Fan bo‘yicha o‘quvchilarni o‘zlashtirish, baholash mezonlari
Nazorat shakllari
|
Jami ballar
|
O‘quv yilining 1-yarim yilligi uchun.
1. Joriy baholash (30ball):
a) Tinglovchining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotdagi aktivligi; 10ball
b) Uy vazifasini bajarish; 10ball
v) Berilgan topshiriqlarni bajarishi (referat, jadvallar, slaydlar tayyorlash va h. k.) 10ball
|
30 ball
|
2. Oraliq nazorat (nazorat ishi va testlar o‘tkazish) 2-ta
|
20 ball
|
3. YAkuniy nazorat (yozma ish, test va boshqa turdagi nazoratlarni o‘tkazish)
|
30 ball
|
Jami:
|
100 ball
|
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari
|
Baho
|
85,01 – 100
|
“A’lo”
|
70,01 – 85
|
“Yaxshi”
|
55,01 – 70
|
“O‘rta”
|
55 gacha
|
“Qoniqarsiz”
|
|
7-Mavzu: Jismlarning muvozanat turlari namoyishi.
Reja:
1. Jismning muvozanatlik sharti
2. Gidrodinamika elementlari.
3. Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish
Suyuqlik va gazlarga ayrim qatlamlar va mayda zarrachalar bir-biriga nisbatan istalgan yo'nalishda еrkin siljishi mumkin. Suyuqlik va gazlarga berilgan bosim hamma yo'nalishda bir xil uzatilib, bular zarrachaning erkin harakatlanishiga sabab bо'ladi. Gazlar bilan suyuqliklar orasidagi muhim farqlardan biri shundan iboratki, gazlar ixtiyoridagi borliq hajmini egallaydi, suyuqlik esa bоr hajmning bir qismini egallaydi. Yana farqlaridan biri, bosim ta’sirida gazlar siqilsa, suyuqliklar esa deyarli siqilmaydi.
Кuchlar ta'sirida suyuqlik va gazlar harakatga kelishi yoki muvozanat holatda bо'lishi mumkin. Kuchning suyiqlik yoki gazga ta'siri bosim deb ataluvchi fizik kattalik bilan xarakterlanadi.
Воsim dеb, sirtning bir birlik уuzaga perpendikulyar ravishda ta'sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikga aytiladi, ya'ni
p=F/S (1)
Agar F kuch burchak ostida ta'sir etsa, u holda bu kuchning normal tashkil etuvchisi olinadi. XВ tizimidagi о'lchov birligi quyidagicha aniqlanadi:
(Pa)
Fransuz olimi Blez Paskal berk idishdagi suyuqlik yoki gazga quyiladigan tashqi kuchning ta'sirini aniqladi.
Muvozanatda turgan suyuqlik yoki gazlarga berilgan tashqi bosim hamma yo'nalishlarda tomonga bir xil uzatiladi, ya'ni
pl = p2, Fl / S1=F2/ S2 (2)
Gidravlik pressning katta porshenining yuzi kichik porshenning yuzidan necha marta katta bо'lsa, gidravlik pressda kuchdan shuncha marta yutiladi.
Suyuqlik va gаzlаrning Yerga tortilish kuchi sababli tayanch yuziga bosim beradi.
Gidrostatik yoki aerostatik bosim deb, suyuqlik yoki gazlar ustunining og'irlik kuchi bergan bosimiga aytiladi.
Кеsimining yuzi S bo'lgan silindr idishga quyilgan suyuqlik ustunining balandligi h va bu suyuqlik ustunining og'ir1igi р bо'lsа, uning idish tubiga bergan bosimi quyidagiga teng bo'ladi:
(3 )
Suyuqlik ustunining og'irligi p = dV = dSh formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda d suyuqlikning solishtirma og'irligi bо'lib, suyuqlikning zichligi orqali quyidagicha yoziladi:
. (4)
U holda (3) formulani quyidagicha yozish mumkin:
Р=dS= hS. (5)
Gidrostatik bosimni quyidagicha ta'riflash mumkin. Suyuqlik yoki gaz ustunini hosil qilgan gidrostatik yoki aerostatik bosimi suyuqlik yoki gaz solishtirma og'irligining shu ustun ba1andligiga ko'paytmasiga teng.
Suyuqlikning idish yon devoriga bergan о'rtacha bosimi idish tubiga bergan bosimdan ikki marta kichik bo'ladi.
P=dh/2 (6)
Тutash idishlar deb, tublari tutashtirilgan ikkita vertikal idis1ar tizimiga. aytiladi,
Har qanday shakldagi tutash idishlaming tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarinining balandligi bir xil bо'ladi:
h1= h2.
Agar tutash idishlarga bir-biriga aralashmaydigan ikki xil suyuqlik qo'yilsa, u vaqtda Paskal qonuniga asosan
P1h1 = P2h2
Bundan
h1/h2 = P2/P1 (7)
kelib chiqadi.
Наr qanday shaklda tutash idishlarning tirsaklaridagi har xil suyuqlik ustunlarining balandliklari suyuqlik zichliklariga teskari proporsionaldir.
Arximed qonuni: Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jism o'z hajmiga teng og'irlikdagi suyuqlik yoki gazni siqib chiqoradi. Arximed qonunini quyidagicha ifodalash mumkin:
FA= gv,
Bu yerda -suyuqlikning zichligi, v-jismning hajmi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |