Kafedrasi rasulov shohrux baxtiyorovich
-rasm. Yagona soliq stavkalarini yillar davomida o’zgarishi29
Download 277.2 Kb.
|
MM-73 Rasulov Sh BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi
- 2014 Yil o’zgarishi 2015 Yil
- 12-jadval Qo’shilgan qiymat solig’i stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarishi 31
- Soliq va boshqa majburiy to‘lov turi 2013 yil 2014 yil
- Aksiz solig’i stavkalari yillar bo’yicha o’zgarishi 33
13-rasm. Yagona soliq stavkalarini yillar davomida o’zgarishi29 Eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi bo‘yicha 2015 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlarning, (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish joyidan qat’iy nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eksporti ulushiga bog‘liq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xom ashyo tovarlari mustasno. Eksport ulushi: – sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi; – sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi. Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi mikrofirma va kichik korxonalar, shuningdek lombardlar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2015 yil darajasida 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun: tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno) hisoblanadigan, shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida; qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 13 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turg‘un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromad 60 foizdan yuqori bo‘lgan) korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yilgi darajada soliq solinadigan bazaga nisbatan 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 10 foiz, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa – soliq solinadigan bazaga nisbatan 8 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Quyidagi joylarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun (bundan ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hamda ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari mustasno: aholi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda – yagona soliq to‘lovi stavkasi 4 foiz miqdorida; boshqa aholi punktlarida – yagona soliq to‘lovi stavkasi 2 foiz miqdorida; borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – yagona soliq to‘lovi stavkasi 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun (bundan dorixona tashkilotlari mustasno) yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab faoliyatni yuritish joyidan qat’iy nazar benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotuvchi chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi unifikatsiya qilinib, tovar oborotiga nisbatan 4% miqdorida belgilandi. 11-jadval
Respublikamizda to’g’ri soliqlarning umumiy hajmida sezilarli salmog’ni egallaydigan soliq turlaridan biri davlat budjetiga yagona soliq to’lovi bo’yicha ajratma, shu jumldan mikrofirma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq hisoblanadi. 2012 yilda mazkur soliqning to’g’ri soliqlar tarkibidagi salmog'i 10,9% (3-jadvalga qarang) tshkil qilgan bo’lsa 2015-yilda 13,5% tashkil qildi. Shunisi xarakterliki, ushbu holat respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan yaratilgan mahsulotlarning YaIMdagi ulushini tahlil qilingan davr mobaynida sezilarli darajada o’sganligi bilan izohlanadi. 2013 yildan 2015 yilga qadar ushbu soliq stavkasi 6% miqdorida o’zgarmasdan qolayotgan edi, 2016 yilda esa soliq stavkasi 5% qilib belgilandi. (10-jadvalga qarang). 2012 yilda ushbu soliq tushumi 588,2 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 755,0 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 166,8 mlrd so’m ya’ni 28,3%ga o’sgan. 2014 yilda esa 967,9mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan 212,9 mlrd so’m ya’ni 28,2% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 1191,7 mlrd so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 223,8 mlrd so’m ya’ni 23,1%%ga o’sish kuzatilgan. Ko’rsatkichlar shundan dalolat bermoqdaki, yagona soliq to’lovi stavkasining o’zgarmaganiga qaramay uning davlat budjeti daromadlaridagi hajmi yildan yilga sezilarli darajada ortib bormoqda va bu ham o’z navbatida kichik biznes bilan shug’ullanuvchilarning soni ortib borayotganidan dalolatdir.. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash, rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan islohotlarning samaralari yuqoridagi ko’rsatkichlarda yaqqol namoyon bo’ladi. 12-jadval Qo’shilgan qiymat solig’i stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarishi31
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 13-jadval
Egri (bilvosita) soliqlar budjet daromadining 50% dan ortig’ini tashkil etmoqda, uning tarkibida juda katta xissaga ega bo’lgan soliq turi qo’shilgan qiymat solig’i bo’lib hisoblanadi, ushbu soliq 2012-yilda jami budjet daromadining 28,0%, 2013-yilda 28,8%ni, 2014-yilda 29,9%ni va 2015-yilda 29,7% (4-jadvalga qarang) tashkil etgan. Ushbu soliq turining ulushi yildan yilga ortib bormoqda lekin uning stavkasi 2012-2015 yillar davomida o’zgarishsiz 20% ligicha qolmoqda (12-jadvalga qarang). Bu shundan dalolatki ushbu soliq turi davlat budjeti uchun eng samarali va eng murakkab soliq hisoblanadi, sababi uning stavkasini ma’lum miqdorga oshirish yoki kamaytirish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin shu sababli u bir me’yorda tutib turiladi. 2012 yilda ushbu soliq tushumi 5966,6 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 7552,5 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 1585,9 mlrd so’m ya’ni 26,6%ga o’sgan. 2014 yilda esa 9476,1mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan 1923,6 mlrd so’m ya’ni 25,5% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 10850,9 mlrd so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 1374,8 mlrd so’m ya’ni 14,5%ga o’sish kuzatilgan. Ushbu soliq egri soliqlar tarkibida 60 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. 14-jadval
Aksiz solig’i stavkalari yillar bo’yicha o’zgarishi33 O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 13-1 va 13-2-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi. Download 277.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling