Mavzu: Jarayonlar o’zaro bog’lanishi algoritmlari (sinxronlashtirish), Sinxronlashtirish mexanizmlari. Jarayonlarni boshqarishda semaforlar tushunchasi


Bir martalik amallar (operatsiyalar)


Download 298.64 Kb.
bet4/9
Sana06.05.2023
Hajmi298.64 Kb.
#1432813
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1- mustaqil ish operatsion tizimlar

Bir martalik amallar (operatsiyalar)

Jarayonning kompyuterdagi murakkab xayot yo`li uni tug`ilishidan boshlanadi. Jarayonlar kontseptsiyasini qo`llovchi ixtiyoriy OT, jarayon yaratish vositasiga ega bo`lishi kerak.


Eng oddiy tizimlarda (masalan, faqat bitta aniq ilova ishi uchun loyixalashtirilgan tizimlarda) xamma jarayonlar tizim satrida tug`ilishi mumkin. Murakkabroq operatsion tizimlar, jarayonlarni zaruriyat bo`yicha dinamik xolda yaratadilar.
Operatsion tizim startidan so`ng, yangi jarayon tug`ilishi sababchisi bo`lib maxsus tizimli chaqiriq bajargan foydalanuvchi jarayoni yoki operatsion tizim bo`lishi mumkin, ya’ni natijada yana jarayon bo`lishi mumkin.
Yangi jarayon tug`ilishiga sabab bo`lgan jarayon ota jarayon(parent process) deyiladi, qaytadan yangi yaratilgan jarayon–farzand jarayon deyiladi(child process). Farzand jarayon o`z navbatida yana yangi farzand jarayonni yaratishi mumkin va tizim ichida jarayonning geneologik daraxtini to`plamini xosil qiladilar, ya’ni geneologik o`rmon xosil bo`ladi.






Rasm.7.3 soddalashtirilgan jarayonlarning o`rmoni. Strelka ota –farzand munosabatini ko`rsatadi.
Jarayon tug`ilishida tizim yangi PCB tuzadi bunda jarayon tug`ilishi xolati bilan uni to`ldira boshlaydi, yangi jarayon o`zining yagona identifikatsiya tartib raqamini oladi. Biror bir jarayon tugashi bilan bo`shagan identifikatsiya nomeri boshqa jarayon uchun ishlatilishi mumkin.
Odatda o`zining funktsiyalarini bajarish uchun jarayon –farzand ma’lum resurslarni talab qiladi: xotira, fayllar, kiritish –chiqarish qurilmalari va xokazolar. Ularni ajratishning ikki xil xolati bor. Yangi jarayon o`ziga ota jarayon resurslarini olishi mumkin. Bunda u resurslarni ota –jarayon yoki boshqa farzand –jarayonlar bilan bo`lishadi yoki resurslarin bevosita operatsion tizimdan olishi mumkin. Ajratilgan resurslar xaqidagi ma’lumot PCB ga kiritiladi.
Ko`p martalik operatsiyalar.

Bir martalik operatsiyalar jarayonlar OT boshqaruvi ostidagi sonini o`zgarishiga olib keladi va xar doim ma’lum resurslarni ajratilishi va bo`shashi bilan bog`liqdir. Ko`p martalik o`eratsiyalar operatsion tizimdagi jarayonlar sonini o`zgarishiga olib kelmaydi va resurslarni ajratish va bo`shashi bilan bog`liq bo`lishi shart emas.


Jarayonlar ustida Ko`p martalik o`eratsiyalarni bajarish uchun OT qanday ishlarni bajarishini ko`rib chiqamiz.
Jarayonni ishga tushirish OT, tayyor turgan jarayonlar orasidan birini bajarishga tanlaydi. Tanlangan jarayon uchun uni bajarilishi uchun o`erativ xotirada zarur ma’lumot bilan tahminlaydi. Keyin jarayon xolati bajarilish xolatiga o`zgartiriladi va boshqaruv jarayon komandalari xisoblagichi (schyotchik) ga ko`rsatiladigan komandasiga uzatiladi. Xamma zarur ma’lumotlar jarayon `CBdan olinadi.

Download 298.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling