Mavzu: Javada massivlar bilan ishlash Reja: Java dasturash tili tarixi Massiv nima? Javada massivlar bilan ishlash Foydalanilgan adabiyotlar Java dasturlash tili tarixi Java


Download 83.36 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi83.36 Kb.
#1830076
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

Java dasturlash tili relizlari
JDK 1.0 1996-yil 23-yanvarda chiqarildi. Javaning birinchi versiyasidan soʻng tilga koʻplab qoʻshimcha funktsiyalar qoʻshildi. Endi Java Windows ilovalari, veb-ilovalar, korporativ ilovalar, mobil ilovalar, kartalar va hokazolarda qoʻllanilmoqda. Har bir yangi versiya Javaga yangi xususiyatlarni qoʻshadi. Hozirgacha koʻplab java versiyalari chiqarilgan. Javaning hozirgi barqaror versiyasi — Java SE 17. Hozirda, 2022-yil 21-may holatiga koʻra, Java 8, 11 and 17 javaning barqaroq versiyalari, yaʼni doimiy ravishda qoʻllab quvvatlanadigan versiyalar sifatida qaraladi. Javaning asosiy relizlari, ularni chiqarilgan vaqti bilan keltirilgan.
Massiv nima?
Massiv bu — bir turdagi o'zgaruvchilarni o'zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o'lchami chegaralangan o'zgaruvchilari guruhi ya'ni oddiyoq qilib aytganda maxsus idishdir. Bitta yoki ikkita o'zgaruvchi ustida amalarni bajarmoqchisiz, bununig uchun bir yoki ikkita o'zgaruvchi yaratib olib xohlagan amalni bajarish mumkin. Lekin bu o'zgaruvchilar ko'p bo'lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo'lgan o'zgaruvchi uchun har safar yangidan o'zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug'diradi. Bu vaziyatda esa massivlarni ishlatish qo'l keladi.
Oddiy va tushunarli bo'lishi uchun har doimgidek hayotiy bitta misol keltirib o`taman. Tasavvur qiling, siz do'stingizga bitta yoki ikkita olma bermoqchisiz. Siz bu ishni to'g'ridan-to'g'ri qilishingiz mumkin chunki ikkita olma qo'lingizga bemalol sig'adi. Agar bu olmalar soni ko'p bo'lsachi bunday vaziyatda nima qilasiz. Albatda bu vaziyatda bermoqchi bo'lgan olmalaringizni miqdoriga qarab o'sha miqdorni ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan idishga solib berasiz. Massiv ham huddi shunday vaziyatlarda o'zgaruvchilar uchun idish vazifasini bajarib beradi. Tasavvur qiling hamma olmalarni hech qanday idishga solmay qo'lingizda ko'tatib ketyapsiz. Keling endi bu vaziyatda qanday noqulayliklar tug'ilishini ko'rib chiqaylik.

  1. Ko'tarishga juda noqulay

  2. O'zimiz mustaqil holda hamma olmalarni ko'tara olmaymiz chunki ikkala qo'limiz ham band bo'ladi .

  3. Yo'lda ketayotgan paytimizda yaqin tanishimiz chiqib qoldi unga olmalarning eng kattasini bermoqchi bo'lsangiz qo'lingizdagi olmalar orasidan eng kattasini tanlab berishingiz juda qiyin bo'ladi.

Bunday noqulayliklarni juda ko'p keltirib o'tishimiz mumkun. Bu olmalarning hammasi idishda bo'lsachi? Bunday noqulayliklar aslo kelib chiqmaydi. Bunday vaziyatlarni bir-ikki harakat bilan osongina hal qilish mumkin bo'ladi.
Dasturlashda ham huddi shunday o'zgaruvchilarni massivga joylamasangiz bundanda yomonroq vaziyatlar kelib chiqishi mumkun.

Download 83.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling