Kafedrasi rasulov shohrux baxtiyorovich


Download 277.2 Kb.
bet1/9
Sana11.06.2020
Hajmi277.2 Kb.
#117155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM-73 Rasulov Sh BMI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUT

MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI

MOLIYA” KAFEDRASI



RASULOV SHOHRUX BAXTIYOROVICH

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ STAVKALARINI OPTIMALLASHTIRISH MASALALARI

5230600 -“Moliya”- ta‘lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»

«Moliya» kafedrasi mudiri

Sharifxo’jayeva K_______________________

« » 2016 y.

Ilmiy rahbar: Zayniddinov F

TOSHKENT - 2016

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………3

1 BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQQA TORTISHNI OPTIMALLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI…………………………………….…………………………………..6


    1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda soliqalarning o’rni va ahamiyati……...6

    2. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq stavkalarining ahamiyati va mohiyati…………………………………………………………………….18

    3. 1-bob bo’yicha xulosa……………………….……………………………..25

2 BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ STAVKALARINI OPTIMALLASHTIRISH MEXANIZMINING TAHLILI…………………………………..……………………………………..26

2.1. Budjetning soliqli daromadlari tarkibi va ularning budjet ijrosidagi ulushi.26

2.2. Soliqlar stavkalari o’zgarishining budjet daromadlariga ta’siri tahlili…………………………………………………..……………………35

2.3. 2-bob bo’yicha xulosa………………………….…………………………...53

3 BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH JARAYONIDA BUDJET DAROMADLARINI SOLIQ STAVKALARINI OPTIMALLASHTIRISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH MASALALARI…………….…………..54

3.1 Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish omili sifatida soliq stavkasi, soliq yukini oshirish yoki kamaytirish masalasi………………………………………...54

3.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet daromadlarini soliqlar vositasida shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari………………………………..61

3.3 3-bob bo’yicha xulosa………………………………………………………67

XULOSA……………………………………………………………………...….69

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO”YXATI………………………….72


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Soliqlarning paydo bo’lgan vaqti to’g’risidagi aniq ma’lumotlar biror bir tarixiy manbalarda uchramasada, ko’plab olimlar ularni davlatlar paydo bo’lishidan oldin yuzaga kelgan degan fikrlarni bildirishadi. E’tiborlisi shuki, davlat paydo bo’libdiki uning faoliyatini soliqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Qadimdan soliqlar davlatning o’z vazifalarini bajarishi uchun moddiy asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Ingliz iqtisodchisi S.Parkinson shunday degan edi: “Soliqlar ko’hnadir – xuddi dunyodek, uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo’mondan o’z hududida joylashgan daryo yoki tog’dan savdogar hamda sayohatchi o’tsa ulardan haq olishi sabab bo’lgan”1

Mana asrlar o’tibdiki soliqlarning ob’ektiv zarurligi ortsa ortmoqdaki, kamaymayapti. Har bir mamlakatda bo’lganidek bizning mamlakatimizda ham mustaqillik yillardan boshlab soliq islohotlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda olib borilayotgn iqtisdiy islohotlarni davlat uchun eng ahamiyatli bo’lgan yo’nalishi sifatida soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmlarini soddalashtirish, soliq stavkalarini optimallashtirish masalalarini keltirishimiz mumkun.

O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining asosiy tamoyillari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib uning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimiz Prezidenti shunday deb ta’kidlagan edi:“Soliq siyosatining vazifasi bir tarafdan davlat budjetining daromadlarini mo‘tadil shakllantirishni ta’minlashdan, ikkinchidan, korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat”2, Prezidentimiz rahnamoligida soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar soliq yukini bosqichma bosqich kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash va aholining real daromadlarini oshirishda yuksak samaralar berib kelmoqda. Masalan, 1995-yilda soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 41,2 foiz bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda soliq yuki 2015 yildagi YaIMga nisbatan 19,2 foizdan 18 foizga kamayishi kutilmoqda. Shu bilan birga, xizmat ko’rsatish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6% dan 5%gacha pasaytirildi.

Har bir inson kundalik harakatlarini, ko’zlagan rejalarini amalga oshirish uchun taomlanishga va shundan quvvat olishga ehtiyoj sezganidek, davlat ham o’z vazifalarini, rejalarini amalga oshirish uchun soliqlarga ehtiyoj sezadi. Taomimiz qanchalik sifatli, yetarli miqdorda bo’lsa biz shunchalik ko’p kuch quvvatga kiramiz. O’z vatanini rivojiga xissa qo’shish istagida bo’lgan har bir inson, ayniqsa, har bir iqtisodchi davlatini boy badavlat, qudratli bo’lishi uchun harkat qilmog’i zarur. Buning uchun davlar budjet daromadlarini shakllanmtirishga ta’sir etadigan har bir omilni izchil o’rganishimiz va ulardan optimal tarzda foydalanmog’imiz kerak. Mavzuni dolzarbligi ham shundaki, soliqlar va soliq stavkalarinig darjalari ana shu davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy omili hioblanadi.



Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi”3. Ushbu qonundan kelib chiqib har yili Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlanadigan soliq stavkalarini amaldagi mexanizmi ishning ob’ekti hisoblanadi. Soliq stavkalarini yildan yilga o’zgarishi, ularni Respublika budjeti daromadlariga ko’rsatgan ta’sirini baholash ishning predmeti hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar, soliq stavkalarining ahamiyatini tanqidiy jihatdan o’rganish, uni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:



  • Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda soliqlarning o’rni va ahamiyatiga baho berish;

  • Yuridik va jismoniy shaxslar faoliayitini rag’batlantirishda soliq stavkalarining ahamiyati;

  • Budjet daromadlarini soliq stavkalarini oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan shakllantirish mexanizmini tahlil qilish;

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet daromadlarini soliqlar vositasi shakllantirishning ustuvor yo’nalishlarini bayon etish.

Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishdagi asosiy xulosalar, natijalar va taklif etiluvchi tadbirlar iqtisodiyot modernizatsiyalashuvining hozirgi bosqichida soliq tizimini barqaror rivojlantirishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishda keltirilgan ilmiy xulosalar va natijalar budjet daromadlarini soliqlar orqali shakllantirish mexanizmini takomillashtirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini yanada chuqurroq o’rganuvchilar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilishi, soliqlarning real hayotda amal qilish mexanizmi mazmunini teranroq anglashga xizmat qilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi soliqlar va soliqqa tortishning ilmiy- nazariy, huquqiy asoslariga qaratilib unda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlarning o’rni va ahamiyati yoritilgan.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida soliq stavkalariga kiritilgan o’zgarishlar o’rganilgan. Ularning o’zgarishi respublika budjeti daromdlari miqdoriga ko’rsatgan ta’siri respublika budjet parametrlari, respublika DSQ ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.

Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mamlakatimizda soliq stavkalarini va soliq yukini oshirish yoki kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish masalalari, yo’nalishlari yortib berilgan. Bitiruv malakaviy ishi xulosa bilan yakunlanib, unda mavzuni o’rganish natijasida yuzaga kelgan ilmiy-nazariy xulosalar umumlashtirilgan.



1 BOB. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliqqa tortishni optimallashtirishning ilmiy - nazariy asoslari.

    1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda soliqalarning o’rni va ahamiyati.

“Soliqlar deganda muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, budjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi”4. Ushbu ta’rif qonunda soliqqa berilgan rasmiy ta’rif hisoblanadi. Agar biz uni tub mohiyatini soddaroq ochib beradigan bo’lsak, kirish so’zida aytib o’tganimizdek soliq tushunchasi davlat paydo bo’lishi va uning faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Iqtisod fanlari nomzodi Professor Alisher Vahobov “soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqadi”5- deb ta’kidlab o’tgan. Chindan ham biz, yuridk va jismoniy shaxslar, davlatga muntazam soliqlarni to’lab boramiz va unduruvchi sifatida davlat buni nazoratga oladi, natijada, davlat va aholi o’rtasida iqtisodiy munosabat o’rnatilib soliq kategoriyasi voqelikka aynaladi. Endi bir tasavvur qilib ko’raylik davlat mavjud emas, lekin hech qanday vakolatga ega bo’lmagan shaxslar yoki tashkilotlar aholidan muntazam, qaytarib bermaydigan holatda, o’z budjetlariga majburiy tarzda pul undirib olishmoqda. ho’sh biz buni soliqlar deya olamizmi? Albatta yo’q!!! buni zo’ravonlik, mushtumzo’rlik deb atasak to’g’riroq bo’ladi. Aholi bu pullarni hohish istagiga qarshi tarzda to’laydi va noroziliklar kuchayadi, bu holatda soliqlar o’zining hech qanday iqtisodiy voqeligiga ega emas.

Qisqa qilib aytadigan bo’lsak soliq tushunchasi soliq to’lovchilardan davlatga undiriladigan pul tushumlarini ifoda etadi. Shu o’rinda savol tug’ilishi mumkun nega biz o’z peshona terimiz bilan topgan pullarimizni bir qismini hech qanday manfaatsiz davlatga berishimiz kerak? Nega bizda bunga norozilik uyg’onmayapti?. “Tanganing ikki tarafi bor” yuqoridagi savollarga javob berishimiz uchun o’sha ikkinchi tarfiga ya’ni soliqlarning davlat va aholi faoliyatida tutgan o’rni va mohiyatini tushunishga e’tibor qatishimiz kerak.

Soliqlar pul munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliqlarni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat va soliq to’lovchilar ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida bo’ladi. Bozorlarda oldi sotdi qilinganda, biror korxona va tashkilot aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajarganda ham pul munosabatlari bo’ladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi. Soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat budjetiga to’plash jarayonini amalga oshiradi. Misol uchun, kommunal xo’jaligi fuqorolarga sovuq suv yoki issiq suv yetkazib berib xizmat ko’rsatgani uchun haq olsa bu soliq emas, xizmat haqidir. Bu haq korxonaning mulkidir. Yuridik shaxslar va tadbirkorlar to’g’ridan to’g’ri yer osti va yer ustidan suv olganlarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to’laydilar, Bu soliq deb e’tirof etiladi chunki mablag’ davlat budjetiga tushib, davlat mulkiga aylanadi.

Biror bir kategoriyani mohiyatini yoritishda uning o’ziga xos belgilari xizmat qiladi. Soliqlarning ham o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib bu belgilar soliqlarni boshqa to’lovlardan farqlashga xizmat qiladi:



  1. Birinchi belgi majburiylik – soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan soliq kodeksining tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.

  2. Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishi – soliqlar albatta xazinaga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Agar mablag’lar boshqa ixtiyoriy, homiylik asosida shakllanadigan fondalarga tushsa bu soliq munosabatini ifodalamaydi. Chunki ularda majburiylik tamoyili yo’q, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi.

  3. Uchinchi belgi soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Moziyda qariyb asrlar davomida o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa, soliqlar shuncha qat’iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o’zgaradi. Buni ta’minlash uchun har bir yangi qabul qilinayotgan soliq qonuni ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, tegishli xulosalar chiqarish talab qilinadi. Bu sohada Germaniyaning soliq siyosati borasidagi tajribasi e’tiborga loyiqdir. Bu yerda har bir yangi soliqni joriy etishdan avval uning loyihasini tayyorlash uchun soliq sohasida ishlovchi kamida 5 ta olimga 5 oy muddat beriladi. Ushbu izlanuvchilarga ishning natijasidan qat’iy nazar, mualliflik haqi oldindan to’lab qo’yiladi. Tayyorlangan soliq loyihalarini ko’rib chiqib, yagona loyiha tanlash uchun besh kishidan iborat ekspertlar guruhi ishlab, ma’sul bo’lgan eng yahshi loyiha parlament (Bundesfer) muhokamasiga o’tkaziladi va u tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa loyihaning ilmiy asoslanganligi va to’g’riligiga javobgar shaxs bor, zarur bo’lsa loyiha muallifi hamma joyda shu soliq bo’yicha maslahatlar beradi hamda tushuntirishlar olib boradi.

  4. To’langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. Lekin, davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining shaxsan o’ziga to’liq qaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir.

Soliqlarning mohiyatini yoritayotganimizda uning qanchalik ob’ektiv zarur ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Buni quyidagi holatlar bilan ifodalashamiz mumkun. Ya’ni iqtisodiy faol aholining hammasi ham real sektorda, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritmaydi. Shunday sohalar ham borki, ular iqtisodiy samarasiz hisoblanib, foyda olishni ko’zlab faoliyat yuritayotgan jamiyat sub’ektlari tomonidan rad etiladi ya’ni norentabel soha ularni o’ziga jalb etmaydi. Ular quyidagilar: mudofaa, meditsina, fan , maorif, madaniyat va boshqalar. Mamlakatni rivojlanishi, aholi turmush darajasi yuksalishi uchun esa ushbu sohalarni moliyalashtirish tabiiy zarur hisoblanadi va bu vazifani davlat o’z zimmasiga oladi. Bu sohalarni moliyalashtirish usuli sifatida esa davlat soliqlardan foydalanadi va bu o’z navbatida soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi.

Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ikki holat bilan ifodalash mumkun: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Ayniqsa ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti tizimida davlatning vazifalari turli xil va o’ziga xosdir. Misol uchun, Ijtimoiy siyosat yuritish jarayonida davlatning respublikada kam ta’minlanganlarga ham moddiy ham ma’naviy yordam ko’rsatishi, sanoatda, ishlab chiqarishda, moliya tizimida bozor iqtisodiyoti sharoitlarini tashkil qilish vaziflarini keltirishimiz mumkun. Aniqroq aytadigan bo’lsak davlat pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlashni budjet hisobidan amlga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordam ko’rsatadi. Davlatning yana bir hamma uchun birdek nafi tegadigan vazifalaridan biri aholini xavfsizligini ta’minlash. Davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi. Qolaversa, davlat fuqorolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Shuni aytib o’tish joizki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan jalb qilinadigan pul mablag’larining aniq summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyati organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’minlaydi. Davlatning yuqoridagi xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manbaa bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Soliqlar davlat ixtiyoriga qancha ko’p jalb qilinsa, davlat ham shunga mutanosib ravishda o’z xarajatlarini to’liq amalga oshiradi. O’z navbatida xarajatlar tarkibini ham ko’paytirib boradi. Ya’ni davlat o’zining asosiy xarajatlari ijtimoiy, mudofaa, ta’lim xarajatlaridan ortib davlatni rivojlantirishga sabab bo’ladigan xarajatlarni qilishga o’tadi. Masalan, iqtisodiy xarajatlar, investitsion faoliyatni rivojlantirishga xarajatlar. Davlatning bajarayotgan funksiya va vazifalarini mablag’lar bilan ta’minlashni davlat budjeti xarajatlari misolida ham ko’rish mumkun. (1-rasmga qaralsin)





1-rasm.O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining
2015
yilning 9 oyligidagi tarkibi6

Hisobot davrida ijtimoiy soha xarajatlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 15 395,7 mlrd. so‘m yoki umumiy xarajatlarning 58,7 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi. Bu xarajatlar YaIMga nisbatan 13,1 foizni tashkil etdi. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlarining asosiy qismini (yoki 56,3 foizni) tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat budjetidan 8 675,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Respublika kasb-hunar kollejlarini o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida 2015 yil uchun Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lardan 2015 yilning 9 oyida 7,2 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 2015 yilning 9 oyligi mobaynida sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish borasidagi ishlar izchil va tizimli asosda davom ettirildi. Hisobot davrida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga davlat budjetidan 3 689,0 mlrd. so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 24,0 foiziga, bu esa 2014 yilning mos davriga nisbatan 17,1 foizga ko‘p mablag‘ xarajat qilindi.

Bundan tashqari ta’lim jarayoni va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni zamonaviy asbob-uskuna va inventarlar bilan jihozlash uchun qiymati 910,6 mlrd. so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.

Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari uchun xarajatlar 268,6 mlrd. so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish – 15,4 foiz) yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1,7 foizini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi 178-son “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida madaniyat va aholi dam olish markazlarini 2013-2018 yillar davomida mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar tasdiqlandi. 2015 yil mobaynida madaniyat va aholi dam olish markazlarini kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari o‘tgan yilda boshlangan jami 39 ta ushbu markazlarni foydalanishga topshirish nazarda tutilgan, shuningdek 2015 yilgi manzilli ro‘yxatga muvofiq 85 ta markazlarda mazkur ishlar davom ettirildi. O‘tgan davr mobaynida madaniyat va aholi dam olish markazlarini kapital ta’mirlash va jihozlashga 39,5 mlrd. so‘m budjet mablag‘lari ajratildi.

Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 133,6 mlrd. so‘m yoki jami ijtimoiy soha xarajatlarining 0,9 foizi, shu jumladan, Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy-texnika loyihalarini moliyalashtirishga – 77,7 mlrd. so‘mlik mablag‘, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga – 14,8 mlrd. so‘m, noyob ob’ektlar va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlash xarajatlariga – 28,1 mlrd. so‘m, shuningdek qolgan 13,0 mlrd. so‘mi davlat arxivlarini saqlash va ilm-fanni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.



Ijtimoiy ko‘makka muhtoj qariyalar va nogironlarning ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarga hisobot davrida 103,1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Download 277.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling