Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Download 480 Kb.
bet21/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

1-xulosa. O’zbekistonda soliq islohoti iqtisodiy o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida o’tish davrining umumiqtisodiy va maxsus vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim. Bunda jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish tizimini davr talabidan kelib chiqib takomillashtirish, undan aholining turmush darajasini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish va byudjetga muntazam ravishda daromadlar kelib tushushini ta’minlash uchun foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
2-xulosa. Iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichida vujudga kelgan muammolar soliq tizimining butunlay yangi huquqiy va qonuniy asoslarini izlashga shu jumladan yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar daromadlarini soliqqa tortishga undaydi, ish haqi shaklidagi shaxsiy daromad, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sohasidagi daromadlarni qat’iy cheklashdan qaytish fuqorolarning turli manbalaridan olinadigan daromadlari hajmini soliq yo’li bilan tartibga solishning ahamiyatini ancha oshiradi.
3-xulosa. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni takomillashtirish yo’nalishlari soliq solish tamoyillari hamda ularni ro’yobga chiqarishdagi izchillikni taqozo etadi. Tamoyil davlat tomonidan hayotga tatbiq etiladigan har qanday iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi, munosabatlar o’rtasida ma’lum mavqega ega bo’lgan muvozanatni yuzaga keltiradi.
4-xulosa. Mahalliy byudjetlarni barqarorlashtirish, soliq-byudjet yaxlitligiga erishish, mahalliy byudjetlarda ichki muvozanatni ta’minlash, ya’ni birinchi yo’nalishni mahalliy byudjetlarning takomillashuviga qaratish.
5-xulosa. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish yuzasidan uchraydigan kamchiliklarni inobatga olgan holda ularni bartaraf etish, jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq stavkalarini optimallashtirish, bitta soliq ob’ektini bir necha bor soliqqa tortish hollariga barham berish, bir xil bazaga ega bo’lgan soliq turlarini unifikatsiyalash, ya’ni, bu yo’nalishni soliqqa tortish mexanizmining hamda soliq stavkalarining takomillashuviga qaratish.

Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling