Mavzu: Janubiy Amerika materigi ichki suvlari Reja


Download 26.75 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi26.75 Kb.
#1406903
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Janubiy Amerika ichki suvlari


Mavzu: Janubiy Amerika materigi ichki suvlari
Reja:
1. Mаtеrik ichki suvlаrigа umumiy tаvsif
2.Mаtеrik dаryolаrigа umumiy tаvsif.
3. Mаtеrik ko`llаrigа tаvsif.
O`quv mаshg`ulоtining mаqsаdi: Mаtеrik dаryolаri, shаrshаrаlаri, ko`llаri vа ulаrning kеlib chiqishigа ko`rа turlаri, dаryolаrning to`yinish mаnbаlаri, хаlq хo`jаligidаgi аhаmiyati to`g`risidа mа’lumоt bеrish.
Tayanch so`z va iboralar:daryolar, gidrologik rejim, ko`llar, irmoqlar, suv sarfi, delta, suvayirg`ich, yer osti suvlari, muzliklar.
Janubiy Amerika maydoniga ko`ra faqat Antarktida bilan Avstraliyadan katta bo`lishiga qaramay, oqimning umumiy hajmi jihatdan (7500 km3) Yevrosiyodan boshqa barcha materiklardan oldinda turadi, oqim qavatining o`rtacha qalinligiga ko`ra esa 417 mm . Yer yuzida birinchi o`rinni egallaydi.
Janubiy Amerikadagi zich, yaxshi rivojlangan daryo tarmoqlarining shakllanishiga materikning iqlim sharoiti, rivojlanish tarixi va materik rel’yefi qulay imkon bergan. Janubiy Amerikaning katta qismi mezozoydan boshlab quruqlikdan iborat bo`lgan. Bu esa materikning ancha qismida suv tarmoqlarining qadimiy ekanligini belgilagan. Janubiy Amerika rel’yefi balandliklar farqining kattaligi va juda keng pasttekisliklarning baland tog` tizmalari bilan yonma-yon joylashganligi bilan xarakterlanadi. Bu hol katta va murakkab daryo sistemalarining shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Janubiy Amerika daryolarining sosiy to`yinish manbai-yomg`ir suvlaridir. Muzlik suvlari And tog`larining janubidagina ahamiyatga ega. Qor suvining salmog`i juda kam.
Janubiy Amerikada qurg`oqchil hududlar kam ekanligidan, chekkasidan daryolar oqib o`tmaydigan hududlar yer yuzasining kichik bir qisminigina egallaydi. Bular: Gran-Chakoning janubiy rayonlari, And tog`larining ichki yassi tog`liklari, Atakama botig`i va Tinch okean sohillarining markaziy qismlaridir.
Janubiy Amerika katta qismining gidrologik rejimi, Afrikadagi kabi, yomg`irlarning ko`pligi va ularning mavsumiy yog`ishiga bog`liq. Faqat ekvator yoni rayonlari va chekka janubi-g`arbdagina yog`inlarning bir tekis taqsimlanganligi sababli daryolar rejimi ham bir tekisdir.
Janubiy Amerikaning eng katta daryosi Amazonka. Bu daryo havzasining katta qismi ekvatordan janubda joylashgan. Daryo havzasining maydoni 7 mln. km2 dan ortiq, bosh irmog`idan hisoblanganda uzunligi 6480 km. Amazonka daryosining suv sarfi dunyodagi eng katta dryolar suv sarfidan dunyodagi eng katta daryolar suv sarfidan bir necha baravar katta. U o`rta hisobda 120 ming m3/sek gat eng. Amazonkaning yillik o`rtacha oqimi -3800 km3 butun Janubiy Amerika daryolari oqimining ko`p qismini va yer sharidagi hamma daryolar oqimining 15% ini tashkil etadi.
Аsоsiy irmоg`i—Mаrаnоn. Shаrqiy Kоrdilyеrа tоg` tizmаsini kеsib o`tgаndаn kеyin Аmаzоnkа pаеttеkisligigа chi-qаdi vа Ukаyali dаryosi bilan qo`shilib Amazonkani hоsil qilаdi. Amazonkagа taxminan 500 ir-mоq quyilаdi, ko`pchiligi yirik dаryo hisоblаnаdi. O`ng tоmоndаn Ukаyali, Juruа, Mаdеyrа, Tаpаjоs, Shingu, chаpdаn —Isа, Yapurа, Riu-Nеgru dаryolаri qo`sh ilib kеngаya bоrаdi, o`rtа оqimidа 5 km, dеngizgа quyilish оldidа 80—150 km gаchа kеngаyadi. Amazonkaning chuqurligi o`rtа оqimidа taxminan 70 m, quyilish jоyidа 15—45 m. Dаryo dоim sеrsuv, mаy — iyundа tоshаdi. Amazonka yil dаvоmidа o`z hаvzаsidаn 1 mlrd. t lоykа оqizib kеlаdi. O`rtаchа suv sаrfi 220 ming m3/sеk. Аling irmоqlаridа yirik viktоriya-rеgiya o`simligi o`sаdi, suv hаyvоnlаridаn lаmаntinlаr, dеl-finlаr, suv cho`chqаlаri yash аydi. 2000 bаliq turi bоr. Amazonka kеmаlаr qаtnаy оlаdigаn qismining uzunligi 4300 km. Mаnаus shahrigаchа (оkеаndаn 1690 km) yirik оkеаn kеmаlаri qаtnаydi. Аsоsiy pоrtlаri: Ikitоs, Mаnаus, Оbidus, Sаntа-rеl, Bеlеn. Amazonkaning bosh irmog`i Maran’on daryosi nisbatan yaqinda o`rganilgan bu daryo And tog`larida 4840 m balanddan boshlanadi. Faqat tekislikdagi birinchi yirik irmog`i-Ukayali kelib quyilgandan keyingina daryo Amazonka nomini oladi.
Amazonkaning ko`pdan-ko`p irmoqlari And tog`lari bilan Braziliya va Gviana tog`liklari yon bag`ridan oqib tushadi. Ulardan ko`pchiligining uzunligi 1000 km dan ortadi. Amazonkaning ko`p yirik irmoqlari janubiy yarim shar daryolaridir. Uning eng katta so`l irmog`i Riu-Negru-2300km, eng katta o`ng irmog`i va umuman Amazonkaning eng yirik irmog`i Madeyra -3230 km dir.
Maran’on va Ukayali irmoqlari kelib qo`shilgach, Amazonka o`zanining kengligi 1-2 km bo`lib, u quyi qismiga tomon tez kengaya boradi. O`zanining kengligi Manaus yaqinidayoq 5 km ga, quyi qismida 20 kmga yetadi, quyilish joyida esa Amazonka bosh o`zanining kengligi ko`pdan-ko`p orollar bilan birga 80 km ga teng. Amazonka daryosi sathi pasttekislikning g`arbiy qismida deyarli qirg`oq yuzasiga to`g`ri keladi va u deyarli shakllangan vodiy hosil qilmaydi. Sharqqa tomon daryo ancha chuqur vodiydan oqadi, suvayirg`icha maydonlar bilan suv sathi orasida keskin balandliklar farqi vujudga keladi.
Atlantika okeanidan 350 km narida Amazonka deltasi boshlanadi. Delta qadimiy bo`lishiga qaramay, tub qirg`oqlardan tashqariga okeanga kirib borgan emas. Garchi daryo okeanga juda ko`p miqdorda yiliga o`rta hisobda 1 mlrd. Tonna qattiq jins oqiziqlarini keltirsa-da, suv qalqishlari, to`lqinlar, shuningdek, sohilning cho`kishi deltaning o`sishiga imkon bermaydi. \amazonkaning quyi oqimida uning rejimi va qirg`oqlarining shakllanishiga suv qalqishlari kattat ta’sir ko`rsatadi. Okean suvining qalqib ko`tarilishidan hosil bo`lgan to`lqin daryoning yuqori oqimiga tomon 1400 km kirib boradi; to`lqinning balandligi daryo etagida 1,5 mdan 5 m ga yetadi. Bu to`lqin oqimga qarshi yo`nalishda juda katta tezlik bilan kirib borib, qumloq sayozliklarda kuchli mavj hosil qiladi va qirg`oqlarni yemiradi. Mahalliy aholi bu hodisani “pororoka” yoki “amazunu” deb ataydi.
Water fowing through and across a land surface is called runoff (note that runoff does not just mean overland fow). Runoff often fows into rivers or lakes. The area of land that could potentially drain into a river or lake is known as the catchment area or water- shed. Rivers can be fed by throughfow or by overland fow and the relative proportions of the different types of fow can determine how quickly the river fow changes during rainfall events or sea- sonally. River fow is crucial for aquatic life, water availability for reservoirs, abstraction for human use and fooding.1
Amazonka yil bo`yi sersuvdir. Daryo suv sathi yiliga ikki marta ancha ko`tariladi. Bu maksimumlar shimoliy va janubiy yarimsharardagi yomg`irli mavsumlar bilan bog`liqdir. Amazonkada suvning eng ko`payishi janubiy yarimshardagi yomg`irli fasl-may oyidan keying, ya’ni suvning asosiy qismini o`ng irmoqlari keltiradigan vaqtga to`g`ri keladi. Bunda daryo suvi qirg`oqlardan toshib ketadi va o`rta oqimida juda katta hududni suv bosib, go`yo o`ziga xos juda katta ichki ko`l hosil qiladi. So`ngra suv sarfi tobora kamaya borib, daryo o`z o`zanidan oqadi. Daryo suv sathi avgust va sentabrda eng pasayadi, so`ngra ikkinchi maksimum boshlanadi; bu maksimum shimoliy yarim shardagi yozgi yomg`irlar mavsumi bilan bog`liqdir. Amazonkada yozgi yomg`irlar mavsumi bir oz kechikada va taxminan noyabrga to`g`ri keladi. Noyabrdagi maksimum may oyidagi maksimumdan ancha kuchsiz.
Daryoning transportdagi ahamiyati juda katta, Amazonka bir qancha oblastlarda Amazonka pasttekisligining ichki qismlarini Atlantika sohillari va mamlakatning boshqa qismlari bilan bog`lovchi birdan-bir suv yo`lidir. Manaus shahrigacha Amazonkadan okean kemalari kirib kela oladi. Shundan keyin daryoning bosh o`zani katta kemalar uchun sayozlik qiladi. Daryo o`zagi tagida qattiq jinslar to`planishi natijasida, uning chuqurligi atigi 7 m ni tashkil etadi. Daryoning Rio-Para deb ataluvchi janubiy o`zagi bir oz chuqurroq bo`lib, unga okean kemalari kira oladi. Braziliyaning katta porti Belen shu o`zak sohilida joylashgan.
Amazonka pasttekisligi uzoq davr davomida pasayib borgan va deyarli butun hududdda yer yuzasi past va bir xil yassi tekisdir. Pasttekislikning g`arbiy qismida, taxminan, Madeyra daryosining Amazonkaga quyilish yerigacha daryo vodiylari yer yuzasini deyarli o`yib kirmagan va suvayirg`ichlar rel’yefda bilinear-bilinmas ifodalangan. Daryolar bo`ylab cho`zilgan qalin allyuvial jinslar qatlamlari har yili toshqin vaqtida yana ko`payib boradi. Daryolar bo`yidagi suv bosadigan yerlarning kengligi ba’zi joylarda yuzlab kilometrga yetadi. Bunday yerlarda daryolar burilib-burilib oqib, ko`plab meandra va eski o`zanlar hosil qiladi. Toshqin vaqtida ko`pdan-ko`p meandra va tarmoqlar qo`shilib ketib, juda katta yaxlit suvlarni vujudga keltiradi.
Sharqda platformaning qadimgi asosi bir oz ko`tarilgan va yer yuzasiga ancha yaqin joylashgan. Buning natijasida yer yuzasi dengiz sathidan 200-250 metrgacha umumiy ko`tarilgan va daryo vodiylari tekislikni chuqurroq o`yib kirgan. Eng chuqur vodiylarda kristall jinslar ochilib qolgan. Toshqin vaqtlarida daryolarning nisbatan tor qayirlarinigina suv bosadi. Daryolar qayirlari terrasalar hamda tub qirg`oqlarning tik tushgan chekkalari bilan aniq ajralib turadi. Amazonkaning quyar joyida vodiysi yana kengayib, keng deltaga ulanib ketadi. Deltaning bir qismini suv bosgan. Daryo deltada juda ko`p tarmoqlarga bo`linib ketadi, murakkab tarmoqlar sistemasi, ko`pdan-ko`p ko`llar hosil qiladi. Bu yerlarda sernam davr juda uzoq cho`ziladi, quruq davrda ham miqdori ancha kam bo`lsa-da, lekin yomg`ir yog`ib turadi.
Amazonka daryosi va uning irmoqlarining hayvonot dunyosi ayniqsa boy. Daryolarda baliqlarning 2000 tagacha turi, shu jumladan yirtqich piran’ya baliqlari, yirik sutemizuvchilar-lamantinalar, chuchuk suvda yashovchi delfinlar, suv cho`chqasi, sudralib yuruvchilar-daryo toshbaqasi, kaymanlar yashaydi. Daryo va ko`llar bo`yida ko`p vaqt suvda bo`ladigan bo`g`ma ilon-anakonda yashaydi.
Amazonka havzasi daryolari katta suv zahiralariga ega, biroq ulardan juda sust foydalanilmoqda. Amazonkaning ko`p irmoqlari pasttekislikka oqib tushar ekan, Braziliya va Gviana tog`liklarining tik chekkalarini kesib o`tib, katta-katta sharsharalar hosil qiladi. Bulardan eng kattasi Madeyra daryosidagi San-Antonio sharsharasidir.
Janubiy Amerikaning ikkinchi katta daryo sistemasi La-Plata bo`lib, u Parana, Paragvay va quyar joyi Parana bilan birlashib ketgan Urugvay daryolaridan tashkil topgan. La-Plata sistemasining nomi Parana bilan Urugvayning La-Plata nomli juda katta estuariysi nomidan olingan; bu estuariyning uzunligi-320 km ga, kengligi esa quyilish joyida 220 km gat eng. Butun sistema havzasining maydoni 4 mln km2 dan ortiq, Parananing uzunligi esa turli manbalarga ko`ra 3300 km dan 4700 km gacha.

Download 26.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling