vodiylari yer yuzasini chuqur o`yib kirgan. Ba’zi hollarda vodiylar And tog`larini kesib o`tgan va sharqiy yonbag`irdan boshlanadigan daryolar Tinch okeanga borib quyiladi. Daryolar sersuv va jo`shqin bo`lib, burilib-burilib oqadi, ularning vodiylari ba’zan kengayadi, ba’zan torayib, serostona tor daralar hosil qiladi. Shu sababli daryolardan kema qatnovi uchun foydalanilmaydi.
Olovli yerning iqlim sharoiti muzliklarning rivojlanishi uchun qulay. G`arbda qor chegarasi 500 m balandlikda joylashgan va muzlar bevosita okeanga tushib, aysberglarni hosil qiladi. Tog` tizmalarini muz qoplagan va faqat o`tkir cho`qqilargina muzdan baland ko`tarilib turadi.
Janubiy Amerikanig tekislik qismlari yer osti suvlariga boy. Amazonka, Parana, Orinoko, Paragvay havzalarida yer osti suvlari zaxiralari mavjud. Tog`lar va yassi tog`liklarda buloq suvlari, qor va muzliklar ko`p.
Nazorat uchun sаvоllar:
1.Mаtеrik ichki suvlаrini bоshqа mаtеrik suvlаri ichidа tutgаn o`rni nimаdа?
2. Ichki suvlаrning хаlq хo`jаligidаgi аhаmiyatini ko`rsаting.

  1. Mаtеrik ko`llаrining kеlib chiqishigа ko`rа turlаrini аniqlаng?

  2. Mаtеrik dаryolаrining o`zigа хоs хususiyatlаrini аjrаting?

  3. Bоshqа mаtеriklаrning ichki suv rеsurslаri bilаn tаqqоslаng?



1V. Ettwein and M. Maslin. Physical geography: fundamentalsof the physical environment. 2011



Download 26.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling